4-Mavzu. Klassik iqtisodiy maktabga muxolif g'oyalarning vujudga kelishi. (2-soat). Reja



Yüklə 27,03 Kb.
səhifə4/4
tarix06.05.2023
ölçüsü27,03 Kb.
#108836
1   2   3   4
Maruza 5

Ikkinchidan, xo'jalik hayotini tahlil qilish jaranida iqtisodiy ko'rsatkich va manbalarni asosiy deb hisoblamasdan, balki mehribonlik, ahloq, ijtimoiy adolat, etika va boshqa
kategoriyalarni, shuningdek inson hayotining eng oliy ne'mati tenglik va tinchlikni asosiy deb hisoblash.
Uchinchidan, ko'p yillar davomida yaratilgan ilmiy asarlarda iqtisodiy hodisalarga nemis faylasufi Gegel dialektikasi asosiy uslub qilib olinib, unga alohida e'tibor berildi. P.Prudon o'zining mayda ishlab chiqarish manfaatlaridan kelib chiqqan islohotchilik konsepsiyasini maydonga tashlar ekan, juda ko'p masalalar xususidagi fikrlarni bayon etadi. mehnat taqsimoti, tovarning xususiyati, ish haqi, mulkchilik, daromad va takror ishlab chiqarish kabilarni ilmiy izohlashga harakat qiladi. P.Prudon o'zining eng muhim asarlaridan biri - «Iqtisodiy ziddiyatlar tizimi....» da avvalgi mehnat taqsimotini tahlil qiladi. Mehnat taqsimoti bir tomondan boylikning ko'payishiga imkon bersa, ikkinchi tomondan qashshoqlikka, kambag'allikka olib boradi. P.Prudonning mulohazalariga qaraganda, mehnat taqsimotining naf keltiradigan xususiyatlarini saqlab qolish va zararli xususiyatlarini tugatish kerak. Metodologiya jihatidan bu o'rinda ijtimoiy jarayonlar dialektikasining ilmiy tahlilida tarixdan tashqari yondashuv sezilib turadi.
U ish haqining harakati qonuniyatlarini ham oddiy va g'ayriilmiy pozisiyalardan turib bayon etadi. Prudon ishchilarning ish haqini oshirish uchun kurashiga qarshi chiqadi, chunki bu narsa narx-navoning yoppasiga ko'tarilishiga yoki muhtojlikning kuchayishiga olib borar emish.
P.Prudon <<belgilangan qiymat» nazariyasini o'zining butun iqtisodiy negizi deb hisobladi. Bunda klassik maktabdan o'zib ketish pinhona istagigina emas, shu bilan birga ijtimoiy o'zgartirishlarning yo'llarini belgilash istagi ham namoyon bo'ldi. Tovar ishlab chiqarishini Prudon insoniy ozodlikning va har bir kishi shaxsiy mustaqilligining cho'qqisi deb biladi, mayda burjua nazariyotchisi bo'lgan Prudon bozor mexanizmining ba'zi bir salbiy jihatlarini: mollarning qalashib ketishini, nomunosiblikni, xonavayron bo'lish va shu kabilarni tan oladi. Prudon asosiy iqtisodiy ziddiyatlarni «qiymat»ning ichki ziddiyatlaridan: iste'mol va ayirboshlash qiymati g'oyalaridan iborat deb biladi. «Belgilangan yoki sun'iy» qiymat murosaga keltiruvchi timsol bo'lib ko'rinadi. Bunday qiymat ayirboshlashda vujudga keladi. U tovarning ijtimoiy boylik tarkibiga bemalol kirib borishini bildiradi.
Islohotchilik konsepsiyalarida P.Prudon.Xalq bankiga katta umid bog'laydi. Uning banki sosialist-rikardochilar taklif qilgan banklardan 3 xil o'ziga xoslik bilan farq qilar edi: Birinchidan, undagi metall pullar dastlabki bonlar chiqarilishi sababli, pulga va tijorat voqealariga almashtirish yo'li bilan sekin-asta muomaladan chiqarilar edi. Ikkinchidan, foizni birdaniga yo'q qilmasdan, balki yuqori qayd qilingan bosqichni amalga oshirishni 2%dan eng kam daraja-0,25% tushirish haqda sotilmagan tovarlarga oldindan ssuda berilishi.
Uchinchidan Xalq banki kapitalni o'ziga jalb qilmay yuzaga kelmasdan, balki aksincha kapital bilan yuzaga keladi.
1842 yilda K.Rodbertus «Davlat-xo'jalik tizimimizni bilish yo'lida» deb nomlangan kitobini nashrdan chiqardi. Uning asarlari «sosial xatlar» shaklida yozilgan. U aynan shu kitobida qo'shimcha qiymat nazariyasini ko'rsatib o'tdi. U o'z fikrlarini yakunlab, shunday deb yozadi: «Agar ishlab chiqarish qanchalik yuqori bo'Isa, ishchining yashashi uchun zarur vositalardan tashqari ko'pgina iste'mol buyumlarini yaratishi mumkindir. Bu chegirtma erga xususiy mulkchilik va kapital mavjud sharoitda renta holiga aylanadi va kishilar tomonidan mehnatsiz o'zlashtiriladi. Boshqacha qilib aytganda, renta olishning asosiy usuli erga xususiy mulkchilik va kapitaldir» (K.Rodbertus «К poznaniyu nashego gosudarstvenno-xozyaystvennogo stroya. Pyat teorem». M.,1935, str. 115). K.Rodbertusning nazariyasi va qisqacha xulosalarlariga yuqori baho berish mumkin, chunki u A.Smit va D.Rikardo iqtisodiy ta'limotlar bilan yaqindan tanish va bu ta'limotlarni chuqur ilmiy tahlil qilgan edi.
Shuningdek, olim o'z xatlarining birida qo'shimcha qiymat va uning vujudga kelishini Marksdan oldinroq ko'rsatganligini va aniq qilib tushuntirganligini yozadi. Bu bilan u o'zining qo'shimcha qiymat nazariyasidan Marks ijodiy foydalanganligini va hatto «o'g'irlab» o'ziniki qilganligini isbotlamoqchi bo'ladi. Shuni aytish zarurki, Marks ta'limotiga nisbatan aytilgan bu tanqidlar Marksning o'ziga ham ma'lum edi. Marksning vafotidan keyin nemis kateder-sosialistlari bu masalani yana qayta ko'tardilar.
Yüklə 27,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə