4-Mavzu: Jismoniy madaniyatning jamiyatdagi vazifalari va shakllari. Jismoniy madaniyat tizimining qonun qoidalari. Reja



Yüklə 47,85 Kb.
səhifə1/8
tarix17.09.2023
ölçüsü47,85 Kb.
#122194
  1   2   3   4   5   6   7   8
4-Mavzu Jismoniy madaniyatning jamiyatdagi vazifalari va shakll-fayllar.org


4-Mavzu: Jismoniy madaniyatning jamiyatdagi vazifalari va shakllari. Jismoniy madaniyat tizimining qonun qoidalari. Reja

4-Mavzu: Jismoniy madaniyatning jamiyatdagi vazifalari va shakllari. Jismoniy madaniyat tizimining qonun qoidalari.
Reja
1.Jismoniy tarbiyaning tarixiy xususiyatlari.

2. Jismoniy tarbiyaning yuzaga kelishi va rivojlanishi sabablari.


3.Jismoniy madaniyat tizimi ma`lum ijtimoiy tashkilot sifatida.
4.Jismoniy madaniyat nazariyasi va amaliyoti uchun davlat direkktiv hujjatlarining ahamiyati;
5.Jismoniy madaniyat tizimining maqsad va vazifalari (sog’lomlashtirish, ta`limiy, tarbiyaviy masalalari).
6.Jismoniy madaniyat tizimining qonun-qoidalari: sog’lomlashtirishga yo’naltirilganligi; shaxsning har tomonlama rivojlantirish, jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog’liqligi printsipi.
7.Jismoniy tarbiyadagi yo’nalishlari: sport mashg’ulotlari va umumiy jismoniy tayyorgarlikning etakchi vazifalari.


Tayanch so’zlar: davr, emperik, pedagoglar, o`rta asr, intensiv, rivojlanish, progressiv, jismoniy mashqlar, mehnat, arxeologiya, qazilmalar, Go’r o’g’li, Alpomish, mudofa, maxsus bilimlar, xayotiy, zaruriy, malaka, harakat, kunikmalar.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining rivojlanishi bir necha davrlarni o`z ichiga oladi.

Birinchi davr – bashariyat taraqqiyotining ilk davridagi harakat-faoliyatini organizmga ta’siri haqida eng dastlabki (emperik) bilimlar (Ponamarev N.I. 1975), ularning to`pla-nishi, «mashqlanganlik»ning foydasini sezib, ma’nosiga yetish va to`plangan tajribani avloddan-avlodga o’zatish usullarini anglashga imkoniyat yaratilgan «jismoniy mashqlar» ni va «jismoniy tarbiya»ni paydo bo`lishi uchun shart-sharoit yaratilishiga omillarni yo’zaga kelgan davri.
Ikkinchi davr – jismoniy tarbiya jarayonida qo`llanila boshlangan birinchi usuliyatlarning yaratilishi – qadimgi Yunonistonda quldorlik davlati davri va O`rta asrni o`z ichiga oladi (G.D.Harabuga, 1974). Jismoniy tarbiyadagi bu usuliyatlar, tajribalar orqali yo’zaga kelgan bo`lib, filosoflar, pedagoglar, vrachlar odam organizmi faoliyati qonuniyatlari bilan unchalik tanish emasligi, o`rganib ulgurmaganliklari orqali jismoniy mashqlar ta’sirining mexanizmini aytarli tushuntira olmas edilar. Shunga ko`ra bu davr jismoniy mashqlar bilan shug`ullanishning foydasini tashqi ko`rinishlarga qarab baholangan davr deb qaralgan. Bu davrda Yunonistonning jismoniy tarbiya usuliyati aytarli darajada keng tarqalgan bo`lib, u mavjud vositalar va usuliyatlarni kuch, chidamlilik va boshqa harakat sifatlarini rivojlantirish uchun ularni yagona tizimiga birlashtirgan davr deb qaralgan.
O`rta asrning o`rtalarida jismoniy tarbiya usuliyatlarining xillari ortdi. Gimnastika, suzish, o`yinlar, kamon otish, otda chopish, qilichbozlik bo`yicha dastlabki qo`llanmalar paydo bo`ldi. Ajdodlarimiz Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylarning tan tarbiyasiga oid ilmiy dunyoqarashlari vujudga keldi (Usmonxo`jaev T.N. 1995).

Yüklə 47,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə