30-Mavzu: Yuklarni vagonlarga joylashtirish va mahkamlash Reja: Umumiy holatlar Yuklash gabaritilari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#135012
  1   2   3   4
30-Mavzu.Tovar yuk (2)


30-Mavzu: Yuklarni vagonlarga joylashtirish va mahkamlash
Reja:
1. Umumiy holatlar
2. Yuklash gabaritilari
3. Vagonlarni ortishga tayyorlash
Tayanch so‘z va iboralar: nogabarit va og‘ir vaznli yuklar, yuklash gabaritilari, asosiy yuklash gabariti, imtiyozli yuklash gabaritiga, “Mintaqaviy gabarit” belgisi.
Umumiy holatlar
Yuklarni ortish vagonlarga va konteynerlarga yuklarni joylashtirish va mahkamlashning Texnik shartlari (quyida Texnik shartlar deb yuritiladi), yuklarni tashish Qoidalari (quyida Qoida deb yuritiladi) va 1520 mm izli temir yo‘llarda nogabarit va og‘ir vaznli yuklarni tashish bo‘ycha Yo‘riqnoma (quyida Yo‘riqnoma deb yuritiladi) talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Amaldagi Texnik shartlarda (Texnicheskie usloviya razmeщeniya i krepleniya gruzov v vagonax i konteynerax. – M.: YUridicheskaya firma «YUrtrans», 2003. – 544 s., quyida TU deb yuritiladi) juda katta nomdagi: o‘rmon materiallari; metall mahsulotlarni; temirbeton, asbestotsement va boshqa buyum va konstruksiyalarni; yashiklarga joylashtirilgan va o‘rovsiz tekis tayanchli yuklarni;ssilindr shakldagi yuklarni; g‘ildirakli va o‘rmalovchi mashinalarni va h.k. larni ochiq harakatdagi sostavlarga joylashtirish va mahkamlash chizmalari va usullari hamda mahkamlash vostalarining turlari, o‘lchamlari va miqdorlari ko‘rsatilgan.
Yil sayin sanoat korxonalari yangi turdagi; qurilish montaj hamda yig‘ma temirbeton konstruksiyalarni va boshqa turli tuman mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqdalarki, ularni tashish usullari Texnik shartlarda hali hozir bayon etilmagan bo‘lishi mumkin.
Amaldagi Texnik shartlar (TU) da nazarda tutilmagan yuklarni vagonlarga joylashtirish va mahkamlash usullari yuklarni joylashtirish va mahkamlashning mahalliy texnik shartlari (mestnыmi texnicheskimi usloviyami, quyida MTU deb yuritiladi) ga muvofiq amalga oshirilishi kerak (TU ning 1-bobi, 7.1 va 7.2 punktlari).
Joylashtirish va mahkamlash usullari TU va MTU da ishlab chiqilmagan yuklarni vagonlarga joylashtirish va mahkamlash texnik shartlarda nazarga tutilmagan (nepredusmotrennыmi texnicheskimi usloviyami, quyida NTU deb yuritiladi) usullarida amalga oshirilishi kerak (TU ning 1-bobi, 7.3 punkti).
Hozirda ortish – tushirish ishlari mexanizatsiyalashgan va kompleks mexanizatsiyalashgan bo‘lishiga qaramay, ortish punktlarida yuklarni vagonlarga mahkamlash va tushirish punklarida vagonlarga mahkamlangan yuklarni bo‘shatish (mahkamlash vositalarini yechib olish) qo‘l uchida bajarilmoqda. Buning oqibatida esa yuklarni vagonlarga mahkamlash va vagonlarga mahkamlangan yuklarni bo‘shatish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarga, ortish – tushirishga qaraganda ko‘proq vaqt va mehnat sarflanmoqda. Kelajakda esa, ortish – tushirish mashinalarning unumdorligini yuksalishi barobar bu tafovut vaqt bo‘yicha o‘sib boradi va bunday holat ortish – tushirish ishlarida mehnat unumdorligini yuksalishiga to‘sqinlik qiladi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə