4-mavzu. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati. Reja



Yüklə 403,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix05.09.2023
ölçüsü403,26 Kb.
#121317
1   2   3   4   5
4-mavzu. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining

Turli xil rejalar 
 
1.
Tarbiyaviy ish reja 
2.
Haftalik ish reja 
3.
Choraklik ish reja 
4.
Istiqbolli ish reja 
Sinf rahbari turli rejalar tuzib olishi mumkin: kelajakka mo'ljallangan, ya'ni istiqbolli 
(yillik, bir necha yillik) va muvaqqat (oylik, haftalik, kunlik). 
Xo'sh rejaning asosiy manbai nimalardan iborat bo'lishi kerak? 
Bosh manba – hukumatimizning farmon va qarorlari, prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 
qator risolalari hamda xalq ta'limi tiziminyng rasmiy yo'l-yo'riqlari, hujjatlari hisoblanadi. 
Rejaning yana bir muhim manbai – o'tgan o'quv yilidagi tarbiyaviy tadbirlarning yutuq va 
kamchiliklari tahlilidir. 
Reja quyidagi bir qator talablarga javob berishi kerak: 
1. Rejaga istiqlol g'oyalarini singdirish. 
2. Rejaning shakl va yo'nalishlari rang-barang hamda istiqbolli bo'lishi. 
3. Reja uzluksiz va izchil bo'lishi. 
4. Rejaning aniqligi. 


Ushbu talablarning qisqacha mazmuni bilan tanishib chiqamiz. Rejaga mustaqillik 
g'oyalarining singdirilishi. Barcha tarbiyaviy vazifalar maktab oldiga qo'yilgan asosiy maqsadni 
– o'quvchilarni har tomonlama, «Sog'lom avlod uchun» dasturi asosida ma'naviy va jismoniy 
barkamol qilib tarbiyalash, ularni hayotga, mustaqil davlat qurilishiga faol qatnashishga 
tayyorlash maqsadini amalga oshiradi. 
- Axloqiy va vatanparvarlik tarbiyalariga istiqlol ruhi tom ma'nosi bilan singib ketgan 
bo'lishi kerak. Ba'zan ayrim sinf rahbarlari ish faoliyatida ko'ngilochar o'yinlarni ko'proq 
o'tkazish an'anasi ko'zga tashlanadi. Rejalashtirishda shuni nazarda tutish kerakki, u o'yinmi, u 
ishmi biror maqsadga qaratilganligiga, uning tarbiyaviy ahamiyatiga e'tibor berish kerak bo'ladi. 
- Rejaning shakl va yo'nalishlari rang-barang hamda istiqbolli bo'lishi. Tarbiyaviy ishning 
xilma-xil shakl va uslublari bo'yicha ish olib borish tarbiyaviy ishlarni o'quvchilar uchun yanada 
rang-barang va qiziqarli tarzda olib borishga yordam beradi. Rejada o'quvchilar bilan faqat 
umumiy holda emas, balki shu bilan birgalikda bolalarning qiziqishlari va mayllarini hisobga 
olgan holda ham ish yuritishni nazarda tutish muhimdir. 
- Reja uzluksiz va izchil bo'lishi. Rejada belgilanadigan tarbiyaviy tadbirlar yagona 
tarbiyaviy jarayonning tadrijiy bo'laklaridan iborat bo'lmog'i kerak. Har bir tadbir o'zidan oldingi 
tadbirning davomi bo'lishi va erishilgan tarbiya natijalariga asoslanishi lozim. Bu uzluksizlik va 
izchillikni ta'minlaydi, erishilgan yutuqlar, qimmatli ko'nikmalarni yo'qolib ketishdan saqlaydi. 
Rejaning aniqligi. Rejaga bajarib bo'lmaydigan ishlarni kiritmaslik kerak. Ishni 
rejalashtirishda mahalliy sharoitlardan kelib chiqish lozim. Rejada hamma narsa: ish vaqti, joyi, 
mas'ullar aniq bo'lsin. 
Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar rejasi – bu majburiy pedagogik hujjatdir. Uni amalga 
oshirish uchun sinf rahbari shaxsan mas'uldir. «Sinf rahbari haqida Nizom»-da: «Sinf 
rahbarining ishi reja asosida olib borilishi lozim» deb belgilab qo'yilgan. 
Sinf rahbarining vazifalari: 

Yüklə 403,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə