Tavakkalchilik va aniqmaslik sharoitida yechim qabul qilish



Yüklə 159,69 Kb.
səhifə1/6
tarix14.06.2023
ölçüsü159,69 Kb.
#117069
  1   2   3   4   5   6
Tavakkalchilik sharoitida qaror qabul qilishning tajribaviy berilganlaridan foydalanish

Tavakkalchilik va aniqmaslik sharoitida yechim qabul qilish


Ixtiyoriy jarayonni tadqiq etish davomida yechim (qaror) qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Bunda, yechim qabul qilish qanday vazi- yatda: ma’lumotlar to‘la yoki to‘la emas bo‘lishligi muhim bo‘lib, ular ikki qarama-qarshi holatlarni ifodalaydi. Bularning o‘rtasida bo‘lgan yana bir holat borki, u tavakkalchilik deb ataladi. Bunda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan holatlarning ehtimolligi, yoki ular- ning taqsimot funksiyalari berilgan bo‘lishi ham mumkin.
Masalan, bozorda biror mahsulotga bo‘lgan narx aniqlik sharoitida o‘zgarmasdan turadi, tavakkalchilik sharoitida esa u tasodifiy miqdor bo‘lib, o‘zgarish qonuni taqsimot funksiya orqa- li berilgan bo‘ladi, aniqmaslik sharoitida esa u tasodifiy miqdor bo‘lib, uning o‘zgarish qonuniyati yoki berilmagan, yoki umu- man aniqlab bo‘lmaydi. Lekin aniqmaslik sharoitida ma’lumot yo‘q degani, bu faqat tasodifiy miqdorning berilish qonuniy- atiga nisbatan aytilgan bo‘lib, uning qabul qiladigan qiymat-
lari (holatlar majmuasi, holatlar to‘plami) oldindan ma’lum bo‘ladi. Ma’lumotlarning berilish darajasiga qarab, berilgan ma- sala ham turlicha formallashtiriladi. Masalan, yuqoridagi mis- olda: aniq sharoitda, qabul qilingan yechimning sifatini ket- gan xarajat orqali (kriteriya) ifodalash mumkin, tavakkalchi- lik sharoitida esa narx tasodifiy miqdor bo‘lib, uni hisobga ol- gan holda kriteriya tuzish kerak bo‘ladi, aniqmaslik sharoitida esa, narx haqida ma’lumot mutlaqo noma’lum bo‘lib, yuqoridagi aniq kriteriyalarni, umuman, qo‘llab bo‘lmaydi. Bu mulohazalar ko‘rsatadiki, ma’lumotlarning aniqmasligi ortib borishi kriteriya tanlashni ham, yechim qabul qilish masalasini ham qiyinlashtirib, umuman, qat’iy ishonchli natijalarga olib kelmaydi. Shunday qilib, aniqlik sharoitida kriteriyani tuzish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi, ammo tavakkalchilik va aniqmaslik sharoitlarida esa turli kriteriyalar ishlatiladi. Ularning hech biri bekami-ko‘st, kamchiliksiz hisoblanmasdan, faqat turli ko‘rinishda bo‘lgan ta- lablarni qanoatlantirishi bilan cheklanadi.


Ko‘rilayotgan masala ikki ishtirokchili o‘yinga keltirilgan bo‘lib, ikkinchi ishtirokchi "ongsiz" raqib sifatida qabul qilinsa, bunday o‘yin tabiat bilan o‘yin deb ataladi. Bunday o‘yinning eng muhim tomoni: tabiat turli holatlarni keltirib chiqarish bilan, u bu holatlarning qaysi biri ro‘y berishidan manfaat- dor emas. Tabiat bilan o‘yin masalasidagi asosiy muammo maqsadga yo‘naltirilgan kriteriyani aniqlash va unga nisbatan op- timal yechimni topishdir. Agar ko‘rilayotgan masalada ikkinchi ishtirokchi ongli raqib, deb faraz qilinsa, mazkur holat ziddiyatli bo‘lib, u bilan o‘yinlar nazariyasi shug‘ullanadi.

Yüklə 159,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə