4-§. Auditorlik xulosasining tarkibi


 Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi



Yüklə 35,59 Kb.
səhifə2/6
tarix01.05.2023
ölçüsü35,59 Kb.
#107898
1   2   3   4   5   6
audit kurs ishi

3. Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi 
Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi bo`lib, undan 
foydalanuvchilar uchun ushbu hisobot ishonchliligi axborot manbasi bo`lib xizmat 
qiladi. Buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar auditorlik xulosasida bayon 
qilingan fikrga tayanib, auditorga yoki auditorlik firmasiga ishonch bildiradilar.
Ushbu ishonch, eng avvalo, auditor tomonidan bajarilgan ishning sifati bilan 
qo`lga kiritiladi va oqlanadi.
O`zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to`g`risida» gi qonunning 
19-moddasiga muvofiq, «Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotning to`g`riligi va 
buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga 
muvofiqligi to`g`risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, 
xojalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq 
bo`lgan hujjat». Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi. Auditorlik 
xulosasi auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan 
imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan tasdiqlangan bo`lishi kerak. 
Auditorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan auditorlik xulosasini 
tayyorlash ishlarida auditorlik faoliyatining milliy standartlari (AFMS) 
qoidalarining talablarini inobatga olish zarur. Auditorlik xulosasini tayyorlashda 
asosan 70-son AFMS dan foydalaniladi.

484 
Audit natijalari korxonadagi jarayonlar va moliya-xojalik faoliyati 


natijalarini tashkil etish va hisobga olishni xolisona aks ettirishi lozim. Boshqacha 


qilib aytganda, auditorlik tekshiruvi mumkin qadar obyektiv bo`lib, uning xulosasi 
ma'lum ma'noda xojalik yurituvchi subyekt rahbariyati ustidan chiqarilgan «hukm» 
hisoblanadi. 
Shuningdek, davlat organlari topshirig`iga binoan o`tkazilgan tekshiruv 
natijalari bo`yicha tuzilgan auditorlik xulosasi O`zbekiston Respublikasi 
protsessual 
qonunchiligiga 
muvofiq 
tayinlangan 
ekspertiza 
xulosasiga 
tenglashtiriladi.
Auditorlik xulosasi uchta: kirish, ta'kidlovchi va yakunlovchi qismdan iborat 
bo`lishi lozim.
1. Kirish qismida quyidagilar ko`rsatiladi: 
- auditorlik tashkilotining yuridik manzili va telefonlar; 
- litsenziyasining tartib raqami; 
- auditorlik faoliyati bilan shug`ullanish uchun litsenziya bergan organ nomi 
va berilgan vaqti, shuningdek, litsenziyaning amal qilish muddati; 

auditorlik 

tashkilotini 


davlat 

ro`yxatiga 


olish 

to`g`risidagi 


guvohnomasining raqami; 
- auditorlik tashkilotining hisob-kitob schyoti; 
- tekshiruvda ishtirok etgan barcha auditorlar hamda auditorlik tashkiloti 
rahbarining nasabi, ismi-sharifi. 
- auditorlik tekshiruvi o`tkazish uchun asos va xojalik yurituvchi 
subyektning umumiy tavsifi. 
Shu bilan birga auditorlik xulosasining kirish qismida tekshiruvdan 
o`tkazilgan moliyaviy hisobotlar ro`yxati, sanasi va hisobot davri ko`rsatilgan 
holda aks ettirilishi lozim. Shuningdek, kirish qismida, auditorlik tekshiruvidan 
o`tkaziladigan hisobotning tayyorlanishi va ishonchliligi uchun mas`uliyat xojalik 
yurituvchi subyekt rahbariyatiga yuklatilishi, mazkur moliyaviy hisobot bo`yicha 
berilgan auditorlik xulosasi uchun esa auditorlik tashkiloti javobgar ekanligi 
ko`rsatilishi lozim.
2. Auditorlik xulosasining ta'kidlovchi qismida auditorlik xulosasi AFMS 
ga muvofiq o`tkazilganligi ta'kidlanishi lozim. 
Ta'kidlovchi qism moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlarning 
ishonchliligini va qonunchilikka hamda xojalik yurituvchi subyekt moliya-xojalik 
faoliyatining haqiqiy ahvoliga muvofiqligini baholashini ko`rsatishi lozim. 
Shuningdek, ta'kidlovchi qismda o`tkazilgan auditorlik tekshiruvi fikr bildirish 
uchun yetarli asos berishi to`g`risida auditorlik tashklotining tasdig`i aks ettirilishi 
lozim.

3. Auditorlik xulosasining yakunlovchi qismida xojalik yurituvchi 


subyektning moliyaviy hisoboti ishonchliligi va qonunchilikka muvofiqligini 
tasdiqlash to`g`risida yozuv yoziladi. 
Tekshiruv auditorlik tashkiloti tomonidan o`tkazilganda, auditorlik 
tashkilotining rahbari yoki auditorlik tashkilotining u vakolat bergan boshqa 
xodimi imzolaydi va auditorlik firmasi muxri bilan tasdiqlaydi.

485 
Xojalik yurituvchi subyekt faqat auditorlik xulosasining yakuniy 


qisminigina manfaatdor shaxslarga taqdim qilishi lozim. Shu munosabat bilan 


auditorlik xulosasining taxliliy qismi va yakuniy qismi alohida imzolanishi va 
muxrlanishi mumkin. Auditorlik xulosasining ikkita turi mavjud: a) ijobiy 
auditorlik xulosasi; b) salbiy auditorlik xulosasi.
Ijobiy auditorlik xulosasida buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobot 
ko`rsatkichlarining ishonchliligi auditor tomonidan tasdiqlanadi. qoidaga ko`ra 
ijobiy auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti xojalik yurituvchi subyektning 
moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holati va sodir etilgan moliya-xojalik 
muomalalarining O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligini 
ishonarli aks ettiradi degan fikrga kelingan vaqtda tuzilishi lozim. Misol tariqasida 
ijobiy auditorlik xulosasining namunaviy shaklini keltiramiz.
Salbiy auditorlik xulosasi moliyaviy hisobot korxonaning moliyaviy ahvoli 
to`g`risida ishonarli ma'lumot bermagan va buxgalterlik hisoboti hamda uning 
moliya-xojalik faoliyati hisobi amaldagi me'yoriy qonunchilik talablariga mos 
kelmagan holda yuritilgan vaqtda tuziladi. Bunday xato-kamchiliklar o`z vaqtida 
tuzatilmasa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg`itishi mumkin.
Salbiy auditorlik xulosasi tuzish auditorlik amaliyotida kamdan-kam
uchraydigan holat bo`lib, bunga quyidagi muayyan vaziyatlar sabab bo`lishi 
mumkin: 
- auditor tomonidan aniqlangan buxgalteriya hisobotidagi xato-kamchiliklar 
jiddiy va salmoqli bo`lgan holatlar; ayrim mijoz-korxonalarda bunday holatlar 
ularning iqtisodiy nochorligi bilan birgalikda yuzaga, xatto amal qilayotgan 
korxona prinsipining buzilishiga yetib boradi; 
- moliyaviy hisobotni tasdiqlash uchun zarur bo`lgan dastlabki hujjatlar, 
buxgalteriya hisobi ma'lumotlari va hisob registrlari hamda boshqa hujjatlarning 
katta qismi korxona ma'muriyati tomonidan taqdim etilganda; bunda auditorlik 
tashkiloti vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda 70-sonli AFMS ga 
muvofiq, auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechishi ham mumkin; 
- ijobiy auditorlik xulosasi tuzishga to`sqinlik qiladigan boshqa obyektiv 
vaziyatlar ham, xususan, vaziyat taqozosi vujudga keladigan cheklashlar; 
- mijoz-korxona ma'muriyati moliyaviy hisobot ma'lumotlarini asosan to`g`ri 
deb, auditorlik xato va noaniqliklar to`g`risidagi asosiy xulosalari bilan rozi 
bo`lmasdan, tegishli hisob yozuvlarini tuzatishni batamom rad etish holatlari va 
hokazo.
Salbiy auditorlik xulosasi xojalik yurituvchi subyekt tomonidan sodir etilgan 
moliyaviy va xojalik muomalalari moliyaviy hisobotda ishonarli aks ettirilgan, 
ammo qonunchilikka mos kelmaydigan hollarda ham tuziladi. 
Salbiy auditorlik xulosasini tuzishga, qoidaga ko`ra, xojalik yurituvchi 
subyektning auditorlik tashkiloti tomonidan aniqlangan xato kamchiliklarni 
bartaraf qilish maqsadida moliyaviy hisobotga o`zgartishlar kiritish to`g`risida 
bildirilgan fikrga noroziligi sabab bo`ladi.
Masalan. 



Yüklə 35,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə