4-ma’ruza. Naryad va farmoyish berish. Qisqa muddatli va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix01.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#114855
1   2   3   4   5
M0pnCYgFR9dfnRbU1vBqNJULSH6TSzl4XGuzSpFo

III. Brigada tarkibi.

Brigadadagi ishchilar soni va uning tarkibi, ularning elektr xavfsizligi 
bo‘yicha gruppasini hisobga olgan holda ish bajarish sharoitiga hamda 
brigada a’zolari ustidan ishboshining nazorat qilaolish imkoniyatiga qarab 
belgilanadi. 

Ishboshi rahbarlik qilayotgan brigada a’zosi II gruppaga ega bo‘lishi 
kerak. Ish kuchlanish ostida bajariladigan bo‘lsa III gruppa bo‘lishi 
kerak. Bunda ushbu Qoidaning 14.2.4-bandiga asosan havo elektr uzatish 
tarmog‘ida bajariladigan ishlar mustasnodir. Bunday ishlarni elektr 
xavfsizligi bo‘yicha IV gruppaga ega bo‘lgan ishchi bajarishi zarur. 

Elektr xavfsizligi bo‘yicha III gruppaga ega bo‘lgan har bir brigada 
a’zosiga I gruppaga ega bo‘lgan bir ishchi qo‘shilishi mumkin, lekin I 
gruppali brigada a’zolarining umumiy soni 3 kishidan oshmasligi kerak. 

Ushbu Qoidada ko‘zda tutilgan ayrim ishlarni farmoyish bilan bir ishchi 
(yakka o‘zi) bajarishi mumkin. 



Navbatchi o‘zidan yuqoridagi navbatchining ruxsati bilan naryadga 
kiritilmasdan, tezkor dispetcherlik jurnalida qayd qilib ta’mirlash brigadasida 
ishlashga jalb qilinishi mumkin. 

Brigada tarkibini o‘zgartirish naryad beruvchi yoki ushbu elektr uskunada ishni 
bajarish uchun naryad berish huquqiga ega bo‘lgan boshqa xodimga ruxsat etiladi. 
Brigada tarkibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ko‘rsatma telefon, radio yoki chopar 
orqali ishlashga ijozat beruvchiga, ish rahbariga yoki ishboshchiga berilishi 
mumkin. Ular o‘z imzosi bilan ushbu o‘zgartirish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan 
xodimning ism-sharifi va familiyasini naryadda yozib qo‘yadi. 

Brigada tarkibini o‘zgartirish jarayonida 4.4.1-banddagi talablarni buzilishiga 
yo‘l qo‘ymaslik kerak. 

Ishboshi brigada tarkibiga qo‘shilgan yangi ishchilarga yo‘riqnoma berishi 
kerak. 

Ish rahbarini yoki ishboshini almashtirilganda hamda brigada tarkibini 
yarmidan ko‘proq qismi o‘zgartiriladigan bo‘lsa, naryad yangidan berilishi lozim.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə