4-mavzu. Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari Reja


 Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilash yo‘nalishlari



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/24
tarix21.10.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#130202
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
4-мавзу

 


4.4. Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilash yo‘nalishlari 
 
Asosiy ishlab chiqarish fondlarning hajmi va ulardan foydalanish darajasi korxona ishlab 
chiqarish quvvatini belgilaydi. 
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati – bu vaqt birligida rejada o’rnatilgan nomnoma va 
turlarda, natural ifodada ishlab chiqarish jihozlari va maydonlardan to’la foydalanib, ilg’or 
texnologiyani qo’llashni, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni yaxshilashni, mahsulot 
sifatini yaxshilashni ko’zda tutgan holda mahsulot chiqarishning maksimal imkoniyatidir. 
Ishlab chiqarish quvvati, mehnat vositalariga solingan potentsial imkoniyatidan to’la 
foydalanish mumkin sharoitida, asosiy fondlarning ishlashini ifodalaydi. Qoidaga muvofiq, 
ishlab chiqarish quvvati berilgan mahsulotni rejalashtirgan birliklarda natural ifodada o’lchanadi 
(tonna, dona, metr).
Assortimenti ko’p mahsulotlar bo’lganda ishlab chiqarish quvvati shartli-natural birliklarda 
ifodalanishi mumkin. Agar korxona bir necha har xil mahsulotlar chiqarsa, ishlab chiqarish 
quvvati har biri bo’yicha alohida o’rnatiladi.
Korxona ishlab chiqarish quvvati yetakchi ishlab chiqarish Sexlari, uchastkalari yoki 
agregatlari quvvatlari bo’yicha aniqlanadi, ya’ni yetakchi ishlab chiqarish quvvati 
bo’yicha. Jihozlarning salmog’li qismi qaratilgan ommaviy mahsulotlar tayyorlash bo’yicha 
asosiy va eng ko’p jarayonlarni bajaradigan Sex, uchastka, agregat yetakchi hisoblanadi. 
Yetakchi ishlab chiqarishning ishlab chiqarish quvvatini quyidagi formulada hisoblash mumkin: 
K=Us*F
max
/M
t
 
Bu yerda, K -Sex, uchastka ishlab chiqarish quvvati, qabul qilingan o’lchov birligida; 
U
s
-Sexdagi yetakchi jihozlar soni; 
F
max
- yetakchi jihozning maksimal darajadagi ish vaqti fondi, soat; 
M
t
-etakchi jihozda mahsulotga ishlov berishning mehnatga talabchanliligining progressiv 
normasi.
Jihozlar tarkibini belgilayotganda, yil boshida o’rnatilgan, hamda reja yilda ishga 
tushirilishi kerak bo’lgan hamma jihozlar turlari bo’yicha hisobga olinadi. Ishalab chiqarish 
quvvatini tavsivlovchi bir necha tushuncha ishlatiladi:
Kiruvchi ishlab chiqarish quvvati – reja davrining boshida, korxona ixtiyorida bo’lgan, 
ishlab chiqarish imkoniyatlarini ko’rsatuvchi yil boshidagi quvvat; 
CHiquvchi ishlab chiqarish quvvati – kiruvchi va kiritiluvchi quvvatlar yig’indisidan 
chiqarishi ko’tilayotgan quvvatni ayirish bilan aniqlanadigan yil oxiridagi quvvat; 
Loyihali ishlab chiqarish quvvati - korxona qurilishi, qayta ta’mirlab qurishi va 
kengaytirilishi loyihasi bilan ko’zda to’tilgan quvvat. 
Mavjud quvvatlarning ishlab chiqarish dasturiga muvofiq kelishini aniqlash uchun o’rtacha 
yillik ishlab chiqarish quvvati hisoblanadi, u yil boshidagi quvvatga yil davomida o’rtacha 
kiritiladigan quvvatni qo’shib, yil davomida o’rtacha chiqadiganini ayirish bilan topiladi. 
Formulada quyidagicha ifodalash mumkin: 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə