4. Avtomobillarning texnik holatiga bo’lgan texnika xavfsizligi talablari



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə3/6
tarix20.10.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#128702
1   2   3   4   5   6
Shinalarni montaj, demontaj qilishda va yamash (vulkanizastiya) ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi
Avtomobil g’ildiraklaridagi shinalarni disklardan chiqarish, qayta kiygizish ishlari doimiy sharoitda yoki yo’lda, marshrutda zarurat bo’lib qolishi mumkin. Doimiy (ATK, Servis markazlarida) sharoitda o’qib chiqqan, guvohnomasi bor mutaxassislar bajaradi, yo’lda, marshrutda esa bu ishlarini xaydovchini (xaydovchilarni)ng o’zlari bajaradi. Avtomobil ko’priklarini ko’tarishda har xil domkratlar (gidravlik, mexanik) va tayanchiqlar ishlatiladi. Pnevmoballonli avtobuslarda kamida 2ta gidravlik (5, 7 tonnali) domkratlar bo’lishi hamda 2-3ta dub yog’ochidan yumaloq qilib tayyorlangan tayanchiqlar bo’lishi shart. Oldin kuzov saloni 7 tonnali domkratlar yordamida ko’tariladi, so’ng ko’priklar ko’tariladi. Agar faqat kuzovni yoki ko’priklarni bitta domkrat bilan ko’tarilsa, kuzov salon pnevmoballondagi siqilgan havo kamayib ketishi tufayli tushib ketib xaydovchini bosib qolishi mumkin. Shinalarni echishda va qayta disklarga kiygizishda har xil stend - stanoklar qo’llaniladi. Avtomobillarni ko’tarishda elektromexanik yoki gidravlik ko’targichlardan foydalaniladi. Bunday stanok stendlardan foydalanilganda ularning yo’riqnomasiz yozilgan texnika xavfsizligi shartlarini bajarishi lozim. G’ildiraklarni avtomobillardan echishda elektrogaykavertlardan foydalaniladi. Bular elektr tokidan xavfli hisoblanadi, shuning uchun bu stanokda ishlaydiganlar bilan elektr xavfsizligi to’g’risida alohida yo’riqnoma o’tkaziladi. Gaykavert erga ulangan bo’lishi shart. Shinalar ko’p vaqtda disklarga yopishib qoladi. Ularni ajratish uchun bolg’a yoki kuvalda bilan urib chiqarish man etiladi. Ajratish uchun har xil asboblar klinlardan foydalaniladi. Shinalarni damlash paytida har xil vertikal yoki gorizontal to’sg’ich-pauklardan foydalaniladi, chunki damlashning oxirida bosim ortib ketib disk qulfi g’ildiragi otilib ketishi va ishchining qattiq shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Qiyshiq, geometriyasi o’zgarib ketgan disklar yoki o’lchovi to’g’ri kelmaydigan shinalarni montaj qilish man etiladi. Ballonlarni ta’mirlashda, teshiklarni yamashda ichki tomondan bug’ bilan qiziydigan muldlar ishlatilar edi. Ilgari asosan shina va kameralarni yamashda bug’li vulkanizatorlardan foydalanilar edi. Bularning xavfli tomoni bug’ bosimi oshib ketmasligi uchun ularga ogohlantiruvchi klapanlar qo’yilib, richaglariga ma’lum portlashni oldini olish bo’yicha yuklar (toshlar) osib qo’yilar edi. Hozirda asosan elektr vulkanizatorlar ishlatiladi shu tufayli elektr xavfsizligini ta’minlash lozim. Rezinalarni kesishda pichoqlar harakati teskari tomonga yurgizilishi lozim. Bu sexlarda xavf tug’diradigan jarayonlar elim tayyorlashda, kamera, shinalarni yirtilgan, teshilgan joylarni tozalashdan chiqadigan benzin rezinadan chiqadigan chang va zarrachalardir. Shuning uchun yamash sexlarida yaxshi so’ruvchi ventilyatorlar, tozalash dastgohi tagida so’ruvchi avtonom ventilyatorlar o’rnatilishi, yoritgichlar portlashga xavfsiz, elektr simlar yopiq ravishda hamda yoritgichlarni ulaydigan yoqqichlar xona tashqarisida kirish eshigi oldida o’rnatilishi GOSTlar bo’yicha talab qilinadi. Ishlovchi o’qigan va guvohnomasi bo’lishi kerak.
Stastionar par qozonli vulqon apparatlaridan muldalardan foydalanilganda quyidagi xavfsizlik choralarini ko’rish lozim: doimiy ravishda qozondagi suv satxini nazorat qilib borish, par bosimini tekshirilgan manometr orqali nazorat qilib borish va ogohlantiruvchi klapanlarni ishlashini nazorat qilib borish kabilar.
Qozonda suv kamayib qolganda nasos orqali oz-oz qismda to’ldirish kerak.
Ogohlantiruvchi klapan ma’lum chegaraviy bosimga moslashtirilishi kerak. Plombalanmagan, nosoz ogohlantiruvchi klapan bilan ishlash man etiladi. Suv xaydovchi nasos ishlamay qolsa darrov ishni to’xtatib va o’choqdan yonilg’ini chiqarib tashlash lozim. Vulkan apparatlarini ta’mirlashdan oldin bosim ostidagi parni chiqarib yuborish kerak.
Misgarlik ishlarini bajarishda texnika xavfsizligini ta’minlash
Misgarlik ishlari avtomobil transportida korxonalarida so’ruvchi-xaydovchi va maxalliy shamollatish (ventilyastiyasi) lari bilan jixozlangan xamda kerakli maxsus stend va rediatorlarni tekshiruvchi suvli vanna o’rnatilgan xonalarda bajariladi. Misgarlik ishlariga radiatorlarni (pechkalarini ichini ham) har xil bronza yoki misdan qilingan trubka naychalarini payvandlash, radiatorlarni tarqatish sotli trubka va plastikalarini almashtirish, pastki va yuqori bachoklarni almashtirish va xokazolar kiradi. Misgarlik ishlari xajmi qishgi mavsumda ko’payadi, sababi radiatorlardagi suvlar muzlab qolib ularni ishdan chiqaradi. Radiatorlarni tekshirishda, sinashda va ta’mirlashda albatta aylanuvchi stendlardan foydalaniladi. Radiatorlarning nosozligi dvigatelni qizib ketishi, bu esa kuyishga olib kelishi mumkin. Asbob-uskunalar, qalay payvandlash flyuslarni ish joyida ma’lum masofada joylashtirish lozim. Kislota maxsus oyna yoki sopol idishlarda saqlanadi va amalda bir smenaga etadigan miqdorda bo’lishi lozim, qolgan kislota temir, yopiladigan shkafda qum qatlamida saqlanish lozim. Xavfsizlikni ta’minlash talablari bajarish maqsadida engil yonvuchi yoqilg’i idishlarini (bak, konistra) payvandlashdan oldin ulardan yoqilg’i (suyuq yoki gaz holda) qoldig’ini chiqarib tashlash, idishni issiq suv bilan yuvish, bug’latish va yana kauchuk soda bilan yuvib quritish, qopqog’lari ochilgan holda dvigatelni chiqindi gazlarini ichlariga xaydagan xolda payvandlanadi. Baxtsiz hodisani oldini olish maqsadida radiator, benzobak va boshqa katta detallarni payvandlashda tiragich, aylanuvchi stendlardan foydalaniladi. Oqib tushgan qalayni qayta yig’ish maqsadida stend tagiga poddon idish qo’yish kerak.
Kislotani (osh tuzi kislotasi) travit qilishda ko’p miqdordaruh solganda ko’p cheklangan vodorod chiqadi, shuning uchun ko’p ruh (stinkni) solishga ruxsat etilmaydi. Flyus va uni tayyorlashda ishlatiladigan materiallar yopiq ventilyastiyali shkaflarda saqlanishi lozim. Ish joyini tozalikda saqlash maqsadida qalay (pripoylar) miqdori temir qutilarda saqlanishi lozim. Qalaylash qizitish-payal lampalar ish boshlashdan oldin va oyda bir marta nazoratdan va tekshiruvdan o’tkazilishi lozim. Uni yondirishdan oldin texnik sozligi ham ko’zdan o’tkazilishi lozim. Nosoz payal lampani ishlatish man etiladi. Benzin quyishda uning rezervuar xajmining ¾ qismigacha to’ldirish va uning qopqog’i oxirigacha buralib yopilishi shart. Lampalarni issiq holida benzin quyish va to’kish ham man etiladi va ularni ochiq olov oldida ta’mirlash ham man etiladi. Payal lampalarida nosozliklar (benzin tomishi, oqishi, gorelka rezbasidan gaz chiqishi, idishni deformastiya bo’lishi) paydo bo’lganda zudlik bilan ishlar to’xtatilishi shart. Respublikada chiqayotgan avtomobillarda “Neksiya”, “Matiz”, “Tiko”, “Lasetti” va boshqalarda radiatorlar alyuminiy, BS-106, BV-113 avtobuslarda esa yupqa tunikadan tayyorlangan “Tiko”, “Matiz” avtomobillarni baklari plastmassadan tayyorlanganli sababli bu avtomobillarga misgarlik xizmati ko’rsatish xajmi o’ta kamayib bormoqda. Shuning uchun bu va boshqa turdagi avtomobillar sovutish tizimiga faqat antifirizlar ishlatilishi ko’zda tutilgan. Xuddi shular kabi ishqorli-bir martali ta’mirlanmaydigan akkumulyatorlarni ishlatilishi akkumulyator xizmati xajmi ham kamayib bormoqda, faqat zaryadkalash ishlari olib borilmoqda. Benzinli payal lampalarini ishlatish xavfli xisoblanadi. Ayrim ATK va Servis markazlarida oddiy kommunal gazidan foydalanib, payalniklar qizdiriladi (misol 125 ATK). Bunda gaz alangasini kuchaytirish maqsadida ventilyatordan foydalaniladi. Ventilyator sifatida oddiy gilam tozalagichlardan, avtomobillarning pechkasi ventilyatorlaridan foydalanish mumkin.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə