4-kurs smm-59k guruh talabasi Ergashev Shavkat Asliddin o‘g‘li


Viloyat (tuman, shahar) moliya organi rahbari



Yüklə 242,6 Kb.
səhifə7/10
tarix26.06.2023
ölçüsü242,6 Kb.
#119001
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4-курс сиртқи амалиёт дафтари (2) (2)

Viloyat (tuman, shahar) moliya organi rahbari __________________________ ________
(ismi-sharifi) (imzo)


(muhr o‘rni)
4-mavzu. Mahalliy byudjetlardan fuqarolar tashabbuslari asosida shakllantirilgan loyihalarni moliyalashtirish tartibini o‘rganish
Soliqlar va majburiy to‘lovlarning qolgan qismi va korxonalarning aylanmasidan olinadigan soliq, Davlat mulki bo‘yicha ijara to‘lovlari to‘liqligicha tuman va shaharlarning mahalliy byudjetlarini daromadlari bo‘lib qoladi.
2022 yilda Samarqand viloyatining viloyat byudjetidan hududiy byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar (tashkilot va muassalar) ga taqsimlangan mablag‘lar miqdori 2 809,1 mlrd. so‘mni tashkil qiladi.
Eng ko‘p mablag‘ oluvchi tashkilotlar, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi (21,5%); Xalq ta’limi boshqarmasi (12,2%); Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalar va energitika boshqarmasi (5,4 %); Maktabgacha ta’lim boshqarmasi (3,6%); viloyat hokimligini saqlash xarajatlari (4,7%); Madaniyat boshqarmasiga (2,1%); Turizmni rivojlantirish boshqarmasi (1,2%) va boshqalar.
2022 yilda o‘zgarishlardan biri xarajatlarni amalga oshirishda Respublikadan moliyalashtiriladigan ayrim turdagi xarajatlar, ya’ni umumta’lim muassasalarini, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, sog‘liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga, shuningdek, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga oid tadbirlar doirasida ob’yektlardagi ta’mirlash-tiklash ishlariga doir xarajatlarni; ko‘p kvartirali uy-joy fondiga tutash hududlarni ta’mirlash xarajatlari va issiqlik ta’minoti tashkilotlarining issiqlik tarmoqlari va qozonxona uskunalarini kapital ta’mirlash xarajatlari; Aholining kam ta’minlangan va muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan bepul advokatlik xizmatlari xarajatlarini moliyalashtirish mahalliy byudjetlarga o‘tkazildi. Shuningdek, respublikaning barcha tuman va shaharlarining tegishli byudjetlari umumiy xarajatlarning 5 foizini hamda tuman (shahar)lar byudjetlari qo‘shimcha mablag‘larining kamida 30 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslardan to‘lanadigan soliqlar va majburiy to‘lovlar, ya’ni: korxonalar aylanmasidan soliq va davlat mulki bo‘yicha ijara to‘lovlari to‘liq (100%) tuman va shaharlar mahalliy byudjetlariga qoladi, yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari (Samarqand sh., Jomboy t., Samarqand t. – 10%dan), yakuniy iste’molchilarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i (Samarqand sh. va Samarqand t. - 10%dan Tayloq t. – 20%), yig‘imlar (Samarqand sh., Oqdaryo t. va Samarqand t. - 10%dan Kattaqo‘rg‘on t. – 50%) va boshqa soliqlar ajratmalar sifatida taqsimlangan holda viloyat va tumanlar mahalliy byudjetlarini daromadalarini shakllantiradi.
2022 yilda yuqori byudjetdan tuman (shahar) byudjetlariga 1 171 mlrd. so‘m transfert ajratilishi rejalashtirilgan. Eng ko‘p transfert oladigan tumanlar Urgut (137,4 mlrd. so‘m), Payariq (133,6 mlrd. so‘m) va Pastdarg‘om (89,5 mlrd. so‘m) tumanlari hisoblanadi.
Samarqand viloyatining 2022 yil byudjeti va undagi o‘zgarishlar
Markazning Samarqand filiali eksperti Shoira Nuriddinova viloyatning byudjetidan sohalarga ko‘ra ajratilgan mablag‘lar miqdori, eng yuqori xarajatga ega hududlar va eng kam byudjet transferi ajratilgan hududlar bo‘yicha ma’lumotni taqdim etdi.
2022 yil uchun prognoz qilingan viloyat mahalliy byudjeti daromadlari 3 268,9 mlrd. so‘m va xarajatlari 4 607,9 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Respublika byudjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdori 1 704,7 mlrd. so‘mnitashkil etadi.
2022 yil uchun prognoz ko‘rsatkichlariga ko‘ra, Samarqand shahri (1 239 mlrd. so‘m), To‘raqo‘rg‘on (336 mlrd. so‘m), Pop (283 mlrd. so‘m), Uychi (209 mlrd. so‘m), Chust (195 mlrd. so‘m) tumanlari daromadi eng yuqori bo‘lgan hududlar hisoblanadi.
Viloyat byudjetining daromad qismi yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (qisman), davlat bojlari, jarimalar, yig‘imlar, mobil aloqa xizmati, alkogol va tamaki mahsulotlari aksiz solig‘idan tegishli ravishda o‘tkazib beriladigan daromadlar hisobidan shakllanadi.
Joriy yil uchun mahalliy byudjet shahar va tumanlar kesimida tahlil qilinganda, Samarqand shahri (517 mlrd. so‘m), Chust (259 mlrd. so‘m), To‘raqo‘rg‘on (236 mlrd. so‘m) va Pop (233,9 mlrd. so‘m) tumanlari eng yuqori xarajatlarga ega hududlar hisoblanadi.
2022 yilda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga xarajatlar mahalliy byudjetning asosiy (65,3%) qismini tashkil etadi. Mazkur xarajatlar sog‘liqni saqlash (32,5%), ijtimoiy himoya (17,3%), maorif (12,7%) hamda madaniyat va sport (2,6%) sohalariga ajratilishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, mahalliy byudjetning xarajatlari quyidagi sohalarga ajratilgan:
iqtisodiyotga xarajatlar (15,9%)
markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirishga xarajatlar (7,8%)
davlat boshqaruv organlarini saqlash (5,0%)
fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi (2,9%)
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlash (1,7%).
Samarqand viloyati mahalliy byudjetining jami 1 499 mlrd. so‘mlik qismi sog‘liqni saqlash va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar uchun ajratilgan bo‘lsa, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar va kompensatsiyalar uchun 797 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. Maorif sohasida asosiy xarajatlar umumiy ta’limga ajratilgan, shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasiga 583 mlrd. so‘m va kadrlar tayyorlash uchun 2,5 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.
Iqtisodiyotga xarajatlar tarkibida cuv xo‘jaligi vazirligi (64%), obodonlashtirish (22,8%) tashkilotlari eng ko‘p ulushga ega ekanligi qayd etilgan. Mahalliy byudjetlarda hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida taxminan 21 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.
Mahalliy byudjetdan open (open) byudjet uchun ajratilgan mablag‘ miqdori 132 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

Yüklə 242,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə