4-mavzu. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati. Reja



Yüklə 403,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix05.09.2023
ölçüsü403,26 Kb.
#121317
1   2   3   4   5
4-mavzu. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining

1.
 
O'ziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani 
bajarayotganda u yolg'iz emas, shu sinfda dars berayotgan turli fan o'qituvchilari bilan 
hamkorlikda va ularga suyangan holda o'kuvchilarda milliy dunyoqarash asoslarini 
shakllantiradi, axloqiy tarbiyasini rivojlantiradi. O'quvchilarni darsdan tashqari 
tadbirlarni tashkil etadi va sinf jamoasini mustahkamlaydi. 
2.
 
O'quvchilarning bilimga bo'lgan qiziqiish va qobilyatini o'stirish har bir o'quvchining 
indivudial-psixik xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbga yo'naltirish va hayotiy 
maqsadlarini shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda har bir 
o'kuvchining sog'ligini mustahkamlashga ham e'tibor beradi. 


3.
 
Sinf rahbarining diqqat markazida o'quvchilarning yuqori darsda o'zlashtirishini 
ta'minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir o'quvchining kundalik o'zlashtirishida 
voqif bo'lib turadi. Orqada qolayotganlarga o'z vaqtida, kechiktirmay yordam uyushtiradi. 
4
. Sinfdagi o'quvchilarning o'z-o'zini boshqarish ishlarini yo'naltiradi, ular ishtirokida sinf 
jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini ta'min etadi, maktab miqiyosida 
uyushtirilayochtan muhim tadbirlarda o'z sinfining faol qatnashishini ta'minlaydi. 
5.
Sinf o'quvchilarining ota-onalari, o'quv kuni uzaytirilgan guruhlarining tarbiyachilari, 
korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqaga o'rnatadi. 
6. 
Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan o'qituvchilari o'rtasida o'quvchilarga 
nisbatan yagona talablar o'rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila 
bilan maktab o'rtasidagi aloqani mustahkamlaydi.
 
7.
Sinf rahbari o'z sinfidagi turli hujjatlarini; sinf jurnali, o'quvchilarning kundaliklari, tabellar, 
shaxsiy ma'lumotlari, turli xil reja va hisobotlarni yuritadi. 
O'qituvchi-sinf rahbari, mehribon tarbiyachidir. Maktabning boshlang'ich sinflaridagi 
muhim xususiyatlardan biri-biriga qadrdon o'qituvchi rahbarligida 4 yil hamkor, hamdard 
bo'ladilar. 
Shu sababdan boshlang'ich sinf o'quvchilarning ota-onalar jamoasi bilan ham ishlash o'ziga 
xos xususiyatga ega: 
Birinchi farzandlarini maktabga kuzatadigan ota-onalarning ish shakl va uslublari ko'p 
tajribali ota-onalardan farq qiladi.Bular uchun «1-sinf o'quvchisi», «Yosh ota-onalarga esdalik» 
larni tavsiya etish talabga muvofiqdir. 
Bu ish shaklidan maqsad: 
Ota-onaning – o'quvchi ota-onasi nomiga sazovor bo'lish hissini uyg'otib, maktab oldidagi 
burchini anglatish.Ota-onaning pedagogik, tarbiyachilik faoliyatinn faollashtirish. Yosh ota-
onalar uchun esdalik. 
Har bir inson farzand ko'rish va uni voyaga etib borishini to'rt ko'zlab, kuzatayotganidan 
Allohga hamdu sanolar aytib, u buyuk ne'matni qadriga eta bilishi lozim. Bu ne'mat bolaning 
maktabga birinchi qadamidir. 
G'ulomiddin Akbarzoda «Ilm demak jon. Ilm demak madaniyat «dini odobiga sabib» 
demak, deb yozgan edi. Bas, shunday ekan ota-ona 1-sinf o'quvchisining ilm dargohidan ko'p 
bilim va tarbiyaga ega bo'lishi uchun nimalar qilishi kerak: 
1. O'qituvchi muqaddas siymo u sizning maslahatchingiz, uni ardoqlab obro'-e'tiboriga 
sadoqatli bo'lish. 
2. Sinf va maktab jamoasining ta'lim-tarbiya tadbirlariga faol qatnashib taklif va 
mulohazalaringizni aytish. 
3. Bolangizda nima yaxshi, nima yomon ekanligani uqtirib sharqona rasm-rusm, udum 
an'analarimizdan xabardor qilish o'qituvchiga ko'makdosh bo'lish. 


4. Bolangizning o'quv ishlariga yordam berib borish. Unga beriladigan topshiriqlarni 
bajarishda ularga yordamingizni berish. 
5.Bolangizda maktab, sinf, o'qituvchi va o'rtoqlarga nisbatan yaxshi fikr uyg'otish, chunki 
1-sinf o'quvchisining maktab sharoitiga moslashtirish ancha murakkab ruhiy holatdir. 
6. Farzandingizdan kundalik ish faoliyatidagi munosabatini kuzatib, so'rab borish. Bunday 
suhbatda yaxshi, juda yaxshi, marhamat, rahmat, baraka top kabi sehrli so'zlarni, nojo'ya harakat 
sodir bo'lgan bo'lsa, «chakki ish bo'libdi», «men kutmagan edim» kabilarni ishlatish. 
7. Ota-ona maktabning yaqin yordamchisi bo'lishi, ko'makdoshi o'z farzandining kamoli 
bilan yashashi kabilar. 

Yüklə 403,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə