4 Falsafa tarixida inson mohiyatiga oid qarashlar.(2-soat) Reja



Yüklə 66,7 Kb.
səhifə5/12
tarix29.11.2023
ölçüsü66,7 Kb.
#143362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-soat Reja Falsafa tarixida inson mohiyatiga oid qarashlar tas-fayllar.org (1)

G‘arb falsafasida inson. Sharq tafakkurida insonga nisbatan yuqorida qayd etilgan yondashuvlar bilan bir qatorda tabiat, kosmos muammolari ham qadimdan muayyan o‘rin egallab keladi. Bunda insonga ulkan dunyodagi bir zarra sifatida qaraladi. Ammo dunyoga nisbatan kosmotsentrik yondashuv antik falsafa rivojlanishining ilk bosqichlariga ko‘proq xosdir. Dunyoning mazkur talqiniga muvofiq birinchi o‘ringa Suqrot davridayoq falsafaning diqqat markazidan o‘rin olgan inson haqida mulohaza yuritish uchun ham tegishli zamin hozirlovchi dunyo va kosmos muammolari chiqadi.
Kosmotsentrizm nuqtai nazaridan (Demokrit) inson avvalo kosmosning bir qismi sifatida, «kichkina dunyo» sifatida, ba’zan jonli organizm sifatida tasavvur qilinadigan makrokosm bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan mikrokosm sifatida idrok etiladi. Antik faylasuflar (Platon, Aristotel) Koinotni va unda mavjud tartibni tushunish orqali insonning o‘zini ham anglab yetish mumkin deb hisoblaganlar. Bunda tafakkur, bilim, aql-zakovat va donishmandlik muhim rol o‘ynagani bois, ular doim kosmotsentristlar tomonidan yuksak baholangan, inson va uning qobiliyatlariga baho berishda birinchi o‘ringa qo‘yilgan.
Bunday qarashlar Yevropa falsafiy an’anasida V asrgacha, ularning o‘rnini teotsentrizm konsepsiyasi egallagunga qadar kuzatiladi. Teotsentrizm konsepsiyasiga muvofiq hamma narsani Xudo belgilaydi. Xristianlikning mohiyatini aks ettiruvchi turli kreatsionistik nazariyalarga ko‘ra butun dunyo, shu jumladan jonli dunyo (o‘simliklar, hayvonlar, inson) darhol va o‘zining mukammal ko‘rinishida yaratilgan. Injilning dunyo olti kunda yaratilgani haqidagi rivoyatiga asoslangan bu nuqtai nazar yevropaliklar tafakkurida Charlz Darvinning evolyusion nazariyasi paydo bo‘lgunicha, ya’ni XIX asrning o‘rtalariga qadar hukm surdi. Xristianlar dunyosi dindor odamlari orasida u bugungi kunda ham amal qilmoqda.
Teotsentrizm nuqtai nazaridan insonning mohiyatini anglab yetish, masalan, qadimgi yunon faylasuflari yoki keyingi materialistik falsafiy konsepsiyalardagi kabi oqilona fikrlash yo‘li bilan emas, balki Muqaddas Kitobda ta’riflangan vahiylar yordamida amalga oshiriladi. Bu vahiylarni faqat Injil aqidalariga e’tiqod qilish orqali tushunib yetish mumkin. Teotsentrizm nuqtai nazaridan e’tiqod nuridan charog‘on bo‘lgan aql dunyodagi ilohiy tartibning tarkibiy qismi sanalgan va «Xudoning timsoli» sifatida amal qiladigan insonning o‘zini emas, balki uning ba’zi bir jihatlarinigina aniqlashga yordam beradi. Ayni shu sababli xristianlik, Xudoni oliy mohiyat deb e’tirof etadigan va insonga U yaratgan banda sifatida qaraydigan boshqa teotsentrik falsafiy tizimlar kabi, insonni Xudoning o‘zi singari tagiga yetish mumkin bo‘lmagan sir, jumboq deb e’lon qiladi.

Yüklə 66,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə