Mavzu: organlar sistemasi onto-filogenezi



Yüklə 20,74 Kb.
tarix02.05.2023
ölçüsü20,74 Kb.
#107998
4 MUSTAQIL ISH




  • TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

  • TIBBIY BIOLOGIYA VA GENETIKA KAFEDRASI 126- A GURUH TALABASI

  • NORALIYEV ISMOILNING TIBBIY BIOLOGIYA FANDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI


MAVZU:ORGANLAR SISTEMASI ONTO-FILOGENEZI
Bizning dunyo go'zal va juda xilma-xil bo'ladi. hayot shakllari minglab uning go'zalligi, kuch, omon qolish uchun qobiliyatini va boshqa noyob xususiyatlari qoyil. Lekin, Organizmlar sistemasi - Yer yuzida mavjud boʻlgan va qirilib ketgan organizmlar sistemasi. Tirik orga-nizmlarning 2 mln.dan ortiq (baʼzi maʼlumotlarga koʻra, 2,5—3 mln.ga yaqin) turi mavjud. Zamonaviy sistematika turlar oʻrtasida qarindoshlik munosabatlarini namoyon qiladigan turdan va kenja turlardan boshlab eng yuksak taksonlar — sinflar, boʻlimlar (tiplar) va dunyolargacha boʻlgan darajada ishlab chiqiladigan filogenetik, yaʼni evolyusion sistemani tuzishga harakat qilmoqda. Ammo 19-asrdayoq ayrim olimlar barcha bir hujayralilar yoki hatto tuban organizmlar (sodda hayvonlar, suv oʻtlari, tuban zamburugʻlar)ni mustaqil dunyoga ajratishni, ayrim mikologlar esa zamburugʻlarga alohida dunyo sifatida qarashni taklif etishgan. Shunga qaramay, 20-asr oʻrtalarigacha organik olam faqat oʻsimliklar va hayvonlar dunyosiga ajratib kelindi. Faqat 20-asr oʻrtalarida elektron mikroskopiya va molekulyar biologiyaning rivojlanishi bilan yuksak taksonlar sistemasini butunlay yangidan qayta ishlab chiqish boshlandi.
Ontogenez (yunoncha: ontos — borliq va ...genez) — organizmning individual rivojlanishi, uning shakllana boshlashidan hayotning oxirigacha sodir boʻladigan ketma-ket oʻzgarishlar majmui. "Ontogenez" terminini nemis olimi E. Gekkel (1866) fanga kiritgan. Ontogenez urugʻlangan tuxum hujayra, yaʼni zigotadan boshlanadi. Jinssiz koʻpayadigan orga-nizmlarda yangi organizm ona hujay-raning boʻlinishidan (bir hujayralilarda), kurtaklanishdan yoki tugunak, ildizpoya va boshqa vegetativ organlardan (vegetativ koʻpayishda) vujudga keladi. Ontogenez organizmning xususiy rivojlanishi davomida roʻy beradigan barcha morfologik, fiziologik va funksional jarayonlarni qamrab oladigan, oʻzaro uzviy bogʻlangan miqdor va si-fat oʻzgarishlari orqali amalga oshadi. Ontogenez ketma-ket keladigan bosqichlar rivojlanish davrlaridan iborat. Jinsiy koʻpayadigan organizmlarda bu bos-qichlar murtak (embrional), murtakdan keyingi, yaʼni postembrional va ba-logʻatga yetish davrlarini oʻz ichiga oladi. Ontogenez davomida rivojlanayotgan organizmning alohida qismlari oʻsadi, ixtisoslashadi va oʻzaro muvofiklashadi. 18-asrda Ontogenezni tushuntirishda ikki konsepsiya kurash olib bordi. Ulardan biri preformizm Ontogenezni individual oʻsishdan iborat deb tushuntirsa, ikkinchisi — epigenez esa uni strukturasiz murtakdan boshlanadigan yangi hosilaning rivojlanish jarayoni si-fatida tushuntiradi. Zamonaviy tushunchalarga binoan, Ontogenez boshlanayotgan hujayrada irsiy axborot kodi holatida organizmning bundan keyingi rivojlanishi programmasi joylashgan. Ontogenez davomida bu programma yadro bilan sitoplazmaning oʻzaro taʼsiri jarayonida murtakning har bir hujayrasida, uning har xil hujayralari va hujayra komplekslari oʻrtasida amalga oshadi. Irsiy apparat maxsus oqsil molekulalarining sintezini kodlash orqali morfogenetik jarayonlarning umumiy yoʻnalishini belgilab beradi. Bu jarayonlarning amalga oshishi ozmi-koʻpmi (irsiy belgilangan reaksiya normasi chegarasida) tashqi muhit taʼsiri bilan bogʻliq.

Hozirgi tiriklikning eng yirik boʻlimlari viruslar va hujayrali organizmlar hisoblanadi. Hujayrali organizmlar prokariotlar va eukariotlarga aj-ratiladi. Prokariotlarga bakteriyalar va koʻk-yashil suvoʻtlar kiradi. Ularning yadro membranasi, mikronaychalari, aktinomiozin harakat sistemasi boʻlmaydi; genlari operon, RNKsi polistron holida tashkil topgan; ribosomalari juda mayda (70S) boʻladi. Prokariotlarning halqa shaklidagi yagona xromosomasi sitoplazmada erkin joylashgan; ularda translyasiya va transkripsiya birgalikda boradi. Peptidoglikanli hujayra devori, bakterial flagellinli xivchin va gazli vakuola prokariotlar uchun xos. Eukariotlarga sodda hayvonlar, suvoʻtlar (koʻk-yashil suvoʻtlardan tashqari), zamburugʻlar, koʻp hujayrali oʻsimliklar va hayvonlar kiradi. Ular yadrosi membrana bilan oʻralgan. Sitoplazmasida mikronaychalar va aktinomiozinli harakat sistemasi boʻladi (endotsitoz, ekzotsitoz, amyobasimon harakatlanish va boshqa sitoplazmatik harakatlanishni yuzaga keltiradi). Translyasiya va transkripsiya alohida boradi; RNKsi monotsistronli, ribosomalari yirik, xromosomalari koʻp chizikdi, xromatini nukleosoma tarzida; mitoz orqali koʻpayadi. Eukariotlar hujayrasining nafas olishi mitoxondriyalarda, fotosintez esa xloroplastlarda boradi. Eukariotlar xivchini bir xil tipda murakkab tuzilgan. Ularning bir qan-cha organoidlari, mas, mitoxondriyalar va xloroplastlarning kelib chiqi-shi endosimbiotik bakteriyalar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.


Hayvonlarda Ontogenez jarayonlarini boshqarishda nerv va endokrin sistemasi muhim ahamiyatga ega. Ontogenez jinsiy koʻpayadigan koʻp hujayrali hayvonlarda, ayniqsa, murakkab sodir boʻladi. Ular ontogenezida Ontogenezning murtakkacha (proembrional), murtak (embrional), murtakdan keyingi (postembrional), voyaga yetgan davrlari boʻladi. Proembrional davr jinsiy hujayralarning yetilishi (gametogenez) va urugʻlanish davrini; embrional davr embrionning tuxumdan yoki embrion pardadan chiqqungacha, postembrional davr jinsiy voyaga yetgunga oʻtgan davrni, voyaga yetgan davr esa organizmning yetuklik va keksaygan holatini oʻz ichiga oladi. Hayvonlarda Ontogenezning 3 tipi maʼlum: 1) lichinkalik — tuxum poʻstidan ancha erta chiqqandan soʻng organizm lichinka holida xayot kechiradi, lichinka davri oxirida esa metamorfoz yuz beradi; 2) tuxum qoʻyuvchi — murtak uzok, vaqt tuxum ichida rivojlanadi, lichinka davri boʻlmaydi; 3) ona qornida urugʻlangan tuxum — tuxum yoʻlida rivojlanadi, bunday holatda baʼzan murtak bilan ona organizm oʻrtasida yoʻldosh orqali bogʻlanish yuz beradi. Anʼanaviy ravishda Ontogenezni embriologiya oʻrganar edi. Embriologiyadan rivojlanish biologiyasi ajralib chiqqandan soʻng embriologiyaning vazifasi murtakdan oldingi va murtak davrini oʻrganish boʻlib qoldi. Oʻsimliklarda Ontogenez urugʻlangan tuxum hujayraning rivojlanishidan boshlanadi. Oʻsimliklarda Ontogenezning oʻziga xos xususiyatlari jinssiz (sporofit) va jinsiy (gametofit) naslning almashinishidan iborat. Sporofit zigotadan, gametofit — unib chiqayotgan sporadan hosil boʻladi. Gulli oʻsimliklar hayotiy siklida sporofit ustunlik qiladi, erkak va urgʻochi gametofit esa qisqarib ketadi. Vegetativ koʻpayishda Ontogenez ona organizm, shu jumladan, ixtisoslashgan organlar (ildiz-meva, tugunak, piyozboshi va boshqalar) hujayralarining boʻlinishidan boshlanadi. Odatda, oʻsimliklar Ontogenezi embrionlik, yuvenil (yoshlik), yetuk, koʻpayish va qarilik davrlariga boʻlinadi. Ontogenez davrida oʻsimliklar hujayralari, toʻqimalari va organlarining strukturaviy va funksional ixtisoslashuvi yuz beradi; oʻsimliklar turli qismlarining oʻzaro taʼsiri murakkablashib boradi; yaxlit sistema sifatida butun bir organizm yoshga oid qaytmas oʻzgarishlar paydo qiladi. Ontogenezda oʻsimliklarning bir butunligi fitogormonlar, shuningdek, har xil organlar, mas, fotosintez qiluvchi organ — barglar bilan suv va mineral moddalarni shimuvchi ildiz oʻrtasida metabolitlar almashinuvi orkali taʼminlanadi. Ontogenez davomida oʻsimlik oʻsadi va rivojlanadi. Oʻsish oʻsimlikning boʻyiga ortishi, yaʼni miqsoriy oʻzgarishi boʻlsa, rivojlanish sifat oʻzgarishidan iborat. Koʻpchilik oʻsimliklar yopishib yashashi tufayli ular Ontogenezi koʻp jihatdan tashqi muhit sharoitiga bogʻliq. Oʻsimliklarda muhitning noqulay omillariga turli xil moslanishlar (tinim holati, fotoperiodizm va boshqalar) paydo boʻlgan. Shu tufayli ular faoliyatining faol davri yilning eng qulay fasliga toʻgʻri keladi.
Prokariotlar va eukariotlar organik olamning 2 ta katta dunyosi hisoblanadi. Prokariotlar katta dunyosi 2 ta dunyo — eubakteriyalar va arxebakteriyalarga ajratiladi. Ular, asosan, lipidlar tarkibi boʻyicha oʻzaro farq qiladi.
Filogenez (yun. phylon — avlod, qabila va ... genez), filogeneya — tirik organizmlar hamda ular taksonomik guruxlari: olam, tip (boʻlim), sinf, turkum (tartib), oila, avlod (turkum, urugʻ) va turlarning tarixiy taraqqiyoti. "F." termini nemis olimi E. Gekkel tomonidan fanga kiritilgan (1866). Biol.ning F. vauning qonuniyatlarini oʻrganadigan boʻlimi filogenetika deyiladi. F.ni tadqiq qilish evolyutsiyaning umumiy nazariyasini rivojlantirish, organizmlarning tabiiy sistemasini tuzish uchun zarur. Filogenetikaning xulosalari tarixiy geol. uchun ham juda muhim. Gekkel F.ni tadqiq qilish uchun paleontologiya, solishtirma anatomiya va embriologiya dalillarini taqqoslovchi uchlik parallelizm metodini taklif etgan. Filogenetikada genetika, biokimyo, molekulyar biol., etologiya, biogeogr., fiziologiya, parazitologiya dalillaridan keng foydalanilmoqda. Bu dalillar turdan yuqori boʻlgan har qanday taksonlar evolyutsiyasi borishini katta aniklik bilan tiklash imkonini beradi. Muhit sharoiti bir xil boʻlmagan, har xil biotik va abiotik omillar qurshovida turli guruxdardagi evolyutsion jarayonning borishini taqqoslash tarixiy taraqqiyotda katta guruhlarga xos umumiy xossalarni aniklash imkonini beradi. Guruhlar evolyutsiyasining barcha xususiyatlari individlarning morfofiziologik tomonlarini oʻrganish asosida aniqlanadi. Aksariyat guruxlar F.i adaptiv radiatsiyaga, yaʼni belgilarning dastlabki umumiy formadan raduis boʻylab har tomonga tarqalish xarakteriga ega. Oʻsimlik va hayvonlar F.i shajara daraxtini chizish yordamida tasvirlab beriladi. Shajara daraxti oʻsimlik va hayvonlarning umumiy bir ildizdan kelib chiqqanligi; turli xil formalar Yerdagi hayot tarixining har xil davrlarda shoxlanish orqali astasekin taraqqiy etganligini aks ettiradi. Organizmlar filogenetik qayta tuzilishlarining adaptiv xarakterini belgilovchi asosiy kuch tabiiy tanlanish hisoblanadi. Filogenetik shajara barcha oʻzgarishlarning birlamchi negizida divergensiya va filetik evolyutsiya, soʻng esa parallelizm va konvergensiya yotadi.
Organizm har xil guruhlarining F.i bir xilda oʻrganilmagan, bu qazilma qoldiklarning har xil darajada saqlanganligi va mazkur guruxlarning qanchalik qadimiyligi bilan bogʻliq. Umurtqali hayvonlar (ayniqsa, yuksak guruhlari) va yuksak oʻsimliklar F.i, umurtqasiz hayvonlardan esa mollyuskalar, ignaterililar, boʻgʻimoyoqlilar F.i nisbatan yaxshi, prokariotlar va tuban oʻsimliklar F. i kamroq oʻrganilgan.

Eukariotlar sistemasiga 2 xil yondoshuv mavjud. 1-xil yondoshuvga koʻra, eukariotlar 4 dunyoga, xususan, koʻp xujayralilar bir-biridan yaxshi farq qiladigan monofilik 3 dunyoga: koʻp xujarali hayvonlar (Metazoa), yuksak koʻp hujayrali quruqlik oʻsimliklari (Metaphyta)ra va yuksak zamburuglar (Eumycota) ajratiladi. Qolgan barcha eukariotlar (bir hujayralilar, koloniyalilar, ayrim koʻp hujayralilar) bitta protistlar (Protista) dunyosiga birlashtiriladi. Boshqa xil yondoshuvga koʻra, barcha eukariotlar filogenetik jihatdan oʻzaro teng boʻlgan juda koʻp dunyoga ajratiladi. Agar hozirgi ilmiy nuqtai nazardan qaraladigan boʻlsa, bu xildagi yondoshuvga koʻra, 10—15 ta eukariotlar dunyosini ajratish mumkin. Lekin, ayniqsa, tuban eukariotlar oʻrtasidagi qarindoshlik munosabatlarining noanikdigi bunday sistemalarning ishonchli boʻlishiga imkon bermaydi. Shunday qilib, tuban eukariotlar oʻrtasida chegara munozarali masala boʻlib qolmokda. Hamma uchun maʼqul keladigan Organizmlar sistemasi hozirgacha ishlab chiqilmagan. Shuning uchun har xil manbalarda koʻrsatiladigan dunyo, kenja dunyo va tiplar (boʻlimlar) soni ham bir xil emas. Zamonaviy Organizmlar sistemasiga misol tariqasida A. L. Taxtajan. L. Margelis, J. Korlis, S. Karpov, I. M.Mirabdullayev va boshqalarning sistemasini koʻrsatish mumkin. Bu mualliflarning sistemasi asosida Organizmlar sistemasi quyidagi koʻrinishga ega boʻladi:1. Katta dunyo. Prokariotlar (Prokaryota).


1. Eubakteriyalar (Eubacteria) dunyosi.
2. Arxebakteriyalar (Archaebacteria) dunyosi.
II. Katta dunyo. Eukariotlar (Eukaryota).
1. Protistlar (Protista) dunyosi.
2. Koʻp hujayrali hayvonlar (Metazoa) dunyosi.
3. Haqiqiy zamburugʻlar (Eumycota) dunyosi.
4. Yuksak oʻsimliklar (Metaphyta) dunyo
Yüklə 20,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə