3-mustaqil ta'lim O’zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’LI. Reja



Yüklə 18,96 Kb.
səhifə4/6
tarix13.01.2023
ölçüsü18,96 Kb.
#98562
1   2   3   4   5   6
portal.guldu.uz-4-MAVZU O’ZBEKISTONNING O’ZIGA XOS ISTIQLOL VA TARAQQIYOT YO’LI

Birinchidan, yuqorida ta'kidlanganidek, jamiyat hayotini erkin-lashtirish, mqarolik jamiyatini barpo etish g'oyasi bugun yoki kecha paydo bo'lgan emas. Balki, bu g'oyaning vujudga kelishi mustaqil-likning ilk g'oyalari bilan bog'liq bo'lib, shu jihatdan ham adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish g'oyasini O'zbekistonning davlat mustaqilligi bilan bir xil siyosiy ma'no kasb etadi, deb qarash mumkin. Shunday ekan, fuqarolik jamiyatini qurish, uning siyosiy hayotini erkinlashtirish O'zbekiston kabi yosh mustaqil mamlakatlar uchun bir yoki bir necha yillik jarayon emas. Lekin shu o'rinda tari-xan qisqa davr mobaynida O'zbekistonning misli ko'rilmagan taraqqiyot darajasiga erishganligi nafaqat vatandoshlarimizda faxr hissini, balki jahonning ko'plab siyosiy doiralarida O'zbekistonga nisbatan katta qiziqishni ham uyg'ota olganligini alohida ta'kidlash adolatdan bo'lur edi.
Ikkinchidan. O'zbekistonda jamiyat hayotini isloh qilish ta-moyillaridan biri bu - islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iboratligini e'tiborga olgan holda ta'kidlash lozim-ki, siyosiy hayotni erkinlashtirish va jamiyatning turli qatlamlari siyosiy-ijtimoiy faolligini oshirish bilan bog'liq erishilgan natijalar bosh maqsad yo'lidagi muhim qadam, bosqich sifatida baholanib kelinadi. Bu haqda Prezident I. Karimov 1999-yildayoq: «Biz bugungi erkinlashtirish jarayonlariga, jamiyatimizni demokratiyalashti-rish natijalariga bu yo'lda erishilgan dastlabki bosqich sifatida qaraymiz», - degan fikrni ilgari surgan edi.
Shu ma'noda ham agar e'tibor berilsa, 14-sessiyada ilgari suril-gan ustuvor vazifaga mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish sifatida qaralgan bo'lsa, 2000-yildagi ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasida belgilangan vazifa mohiyatan ijtimoiy hayotning barcha soha-laridagi demokratlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, yangicha ma'no-mazmun bilan boyitish, bu boradagi qo'llanilayotgan tadbirlarning izchilligini, samaradorligini oshirish bilan bog'liq. Birinchi Prezident I. Karimovning 2002-yil avgust sessiyasidagi ma'ruzasida esa bu jabhaga yanada kengroq va chuqurroq e'tibor qaratilib, bu masa-lalar bir yo'la uchta: ya'ni, birinchidan, inson huquqlari va erkinlik-larining, so'z va matbuot erkinligining, bir so'z bilan aytganda demokratik tamoyillarning realligini ta'minlash; ikkinchidan, nodavlat va jamoat tashkilotlari faoliyatiga fuqarolik jamiyatini barpo etish-ning asosi sifatida qaralishi; uchinchidan, markaziy va yuqori davlat boshqaruv organlari vakolatlarini asta-sekinlik bilan quyi tuzilmalar-ga, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish tuzilmalariga berib borish bilan bog'liq bo'lgan ustuvor yo'nalishlarda o'z aksini topgan.
Qolaversa, bu ustuvor jihat O'zbekiston davlat siyosatida izchillik va uzluksizlik mohiyatiga egaki, bu mamlakatni modernizatsiyalash, jamiyatni yangilash jarayonini bir me'yorda tashkil etish imkonini beradi.
2002-yili bo'lib o'tgan ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasida Birinchi Prezidentimiz I. Karimov ayni ana shu ko'p qirrali islohotlarni amalga oshirishning yangi tamoyillarini o'rtaga tashladi. «O`zbekistonda demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari» deb atalgan ushbu ma'ruzasi, aytish mumkinki, katta konseptual ahamiyatga ega bo'ldi. Unda islohotlarga doir yettita masala - ustuvor yo'nalish belgilab berildi. Chunonchi:

Yüklə 18,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə