4-§. Auditorlik xulosasining tarkibi


Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasi tuzilishdan voz kechish



Yüklə 35,59 Kb.
səhifə5/6
tarix01.05.2023
ölçüsü35,59 Kb.
#107898
1   2   3   4   5   6
audit kurs ishi

Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasi tuzilishdan voz kechish 

to`g`risidagi arizasi 
Men (biz) ________________________________________________ 
(auditorlik tashkilotining nomi va rekviztlari) 
auditor (auditorlar)_______________________________________ 
(auditorlarning nasabi, ismi-sharfi) 
tomonidan ___________________________________________ning 
(xojalik yurituvchi subyekt nomi) 
200 -yil 1 -yanvardan 31 -dekabargacha bo`lgan davr uchun moliyaviy 
hisoboti tekshiruvdan o`tkazildi. 
Xojalik yurituvchi subyekt__________________________ 
(xojalik yurituvchi subyekt nomi) 
Xorijiy mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni to`liq taqdim 
qilmadi. Bu biz boshlagan auditorlik tekshiruvini, auditorlik xulosasi tayyorlash 
uchun zarur hajmda o`tkazishga imkon bermaydi deb hisoblaymiz.
Yuqorida keltirilgan auditorlik tekshiruvining hajmini cheklash faktiga 
asosan auditorlik tashkiloti ___________________________________ 
(auditorlik tashkilotining nomi va rekvizitlari) 
xojalik yurituvchi subyekt_______________________________ 
(xojalik yurituvchi subyekt nomi) 
moliyaviy hisoboti to`g`risida fikr bildirishdan voz kechadi.
Auditorlik tashkiloti rahbari__________ 
(imzo) 

Auditorlar________ 


(imzolar) «___»___________________200 y. M.O`. 
Agar salbiy xulosa tuzilsa yoki xulosa tuzilmasa, auditor ta'kidlovchi qismda 

tekshiruv natijalarini, aniqlangan amaldagi qonunchilik buzilishi faktlarini va 


korxona faoliyatidagi boshqa kamchilklarni batafsil bayon qiladi. 
Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada auditorlik tekshiruvi buyurtmachisi, 
ya'ni korxona rahbariyatiga taqdim qilinadi. 
Xojalik yurituvchi subyektlar auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so`ng 
15 kun ichida auditorlik xulosasining bir nusxasini o`zlari joylashgan hududdagi 
soliq organiga taqdim qiladilar. 

489 
Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotda foydalanuvchilar uchun tushunarli 


bo`lib, unda auditorning ikkilanish va (yoki) noroziligidan kelib chiqqan 


cheklashlar aniq ko`rsatilishi lozim. Auditorlik xulosasi barcha moliyaviy 
hisobotdan foydalanuvchilar olish imkoniga ega bo`lgan ochiq axborot 
hisoblanadi. Auditorlik xulosasi tegishli moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda 
xojalik yurituvchi subyekt tomonidan chop ettirilishi mumkin. 
Agar ko`rsatilgan kamchiliklar buxgalteriya hisobotining haqqoniyligiga 
ta'sir qilmaydigan bo`lsa, auditor xulosa tuzishga kirishadi. Aks holda auditor 
buxgalteriya hisobining yuritilishi va korxona tomonidan taqdim qilingan 
hisobotlar to`g`riligini tasdiqlashdan bosh tortishi lozim. Faqat ko`rsatilgan 
kamchiliklar tugatilgandan so`nggina tekshiruvlarni yakunlashi va ularning 
natijalari bo`yicha xulosa tuzish mumkin. Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot 
tuzishdagi kamchiliklarni tugatish uchun korxonaga berilgan vaqt, odatda, agar 
bunday ishlarning jiddiyligi va sermehnatligi real baholansa, ikki-uch oydan 
oshmasligi lozim.
Auditorga barcha zarur ma'lumotlar o`z vaqtida taqdim etilmagan yoki 
buzib ko`rsatilgan holda taqdim etilganligini u bilmagan bo`lsa, bunga auditor 
javobgar hisoblanmaydi. Bu hollarda barcha javobgarlik zarur ma'lumotlarni 
auditorga taqdim etishi lozim bo`lgan, tekshirilayotgan korxona ma'muriyati va 
uning ma'sul xodimlariga yuklatiladi.
Shu boisdan, korxona rahbari va moliya-hisob xizmati xodimlari oldindan, 
auditorlik xulosasini oxirgi tahrirda tuzgunga qadar tanishib chiqishlari, agarda 
ularda ayrim holatlarga nisbatan norozilik, mulohaza yoki qandaydir takliflari 
bo`lsa, ushbu bildirilgan fikrlar diqqat bilan eshitilib, korxona xodimlari ishtirokida 
muhokama qilinishi va asoslangan holda chiqarib tashlanishi yoki e'tiborga olinib, 
xulosaning oxirgi taxririda inobatga olinishi lozim.
Korxona bir oy ham o`tmasdan, qayta tekshirish natijasida ijobiy xulosa 
olsa, bu hol auditorlarga ishonchsizlik bildirishga olib kelishi mumkin. Bu xuddi 
oylab darsga qatnashmagan, qobiliyatsiz talabaning imtihonda mutlaqo 
savodsizligini namoyon qilib, «qoniqarsiz» baho olganidan so`ng, ertasiga ba'zi bir 
sabablarga ko`ra «a'lo» bahoga qayta topshirgani kabi noreal hodisadir.
Shuningdek, agar tekshiruvda hech qanday kriminalga oid holat 
aniqlanmagan bo`lsada, xulosalarni ochiqdan-ochiq yoki niqoblangan ishoralar 
bilan shakllantirish mumkin emas. Ammo, shunga qaramasdan korxona ishida 
suiiste'mol hollari uchrasa, sudlov-tergov organlari tomonidan chuqur tekshirilib
ular ochib tashlanadi. Yana bir marta shuni ta'kidlash lozimki, auditor xulosada 
faqat qo`l ostidagi hujjatlar yoki aniq formulalar, retsepturalar, normalar, limitlar 
va boshqa ma'lumotlarga asoslangan, benuqson, aniq hisob-kitoblar bilan 
tasdiqlangan faktlarni keltirishi lozim. 



Yüklə 35,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə