4- amaliy mashg`ulot. Mavzu: Umurtqali hayvonlar sinflari yuzasidan masala va mashqlar yechish Darsning maqsadi



Yüklə 68,03 Kb.
səhifə2/2
tarix27.09.2023
ölçüsü68,03 Kb.
#124103
1   2
1-rasm. Sutemizuvchilarining kalla suyagining tuzilishi
Ijodiy izlanishli masala va mashqlarni yechish jarayonida esa o`quvchilar avval o’zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda ijodiy qo’llaydi.
Masalan, zoologiyani o`qitishda foydalaniladigan mashqlar ichida o`quvchi­larning avval o’zlashtirgan bilimlaridan foydalanish imkonini beradigan­la­ri va o’z javoblarini dalillash zarur bo’lgan mashqlar ham uchraydi. Mazkur mashqlar o`quvchilarning qiziqishini orttirish bilan birga musta­qil fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantiradi.

2-rasm. Ko`rshapalaklar
Jumladan, ushbu topshiriqda quyidagilar talab etiladi:
2-mashq. Nima sababdan ko’rshapalakni uchar kaltakesak yoki qush deb bo’lmaydi? Ko’rshapalakning hayot tarzi va uning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
1-masala: Ko`k kaptar tinch turganda bir daqiqada 26 marta, uchganda esa 400 marta nafas oladi. Nafas olishdagi bunday farqni qanday tushunish mumkin?
Yechish: Uchayotgan ko`k kaptarda moddalar almashinuvi bir necha marta tezlashadi, buni uning yurak urishining ham bir necha baravar oshganligidan sezish mumkin.
O`quvchilar ushbu savollarga javob topish jarayonida ko`rshapalaklar sut emizuvchilar sinfining qo’lqanotlilar turkumiga mansubligini dalillashi, avval o`zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo`llash imkonini beradi.
Mashqlar ichida turli sistematik guruh vakillarini o`zaro taqqoslash, ular o`rtasidagi o`xshashlik va farqlarni aniqlashi mumkin.
Quyida berilayotgan masala va mashqlarni yeching va ularni tahlil qiling. Tahlil asosida matn yakunida berilgan jadvalni to`ldiring.
Mustaqil bajarish uchun masala va mashqlar

1-masala. Baliqlarning tuzilishda suvda hayot kechirishiga bog`liq bo`lgan muhim xususiyatlarini aytib chiqing


2-masala. Quyida ko`rsatilgan baliqlarning qaysi biri suvning yuqorisiga ko`tarilish uchun juda ko`p muskul kuchi sarf etadi: zog`ora baliq, akula, toshosti buqaschasi, karb, cho`rtan baliq, laqqa baliq, sudak, vobla ?
3-masala. Nima uchun o`lib qolgan baliq tezda suvning ustiga ko`tarilib chiqadi?
4-masala. Baliqlarning yuragi odam yuragiga qaraganda sekin uradi va suvda erigan oksigenning miqdori ham oz bo`ladi, endi siz tirik baliqning gavda tempraturasi suvning tempraturasidan juda oz farq etishining nimaga bog`liq ekanligini aytib bering
5-masala. Nima uchun akvariumga suv o`simliklaridan ko`p solib qo`ysak, uning ichidagi baliqlar hechvaqt suvning betiga yuzib chiqmaydi va boshini ham suvdan chiqmaydi,suv o`simliklari oz bo`lgan akvariumdagi baliqlar esa, doim suvning betiga ko`tariladi va boshini suvdan chiqaradi?
6-masala. Ko`p baliqlar (o`tkinchi bo`lmagan baliqlar ham) tuxum qo`yish vaqtlarida katta gala bo`lib yuradilar, buning sababi nima? Tikanbaliqlar tuxum qo`yish vaqtlarida nima uchun gala bo`lmaydi?
7-masala. Okunning urg`ochisi suvga 280 mingga qadar, nalimning urg`ochisi bir millionga qadar, karpniki ikki millionga qadar tuxum qo`yadi. Baliqlarning bunday juda ko`p miqdorda jinsiy hujayralar hosil qilishning qanday biologik ahamiyati borligini tushuntiring. Tikanbaliq boshqa baliqlarga qaraganda oz tuxum qo`yishining nimaga bog`liq ekanligini aytib bering
8-masala. Bizga tanish bo`lmagan bir baliqni ko`rganda uning yirtqich yoki yirtqich emasligini qanday bilish mumkin
9-masala. Baliqning tuzilishidagi qanday xususiyatlari lansetning tuzilishiga o`xshaydi
10-masala. Baliqlardagi organlarning qaysisi lansetnikda yo`q? Lansetning tuzilishidagi qaysi xususiyatlariga qarab turib, biz uni baliqqa qaraganda birqancha tuban tashkil etilgan, deb natija chiqaramiz?
.
Yüklə 68,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə