4-kurs smm-59k guruh talabasi Ergashev Shavkat Asliddin o‘g‘li


Viloyat (tuman, shahar) moliya organi rahbari



Yüklə 242,6 Kb.
səhifə6/10
tarix26.06.2023
ölçüsü242,6 Kb.
#119001
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4-курс сиртқи амалиёт дафтари (2) (2)

Viloyat (tuman, shahar) moliya organi rahbari __________________________ ________
(ismi-sharifi) (imzo)


(muhr o‘rni)

3-mavzu. Mahalliy byudjetlardan byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish mexanizmini o‘rganish
2022 yil uchun Samarqand viloyati mahalliy byudjeti xarajatlari 4 trillion 9 milliard so‘m atrofida belgilanyapti
Bu xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021 yil 30 dekabr kungi qarori bilan tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, viloyat mahalliy byudjetining 2022 yil uchun daromadlari 3 955,8 milliard so‘m etib belgilandi. Lekin ushbu masala muhokama etilgan sessiyada daromadlarni 4,5 trillion so‘mga yetkazish imkoniyati mavjudligi qayd etilib, bu borada mutasaddilar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.
– Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2021 yil byudjet daromadlari 3 trillion 173 milliard 700 million so‘m (117 foiz)ga bajarilishi kutilmoqda, ya’ni, prognozdan 450 milliard so‘m ko‘p bo‘ladi, – dedi E.Turdimov sessiyada. – 2022 yilda ham byudjetning daromadlar qismini yanada oshirib bajarishni o‘z oldimizga maqsab qilib belgilashimiz kerak. Daromadning ko‘p bo‘lishi ta’lim, tibbiyot sohalarini rivojlantirish, infratuzilmani yangilash, aholini ijtimoiy himoya qilish imkoniyatlarimizni kengaytiradi.
2022 yilda viloyat mahalliy byudjeti umumiy xarajatlarining 68 foizi, ya’ni, 3 trillion 362 milliard 500 million so‘mi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga xarajatlariga yo‘naltiriladi.
Jumladan, maktabgacha ta’limga 211,6 milliard so‘m, umumiy ta’lim xarajatlariga 410,6 mlrd so‘m ajratilishi nazarda tutilgan.
Sog‘liqni saqlash xarajatlariga ham 2022 yilda salmoqli mablag‘ 1 trillion 717 milliard so‘m yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. Bunda 42,1 milliard so‘m mablag‘ birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarida aholi jon boshiga ajratiladigan dori va tibbiy buyumlar uchun mablag‘ miqdorini o‘rtacha 5,5 ming so‘mdan 16 ming so‘mga oshirishga sarflanadi.
Shuningdek, iqtisodiyot xarajatlariga esa 501,8 milliard so‘m (umumiy xarajatlarning 10 foizi, markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari uchun jami 455,8 milliard so‘m (umumiy xarajatlarning 9 foizi) rejalashtirilgan.
– 2022 yildan boshlab mahalliy byudjetlarni shakllantirishda bevosita keng jamoatchilik ishtirok etadi, – deydi Samarqand viloyati moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzayev. – Shundan kelib chiqib, endi barcha tuman (shahar) byudjetlari umumiy xarajatlarining 5 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Natijada 2022 yilda “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun shahar va tuman hokimliklari qoshidagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga 156,9 milliard so‘m miqdorida mablag‘ o‘tkaziladi. Bu esa o‘z navbatida viloyatda bir qator muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish uchun xizmat qiladi.
Yana bir muhim o‘zgarish, tadbirkorlik va aholi bandligini ta’minlash maqsadida mahallabay ishlashning yangi tizimi, ya’ni hokim yordamchilari joriy etildi va ularni saqlash xarajatlari uchun 83,6 milliard so‘m mablag‘ nazarda tutildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mas’uliyati va manfaatdorligini kuchaytirish hamda vakolatlarini kengaytirish maqsadida 2022 yildan boshlab quyidagi xarajatlar ham viloyat byudjetidan moliyalashtirishtiriladi:
- advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun haq to‘lash;
- ko‘p kvartirali uy-joy fondiga tutash hududlarni ta’mirlash xarajatlari;
- issiqlik tarmoqlari va qozonxona uskunalarini kapital ta’mirlash xarajatlari.
- investitsiya dasturlari asosida umumta’lim muassasalarini, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, sog‘liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, tuman va shahar markazlarini obodonlashtirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari doirasida ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash-tiklash xarajatlari.
Mahalliy byudjetlar - davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablagʻlari jamgʻarmasini tashkil etuvchi bir qismi. Mahalliy byudjetlarda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqsori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Mahalliy byudjetlarning daromadlari mahalliy soliqlar va yigʻimlar hamda toʻlovlardan tashkil topadi. Mahalliy byudjetlarning mablagʻlari hududiy rivojlanishning moliyaviy manbalaridan biri hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar har bir mamlakat davlat byudjetining ajralmas qismidir.
Oʻzbekiston hududida birinchi Mahalliy byudjetlar dastlab Oʻrta Osiyoda Rossiya mustamlakachilik hukmronligi oʻrnatilganidan keyin shahar va viloyat byudjetlari sifatida 19-asrning70-yillaridan shakllana boshladi. Keyinchalik uyezd byudjetlari tuzildi. Bu byudjetlarning hajmi aholining soni va ehtiyojlarini eʼtiborga olmay, chor Rossiyasining Turkiston general-gubernatorligi markaziy apparati amaldorlari tomonidan belgilanar va eng koʻp qismi boshqaruv, politsiya, sud organlariga sarflanardi.
Oʻzbekistonda birinchi marta zamonaviy koʻrinishdagi Mahalliy byudjetlar 1924—25 yillarda vujudga keldi (qarang Davlat byudjeti). OʻzRda Mahalliy byudjetlarning daromad manbalari ichida qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻidan normativlar boʻyicha ajratmalar yetakchi oʻrinni egallaydi. Bundan tashqari, resurslar soliqlari va boshqa soliqlar (suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya soligʻi, infratuzilmani rivojlantirish soligʻi va boshqalar) ham Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda qatnashadi.
Mahalliy byudjetlar mablagʻlari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy taʼminot, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini taʼminlash, byudjet tashkilotlarini saklash, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish va boshqa moliyalashtiriladi.
Mahalliy byudjetlarni tuzish, shakllantirish, harajatlarni moliyalashtirish masalalari OʻzRning 2000-yil 14 dekabrda kabul qilingan "Byudjet tizimi toʻgʻrisida" qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.

Yüklə 242,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə