4-mavzu. Elastiklik



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə1/12
tarix17.01.2022
ölçüsü1,03 Mb.
#82935
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
4-мавзу Elastiklik


4-mavzu. Elastiklik

РЕЖА:

1

    • Talabning narx bo‘yicha elastikligi va taklifning narx bo‘yicha elastikligi ta’rifi


2
    • Talabning narx bo‘yicha elastikligi va taklifning narx bo‘yicha elastikligini hisoblash

3
    • Talabning narx bo‘yicha elastikligi va taklifning narx bo‘yicha elastikligi aniqlovchilari

4

5
    • Talabning narx bo‘yicha elastikligi va taklifning narx bo‘yicha elastikligi ning ahamiyati

6
    • Narx mazmuni, vazifalari va turlari

7

1. Talabning narx bo‘yicha elastikligi va taklifning narx bo‘yicha elastikligi ta’rifi

Elastiklik


    • - bir o‘zgaruvchining boshqa bir o‘zgaruvchi ta’siri ostida o‘zgarishini o‘lchaydigan o‘lchov; aniqroq qilib aytganda, biror o‘zgaruvchining bir foizga o‘zgarishini natijasida boshqa bir o‘zgaruvchining ma’lum foiz miqdorga o‘zgarishini ko‘rsatadigan sondir.

Talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda narxning bir foizga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich talabning narx bo‘yicha elastikligi ko‘rsatkichi deyiladi.

Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib talabning elastikligi deb ataladi.



Taklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda, narxning bir foizga o‘zgarishi taklifning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich taklifning narx bo‘yicha elastikligi ko‘rsatkichi deyiladi.

Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib taklifning elastikligi deb ham ataladi.



Talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda narxning bir foizga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich talabning narx bo‘yicha elastikligi ko‘rsatkichi deyiladi.

Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib talabning elastikligi deb ataladi.



Taklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda, narxning bir foizga o‘zgarishi taklifning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich taklifning narx bo‘yicha elastikligi ko‘rsatkichi deyiladi.

Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib taklifning elastikligi deb ham ataladi.

2.Talabning narx bo‘yicha elastikligi va taklifning narx bo‘yicha elastikligini hisoblash

Talabning narx bo‘yicha elastikligi tovarning muayyan narx darajasi uchun alohida hisoblanadi. Masalan, bozorda 1 kg mol go‘shtining narxi 50000 so‘mdan 60000 so‘mga oshganda bozor talabi miqdori 10 tonnadan 6 tonnaga qadar ortgan. Bunday holda talab elastikligi:

ga teng

Talabning narx bilan bog‘liq elastik darajasi har doim manfiy chiqadi. Chunki, narx bilan talab miqdori o‘rtasida qarama qarshi bog‘liqlik mavjud. Ya’ni, narx oshsa talab miqdori kamayadi va aksincha. SHuning uchun talab elastikligi koeffitsienti modul ostida olinib, musbat ko‘rsatkichga olinib tahlil etiladi. Ya’ni,

Demak, mol go‘shti narxining 1 foizga oshishi unga bo‘lgan talab miqdorining 2 foizga pasayishiga olib kelgan.

 

Yuqoridagi formulalarni yanada takomillashtirgan holda, talabning narxga ko‘ra elastiklik koeffitsientini hisoblash quyidagi formulasini ishlab chiqamiz.



 

Taklifning narx bo‘yicha elastikligi () darajasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

 

,

Bu yerda:: – taklif miqdorining foizli o‘zgarishi;



– narxlarning foizli o‘zgarishi.

SHu formula asosida taklifning narxga ko‘ra nuqtaviy elastiklik koeffitsientini hisoblash formulasi quyidagicha aniqlanadi:

 

Shartli misol. Masalan, bozorda 1 kg mol go‘shtining narxi 50000 so‘mdan 60000 so‘mga oshganda taklif miqdori miqdori 10 tonnadan 16 tonnaga qadar ortgan. Bunday holda taklif elastikligi:



 

Demak, mol go‘shti narxining 1 foizga oshishi, uning taklifini 3 foizga oshishiga olib kelgan. Taklifning narx bilan bog‘liq elastik darajasi har doim musbat chiqadi. Chunki, narx bilan taklif miqdori o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud. Ya’ni, narx oshsa taklif miqdori ham ortadi va aksincha. Taklif etilayotgan mahsulot narxining oshishi mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi foyda miqdorini yanda oshiradi. Bu esa ishlab chiqaruvchilarni ko‘proq foyda olish maqsadida oldingiga qaraganda ham ko‘proq miqdorda mahsulot ishlab chiqarishga undaydi.



Talab elastikligini belgilab beruvchi bir qator omillar mavjud. Ularning asosiylari quyidagilar:
    • Odatda muayyan turdagi ehtiyojni bir qator tovarlar bilan qondirish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Masalan, qishda sovuqdan saqlanish uchun palto bilan bir qatorda kurtka, plashch va boshqa issiq kiyimlardan foydalanish mumkin. Yoki biror joyga sayohatga borish uchun samolyot bilan bir qatorda tezyurar poezd, avtomobildan foydalanish mumkin. Bu o‘rinda kurtka, plashch va boshqa issiq kiyimlar paltoning, tezyurar poezd, avtomobil samolyotning o‘rinbosar tovarlari hisoblanadi. Agar biror tovarning boshqa o‘rinbosar tovarlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, unga bo‘lgan talab shunchalik ko‘p elastik bo‘ladi. Jumladan, sof raqobatli bozorda taklif qilinadigan tovarlarning o‘rinbosar tovarlari juda ko‘p bo‘lib, shu sababli har bir alohida sotuvchi mahsulotlariga talab butunlay elastik hisoblanadi.


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə