4-mavzu. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi


Inventar kartochkalarning ro’yxati



Yüklə 147,67 Kb.
səhifə14/26
tarix28.11.2023
ölçüsü147,67 Kb.
#137401
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
4-mavzu. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi-fayllar.org

AV-7 namunaviy shakli

Inventar kartochkalarning ro’yxati



68-jadval

Kartochkaning raqami


Inventar raqami


Ob’ektning nomi


981 va hokazo


2264

Tokar stanogi

Buxgalteriyada asosiy vositalar 0100 - «Asosiy vositalar» deb atalgan invenatar schyotlarining guruhida dastlabki qiymatda hisobga olinadi. Dastlabki qiymat sub’ektning ta’sischilari tomonidan uning ustav kapitaliga o’zlarining badallari sifatida topshirilgan ob’ek­tlar bo’yicha har ikkala tomonning kelishuviga qarab, sub’ektning o’zida yoki boshqa tashkilotlar va shaxs­lardan sotib olingan ob’ektlar bo’yicha esa shu ob’­ektlarni qurish yoki sotib olishga ketgan haqiqiy xarajatlar, shu jumladan ularni keltirish, montaj qilish va o’rnatish xarajatlarining yig’indisiga asosan baholanadi. Boshqa tashkilot va shaxslardan tekinga olingan hamda davlat organlaridan subsidiya sifatida olingan ob’­ektlarning qiymati ekspert tomonidan yoki qabul qilish-topshirish hujjatlarining ma’lumotlariga qarab baholanadi.

Yuqorida eslatib o’tilgandek, asosiy vositalarni sotib olish manbalari asosan sub’ektning o’z mablag’lari, schyotdan jalb qilingan mablag’lardan iborat bo’lib, ular ta’sischilar tomonidan sub’ektning ustav kapitaliga badallar sifatida va boshqa tashkilotlardan tekin­ga olinishi mumkin. o’z mablag’larining manbalariga asosiy vositalraning qayta tiklangan eskirish (amortizatsiyasi) summasi, 1992 yilgacha qurilgan va keltirilgan ob’ektlar bo’yicha indeksatsiyalashtirilgan amortiza­tsiyasi miqdorida hosil qilingan zaxira (rezerv), sub’ektning sof foydasi hisobidan yaratilgan jamg’armadan va boshqalardan iborat.
Ya’ni o’sha davrga mavjud bo’lgan asosiy vositalar qiymatininng oxirgi marta tiklanishigacha 1993 yil­dan amaliyotga kiritilgan yangi tartibga ko’ra bu man­balardan foydalanish buxgalteriya hisobida aks ettirilmaganligi sababli buxgalteriya shu manbalar summa­sining tashkil topishi, ulardan foydalanishning tur­lari bo’yicha ajratib ko’rsatilgan ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak. Aks holda pul mablag’laridan noto’g’ri yoki o’rinsiz foydalanish va natijada sub’ektni to’lov qobiliyatsizligiga olib kelishi mumkin. Undan tashqari, bu ma’lumotlar kapital qo’yilmalarni mo­liyalash mablag’lari va boshqa moliyaviy qo’yilmalarning harakati to’g’risidagi hisobot ma’lumotlarini to’ldirish uchun ham kerak bo’ladi.
Ushbu salbiy ko’rinishlar yangi tiklanish (indeksatsiya) tartibi qabul qilinish natijasida (26 dekabr 2000 yildagi Vazirlar Mahkamasining 500-qarori) tugatildi.
Schyotdan jalb qilingan mablag’larning manbalari esa bank kreditlari, har xil yuridik va jismoniy shaxslardan olingan qarzlardan iborat bo’ladi.
0100-schyotlarning debetida sub’ektning mulki hisoblangan va lizing ijarasiga olgan asosiy vosita­larining har oyning boshiga bo’lgan qoldig’i dastlabki qiymatda aks ettirilib, uning debetida tegishli schyotlar bilan korrespiondentsiyalangan holda hisobot oyida sodir bo’lgan quyidagi xo’jalik muomalalari aks ettiriladi:

  • 0810-schyotining krediti bilan – hisobot oyidagi kapi­tal qo’yilmalar natijasida foydalanishga topshiri­lgan ob’ektlarning dastlabki qiymati;


  • 4610-schyotining krediti bilan – ta’sischilar tomonidan sub’ektning ustav kapitaliga o’z badallari sifatida kelishilgan qiymatda topshirgan asosiy vositalarning qiymati;


  • 8523-schyot­ining krediti bilan – tekinga olingan asosiy vositalarning ekspert tomonidan belgilangan qiymati;


  • 0820-schyotining kredit bilan – xususiylashtirilgan sub’ekt asosiy vositalarni kim oshdi savdosida so­tib olib, kirimga olinishi;


  • 8531-schyotining krediti bilan- ishlab chiqarish va noishlab chiqarishdagi asosiy vositalarning balans qiymatining oshirilishi qayta baholanganda;


  • 0210-schyotning krediti bilan – joriy ijara bo’yicha ijarachi tomonidan qaytarilgan asosiy vositalarga, ijarachining kapital qo’yilmalariga shu asosiy vo­sitalar qiymatining oshirilishi va hokazolar;


  • 0110-0190-schyotning krediti bilan asosiy vositalarning ichki harakati yoki joriy ijaradagi berilishi;


  • 0310-schyotning krediti bilan – ijarachi sotib olganda;


  • 0840-schyotning krediti bilan asosiy poda tashkil qilinganda;


  • 0810-schyotining krediti bilan – vaqtinchalik foydalanish uchun qurilgan ob’ektlarni foydalanishga topshirishda.





Yüklə 147,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə