Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning namunaviy shakli



Yüklə 22,17 Kb.
səhifə1/2
tarix07.10.2023
ölçüsü22,17 Kb.
#126157
  1   2
Mehnat shartnomasi


Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning namunaviy shakli
-SON MEHNAT SHARTNOMASI (KONTRAKT)


Oltinsoy tumani 21.09.2023 yil

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022-yil 9-yanvardagi 01-10/09-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi to‘g‘risidagi namunaviy nizom asosida faoliyat yurutuvchi Yoshlar ishlari agentligi Oltinsoy tumani bo‘limi nomidan bo‘lim boshlig‘i Mengnorov Xusan Toshpo‘latovich keyingi o‘rinlarda “Ish beruvchi ” deb ataladi va fuqaro Ruziyev Boysoat Mamayusuf o‘g‘li keyingi o‘rinlarda “Xodim” deb ataladi, mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:
1. Xodim Ruziyev Boysoat Mamayusuf o‘g‘li Oltinsoy tumani “Shoxcha’’ mahallasidagi yoshlar yetakchisi lavozimiga 4- razryad bilan ishga qabul qilinadi.
2. Shartnoma asosiy ish bo‘yicha hisoblanadi.
3. Shartnoma nomuayyan muddatga tuziladi
4. Shartnoma bo‘yicha ishlash:
boshlanishi -21.09.2023-yil;
tamom bo‘lishi- nomuayyan muddat.
5. Sinov muddati 3 oy.
6. Xodimning huquqlari:
a) munosib mehnat sharoitlarida, shu jumladan, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlariga mehnat qilish ishlash;
b) mazkur sharnoma nazarda tutilgan miqdorda va muddatda ish haqi va mehnat qonunchiligida belgilangan boshqa to‘lovlarni olish;
c) yillik asosiy ta’til, mehnat qonunchiligida belgilangan qo‘shimcha ta’tillar, ijodiy ta’tillar va ish haqi saqlanmagan holda ta’tillar olish, ta’tillarning muddatini uzaytirish, boshqa muddatga ko‘chirish va qismlarga bo‘lishga;
d) mehnat vazifalardan tashqari qo‘shimcha vazifalar va ish vaqtidan tashqari ishlaganlik uchun mehnat qonunchiligida belgilangan miqdorda haq olishga;
e) ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash.
7. Xodimning majburiyatlari:
a) mehnat tog‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya qilish;
b) Agentlik Nizomi, lavozim yo‘riqnomasi va boshqa ichki idoraviy hujjatlar qoidalariga rioya qilish;
c) ish beruvchining qonnuniy topshiriqlarini bajarish;
d) ish tartibi, ichki mehnat nizomi, xizmat vazifasi qoidalari, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga amal qilish;
e) YATMM, MM bilan nazarda tutilgan malaka majburiyatlariga rioya qilish;
f) jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;
g) xizmat safariga chiqish;
h) ijro intizomiga rioya qilish;
i) o‘z vazifa va funksiyalarini amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni, xususan poraxo‘rlik, mansab vakolatini suistem’ol qilmaslik, o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan xarakatni o‘zga (uchinchi) shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lish harakatlarini hamda o‘zining yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab boshqa qonunga xilof harakatlarni sodir etmaslik;
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga ko‘ndirish maqsadida biror-bir shaxs o‘ziga murojaat etilganligi doir barcha hollar to‘g‘risida, shuningdek Agentlikning boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga o‘xshash huquqbuzarliklarning o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan har qanday holatlari haqida ish beruvchini yoxud Agentlikning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasini (yoki mas’ul xodimini) xabardor etish; mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish jarayonida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish, manfaatlash to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, xodim ish beruvchini yoki o‘zini bevosita rahbarini darhol xabardor qilish.
Xodimning lavozim yo‘riqnomasiga asosan Ish beruvchi tomonidan Xodimning zimmasiga boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
8. Xodim tomonidan O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va siyosatga amal qilmaslik, shuningdek korrupsiyaga oid huquqbuzarliklari sodir etganda yoki uni namoyon qilganda qonunchilikka va Agentlikning ichki hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda intizomiy, fuqaroviy-huquqiy va (yoki) jinoiy javobgarlikka tortilishi hamda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi o‘rnatilgan tartibda bekor qilishiga sabab bo’ladi.
9. Ish beruvchining huquqlari:
a) xodimdan mehnat shartnomasida, xodim egallagan lavozim yo‘riqnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni lozim darajada bajarishni talab qilish;
b) xodimdan amaldagi mehnat qonunchiligiga, korxonaning lokal hujjatlariga, ichki mehnat tartibi qoidalariga, mehnatni muhofaza qilish xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilishni talab qilish;
c) Ish beruvchi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlarga ega.
10. Ish beruvchining majburiyatlari:
a) xodimning mehnatini tashkil etish, xodimni mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari, lavozim yo‘riqnomalari, jamoa shartnomasi va boshqa normativ va mahalliy hujjatlar bilan tanishtirish;
b) mehnat intizomini ta‘minlash;
c) ish haqini o‘z vaqtida to‘lash;
d) xavfsiz va samarali mehnat uchun shart-sharoitlar yaratish, xodimni o‘qitish, unga mehnatning xavfsiz shart- sharoiti to‘g‘risida yo‘l – yo‘riq berish;
e) ish joyini mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq jihozlash;
f) qonun hujjatlariga va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilish;
g) mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya qilish;
h) jamoa shartnoma shartlariga rioya qilish;
i) Xodim korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etilishi mumkin bo‘lgan holatlar haqida ish beruvchini xabardor qilganda unga nisbatan intizomiy va boshqa jazo turlari qo’llamaslik;
j) Xodim korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida tasdiqlangan (asosli) ma’lumotlarni ish beruvchiga taqdim etganda xodimni belgilangan tartibda rag‘batlantirish.
k) Ish beruvchi tomonidan qabul qilingan boshqa majburiyatlar;
11. Ish kuni rejimi to'liq ish kuni, toliq ish haftasidan iborat.
Ish kuni haftasiga 5 (besh) kun, ish vaqti haftasiga 40(qirq) soat qilib belgilandi.
Ish vaqti kunduzi 09:00 da boshlanib, kechki 18:00 da tamom bo‘ladi.
12. Xodimga quyidagicha haq to’lash belgilanadi
a) Tarif darajasi (lavozim maoshi) amaldagi shtatlar jadvaliga asosan to‘lanadi;
b) Jamoa shartnomai shartlari bilan nazarda tutilgan, shuningdek, berilgan (mavjud) huquqlar va mablag‘lar doirasida rahbar tomonidan belgilanadigan qo‘shimcha haq, ustama, mukofot, taqdirlashlar va rag‘batlantiruvchi turdagi boshqa to‘lovlar.
c) Amaldagi qonunchilik va me‘yoriy hujjatlar (aktlar)ga muvofiq mehnatga haq to‘lash tegishli buyruqga asosan belgilanadi.
d) Agentlik xodimlarining jamoa shartnomasi shartlarida ko‘rsatilgan qo‘shimcha haq, ustama, mukofot va rag‘batlantiruvchi to‘lovlar direktor tomonidan tashkilotning ichki imoniyatlari doirasida o‘rnatilgan tartibda to‘lanishi kafolatlanadi.
13. Xodimga:asosiy ta’til (mehnat ta’til) 21 (yigirma bir) kalendar kun;
a) qo‘shimcha ta’til 6 (olti) kalendar kundan iborat bo‘lgan haq to‘lanadigan yillik ta’til belgilanadi.
13. Mehnat shroitining maxsus jihatlari, to‘lovlar, ijtimoiy himoya, imtiyozlar, kafolatlar va hokazolar bilan bog‘liq mehnat shartnomasining boshqa shartlari.

Yüklə 22,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə