4. Avtomobillarning texnik holatiga bo’lgan texnika xavfsizligi talablari



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə2/6
tarix20.10.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#128702
1   2   3   4   5   6
Yoqilg’i apparatlariga xizmat ko’rsatishda texnika xavfsiziligi
Bu sex, bo’limlarda yonilg’i agregat, uzel va detallar ta’minlanadi va sozlanadi. (karbyurator, benzonasos, TNVD, forsunka va x.k.) Xavflikning asosiy manbasiga yonilg’i va moylash mahsulotlari kiradi. Bularning odam tanasiga salbiy ta’siri ham yong’in chiqishi bilan baholanadi. Asosiy talablar xonalar balandligi 3,2metrdan kam bo’lmasligi, pollari tekis bo’lishi hamda o’tish joylari 2metrdan kam bo’lmasligi kerak. Bu xonalar samarali ravishda shamollatib turilishi, yoritgichlar portlashga chidamli lampalar bilan ta’minlanishi lozim. Tabiiy yoritilganlikni ta’minlash maqsadida oynalarning yuzasi poliga nisbatan 0,3....0,35 xajmida o’rnatiladi. Bu erda bajariladigan ish zararli deb hisoblanadi va ishlovchiga maxsus ovqat (sut mahsulotlari) beriladi. Yonilg’i moylash mahsulotlarini insonga salbiy ta’sirini ekspluatastion materiallardan foydalanishda texnika xavfsizilig mavzusida to’liq ravishda aytib o’tilgan.
Slesarlik-mexanik ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi
Slesar-mexanik ishlar asosan metallarni qayta ishlash tokarlik, teshish, frezer, strogal, mexanik qaychi, silliqlash, charxlash stanoklarida bajariladi. Bu sexlarda xavflilik manbalariga metall strushkalari, kesish-teshish asboblarining singan parchalari, changlar ayniqsa kremniy changlari, elektr toki, issiqlik, aylanadigan harakatlanadigan stanoklar qismlari, shovqin, tebranish, metall changlari kiradi. Stanoklarni tekis chidamli fundamentlarga anker boltlariga rezina yoki prujina buferlarini kiygizib o’rnatiladi. Stanoklarda faqat mutaxassislar ishlaydi. Barcha aylanuvchi, harakatlanuvchi qismlari to’siladi, stanoklar elektrodvigatellari erga ulanadi. Agarda ishchi kun davomida ochiladigan lyuk, eshikchalardan (charxlarda) foydalansa, unda ularga stanoklarni yurgizish uchun blokirotorlar o’rnatiladi (ochilganda yoki ko’tarilganda stanok o’chadi). Maxsus kitoblarda, stanoklardan foydalanish yo’riqnomalarida ularni ekspluatastiya qilish tartib-qoidalari va texnika xavfsizligi talablari keltirilgan bo’ladi. Bundan tashqari ATKlarda har bir mutaxassislik uchun texnika xavfsizligi bo’yicha yo’riqnomalar ishlab chiqiladi, kerakli ravishda tasdiqlanib ko’rinadigan joylarga osib qo’yiladi. Ishlovchilar shaxsiy ximoya vositalari (ko’zoynaklar) bilan ta’minlanishi, oyoq qo’yadigan ish joylari yog’och panjarali tushalma bilan ta’minlanishi lozim.
Akkumulyatorlarni ta’mirlashda texnika xavfsizligi
Akkumulyatorlarni ta’mirlash bo’limlari asosan 25m2 dan kam bo’lmasligi, 3xonadan iborat bo’lishi lozim. 1-xonada akkumulyatorlar ochiladi, ta’mirlanadi, qayta yig’iladi, 2-xonada akkumulyatorlar zaryadlanadi (alohida yopiq shkaflarda 3-xonada kislota-elektrolit tayyorlanadi) Insonga xavfli omillarning eng asosiylari mastika, qo’rg’oshin, aerozolarda kislota parlari, yong’in-portlash xavfini zaryadlashdan chiqadigan vodorod, kislorod bilan birlashganda “gremuchiy” portlaydigan gazga aylanadi. Shuning uchun akkumulyator sexi o’ta xavfli sexlar qatoriga kiradi. Barcha eritish lampasi bilan bajariladigan texnologik jarayonlar sun’iy so’ruvchi ventilyatorlar o’rnatilgan shkaflar-zontlar oldida bajarilish lozim. (mastikani, klemmalarni eritish, plastinkalarni klemmalarga payvandlash jarayonlari). Qo’rg’oshinlarni eritish jarayonida ishlatilgan eski qo’rg’oshin plastinkalarini qo’shib yuborish man etiladi. Kislotalar shishadan tayyorlangan 36 litrli butillarda, somonli savatlarda saqlanadi. Elektrolit tayyorlashda kislotada erimaydigan plastmassali, oynadan yoki keramikadan tayyorlangan idishlardan foydalaniladi. Unda kislota distirlangan suvga qo’shiladi, bunda kislotani quyish uchun maxsus sifon,... maxsus uskunalardan foydalaniladi. Agar suvni kislotaga quysa, kislota sachraydi va odamga shikast etkazishi mumkin. Akkumulyatorni kuchlanishi faqat yuklamali voltmetrlar bilan tekshiriladi, qisqa ulab tekshirish man etiladi. Barcha lampalar, elektr simlari o’chirish-yondirish tugmachalari portlashga xavfsiz materiallardan qilinadi. Sexlarda yuz-qo’l yuvish joylari bo’lishi ularning yonida idishlarda 10-15% ichimlik sodasi aralashmasi, ishqorli akkumulyatorlarni ta’mirlashda 5-10% bor kislotasining qorishmasi bo’lishi shart. Agar kislota, ishqor, elektrolit inson terisiga to’kilsa, tomsa darrov ichimlik sodasi va bor kislotasi qorishmasi bilan aralashtirilib iliq suv va sovun bilan yuviladi. Agar ko’zga tegsa, unda 2-3%li ichimlik sodasi aralashmasi bilan yuvib tashlanadi. Akkumulyator sexida ichimlik ichish va ovqatlanish man etiladi. Bu sexlarda 18 yoshga etmagan o’smirlar va ayollar ishlashi mumkin emas. Bu jarayon zararli bo’lgani uchun ishlovchilarga maxsus ovqat, ximoya vositalari ajratiladi. (junli yoki kislota, ishqor ta’sir etmaydigan materiallardan tayyorlangan kostyum, ko’zoynak va boshqalar).
20 kg.dan og’irroq akkumulyatorlar maxsus aravachalarda, kichik akkumulyatorlar esa qo’lda tashilishi lozim. Sexda akkumulyatorlarni siljitishda rolikli stendlardan foydalaniladi. Oxirgi yillarda kislotali akkumulyatorlardan tashqari akkumulyatorlar ko’plab ishlatilmoqda. Evropada umuman yangi turdagi qo’rg’oshin o’rniga letiy metalidan tayyorlangan plastinkasi va suyuq kislota yoki ishqor o’rniga tok o’tkazadigan gel-ya’ni bo’tqaga o’xshash elektrolit ishlatilmoqda.
Ularning narxi ancha qimmat bo’lib , ishlash muddati 6-8 yilni tashkil etar ekan.
Ishqorli elektrolit tayyorlaganda, solingan idish qopqog’ini extiyotkorlik bilan ochishda lattani issiq cuvga xo’llab, qopqoqdagi parafinni eritib ochish lozim. Kaliy ishqorining kattalarini maydalashda uni toza mato bilan yopib turish lozim, bo’lmasa teriga yoki ko’zga sachrashi mumkin. Uni eritish uchun faqat sovuq disterlangan suvdan foydalaniladi.. Ishqorni qo’l bilan olish man etiladi. Bunda pinstet, ombir yoki qoshiqlardan foydalanish lozim.
Akkumulyatorlarni zaryadlashda quyidagilar bajarilishi shart: akkumulyatorlarni bir-biriga ulashda mustaxkam ushlaydigan pruj inali qisqichlardan (kislotali akkumulyatorlar uchun) yoki tekis ishonchli elektr kontaktlarni ta’minlovchi uchqun chiqarmaydigan birlashtiruvchilardan foydalaniladi (ishqorli akkumulyatorlar uchun); zaryadlanish xolatini termometr, arlometr va yuklama vilkalar orqali tekshiriladi. Bunda zaryadlanayotgan akkumulyatorga engashish, bankalarga qarash man etiladi, chunki elektrolit sachrashi mumkin.
Akkumulyator bo’limida chekish, ochiq alangalardan, elektr isitgichlardan foydalanish, kislotali va ishqorli akkumulyatorlarni , birgalikda saqlash , zarayadlash man etiladi. Qo’rg’oshinni eritish va ularni formulaga quyish curuvchi shkaflarda bajarilishi lozim. Qo’rg’oshinni eritish va ularga eski plastinkalarni quyish man etiladi. Barcha ishlar rezinali qo’lqoplar orqali bajarilishi lozim.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə