4 –mavzu Falsafiy tafakkur tarakkiyot bosqichlari: G’arb falsafasi



Yüklə 97,7 Kb.
səhifə17/21
tarix28.11.2023
ölçüsü97,7 Kb.
#135661
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
4...-G’arb falsafasi (1)

Karl Popper (1902-1994). Eng muhim asarlari: «Ilmiy tadqiqot mantiqi» (1935), «Ochiq jamiyat va uning dushmanlari» (1945), «Tarixiylikning qashshoqligi» (1963), «Obyektiv bilim. Evolyusion yondashuv» (1972), «Realizm va fan maqsadi» (1983).
Popper falsafaning bosh maqsadi ilmiy bilimning o’sishini, ayniqsa – ilmiy kosmologiyani o’rganishdan iborat deb bilgan. Ilmiy kosmologiya dunyoni, shu jumladan insonni (va uning bilimini) bu dunyoning qismlari sifatida bilishni nazarda tutadi. Popper fikriga ko’ra, falsafaning alohida metodi mavjud emas – masalalar aniq qo’yiluvchi va taklif etilgan yechimlar tanqidiy tahlil qilinuvchi har qanday oqilona munozara metodi mavjud. U verifikasiya tamoyiliga zid o’laroq falsifikasiya metodini (har qanday fikrni rad etish mumkinligi prinsipini) taklif qildi, bilimni tashkil etish nazariy va empirik darajalarining uyg’un birligini, shuningdek gipotetik xususiyati va xato qilishi mumkinligini (har qanday fanning fallibilizmi prinsipini) qayd etdi. Falsifikasiya tamoyilipi fan uchun muayyan ahamiyatga egadir. Salbiy tekshirish u yoki bu qoidaning haqiqiyligini isbotlamasa, uni uzil-kesil rad etadi. Biroq falsifikasiya prinsipi faqat rad etishga qarab mo’ljal oladi: u bilimlarni o’stirish jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini bermaydi, agar u yoki bu nazariyani rad etuvchi ma’lumotlar topilsa, bu nazariyadan butunlay voz kechiladi.
Nazariyalar o’rtasida vorisiylik mavjud bo’lib, u Nils Borning muvofiqlik tamoyilida o’z ifodasini topgan.
Ilmiy bilimni noilmiy bilimdan, fanni metafizikadan ajratishni (yoki demarkasiya muammosini) Popper muhimlik mezonlarini yaratish mo’ljallariga qarshi o’laroq muhim ahamiyatga ega deb belgiladi.
Ilmiy bilimning o’sishini Popper ijtimoiy o’zgarishlar umumiy jarayonlarining ayrim hodisasi sifatida talqin qiladi (va ularning doirasida muammolar va ularni yechishga alohida e’tibor qaratilishi lozim deb hisoblaydi). Ilmiy bilish tarixi – bu dadil farazlar va ularni permanent rad etishlar tarixidir. Popper ta’biri bilan aytganda, «fan» degan odam «taraqqiyot» deydi va aksincha (Vena to’garagi vakillaridan farqli o’laroq, Popper normal fanga rivojlanuvchi fan sifatida yondashadi va uning o’sishini qadrsizlantiruvchi metodologiyani tuzishga harakat qiladi). Birdan-bir ilmiy bilimga erishish, shuningdek haqiqatning tagiga yetishga yaqinlashish, Popper nuqtai nazaridan, faqat xatolar va yanglishishlar eliminasiyasi mahsuli sifatida amalga oshishishi mumkin: fan yaxlitligining asosi sifatida oldindan belgilangan ideal va ilmiy tilning haqiqiyligi emas, balki borliqning birligi amal qiladi. Fanlar bu borliqni anglash jarayonida o’sib boruvchi tarzda bir-biriga yaqinlashadi. Oqilonalashuv darajasi, Popper fikriga ko’ra, ilmiy inqiloblarning intensivligi bilan belgilanadi.
Popper ta’limoti kontekstida falsafa va fanning o’zaro nisbati yo’lidagi eng katta to’siq - falsafiy bilimning o’ziga xosligi. Popper tusmoliga ko’ra falsafa va fanni aniq ajratish naturfalsafaning spekulyativ tamoyillari va fan farazlarini farqlash uchun zarurdir.
Bu kontekstda Popper fan va falsafani emas, balki dogmatik va evristik bilimni ajratishni ma’qul ko’rgan.

Yüklə 97,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə