4-Mavzu: Bozor iqtisodiyotining mazmuni va unga o’tish yo’llari



Yüklə 66,91 Kb.
səhifə2/3
tarix20.06.2023
ölçüsü66,91 Kb.
#118197
1   2   3
3 mavzu Bozor iqtisodiyotining mazmuni va unga o\'tish yo\'llari

Bozor sub’yektibozorning, ayirboshlash munosabatlari qatnashchilaridir.
Bozor infratuzilmasi – ayirboshlash munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasaviy tuzilmalar.
Bozor – ishlab chiqaruvchilar va istemolchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o’rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo’ladigan munosabatlar yig’indisidir. Bozor iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bozor iqtisodiyoti turli mulk shakllaridagi sub’yektlarning o’zaro iqtisodiy munosabatidir va ular iqtisodiy erkin foaliyat yuritadilar.
Bozor iqtisodiyotining ustunliklari quyidagilardan iborat:
1. Kishilarda mulkka munosabatini yaxshilaydi.
2 Kishilarda mehnatga munosabatini yaxshilaydi.
3. Mahsulot sifati yaxshilanadi.
4. Iqtisodiy resurslar tejab-tergab, unumli foydalanishga olib keladi.
5. Kishilarning qobiliyatini, mahoratini namoyon etishiga imkon beradi.
6. Ishlab chiqarish istemochilarning manfaatlariga xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarish har tomonlama iqtisodiy qonun-qoidalar asosida tartibga solib turiladi. Resurslar, mahsulotlar va daromadlar doiraviy aylanishi iqtisodiyotning qiymat qonuni, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning yuksalib borish qonuni, talab va taklif qonuni kabi qonunlar bilan boshqariladi.
Ishlab chiqarishga yangiliklar, fan texnika yutuqlari, mahoratli kadrlarni jalb etishga xarajat qilinadi va foydani cheklanmagan holda olishga imkon beradi.
Bozor- ishlab-chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo’ladigan munosabatlar yig’indisidir. Xalq iste’moli tovarlari va xizmatlar bozori, ishlab chiqish vositalari va resurslar bozori, mehnat bozori , moliya bozori,intellektual tovarlar bozori, axborotlar bozori kabi bozor turlari mavjud.
Bozorning sub’yekti bo’yicha turlari:

  1. Erkin bozor

  2. Oligapolistik bozor

  3. Monopollashgan bozor

  4. Monopol raqobatli bozor






1-topshiriq. Amaliy mashg‘ulot darsida muhokama uchun savollar.

  1. Bozor iqtisodiyoti nima?

  2. Bozorli munosabatlarning ob’yektlari va sub’yektlari nimalardan iborat?

  3. Bozor iqtisodiyotining qanday afzalliklari mavjud?

  4. Bozor iqtisodiyotining qanday ziddiyatliklari mavjud?

  5. Bozorning qanday turlari mavjud?

  6. Klassik va hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining umumiy tomonlarini va farqlarini tushuntirib bering.

  7. O’zbekiston nega bozor iqtisodiyotini tanladi?

  8. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning 5 tamoyili to’g’risida nimalarni bilasiz?



Yüklə 66,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə