4 Mavzu: Qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy asoslari. Reja



Yüklə 468,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix27.04.2023
ölçüsü468,37 Kb.
#107256
1   2   3   4   5
4 Mavzu Qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatining tashkiliy-i

2
 
Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy asoslari. 
O‟zbekiston Respublikasi Prezdentining 2012 yil 22 oktyabrdagi “O‟zbekistonda fermerlik 


faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni riojlantirish chora- tadbirlari 
to‟g‟risida”gi PF-4478- sonli Farmoni Respublikamizda huquqiy asosi sifatida ko‟p tarmoqli 
fermer xo‟jaliklarining shakllanishini jadallashtirdi. Unda quyidagilarga e‟tibor qaratilgan: 
“ Qayd etib o„tilsinki, mustaqillik yillari mobaynida qishloq xo„jaligi sohasida bozor 
munosabatlarini joriy etish va xususiy mulkchilik shaklini rivojlantirishga yo„naltirilgan 
iqtisodiy islohotlar bo„yicha keng ko„lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Fermerlikni 
rivojlantirish, fermer xo„jaliklarining iqtisodiy va moliyaviy mustaqilligi uchun mustahkam 
huquqiy asoslar va kafolatlarni yaratib beruvchi Yer kodeksi, “Fermer xo„jaligi to„g„risida”gi 
Qonun hamda boshqa qonunchilik va me‟yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. 
Fermer xo„jaliklarining yer, suv va moddiy-texnika resurslaridan yanada oqilona 
foydalanish hisobiga ishlab chiqarish hajmlari muttasil oshib borishini, fermer xo„jaliklari 
samaradorligi va rentabelligi o„sishini ta‟minlash imkonini beradigan moddiy-texnik bazasini 
mustahkamlash, ularning yer maydonlarini maqbullashtirish borasidagi kompleks chora-
tadbirlar amalga oshirildi. Qishloqda fermer xo„jaliklariga barcha zarur xizmatlarni 
ko„rsatayotgan zamonaviy ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi shakllantirilmoqda. 
Qishloq xo„jaligi yerlarining uzoq muddatli ijara mulki qilib berilishi va qishloqda bozor 
munosabatlarining joriy qilinishi fermer xo„jaliklarini shakllantirish hamda rivojlantirishning 
eng muhim omili va asosi bo„ldi, buning natijasida yerga va ishlab chiqarilayotgan mahsulotga 
haqiqiy egalik tuyg„usi mustahkamlandi. 
Mamlakatda fermerlik harakati qishloq xo„jalik mahsulotlarining asosiy ishlab 
chiqaruvchisiga hamda agrar sohani va u bilan bog„liq bo„lgan boshqa tarmoqlarni hamda ishlab 
chiqarishlarni yanada rivojlantirish, shuningdek, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish 
uchun mas‟uliyatni o„z zimmasiga olishga qodir bo„lgan qudratli ijtimoiy-siyosiy kuchga 
aylanib bormoqda. 
Birinchi navbatda gap fermer xo„jaliklarini yanada takomillashtirish va ularning 
samaradorligini oshirish, huquq va vakolatlarini kengaytirish, yer-suv resurslaridan va 
yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanishda, qishloqni jadal rivojlantirish va 
obodonlashtirishda, aholi bandligi va farovonligini ta‟minlashda ularning rolini kuchaytirish 
to„g„risida bormoqda. 
Shuni e‟tirof etish kerakki, hozir amalda bo„lgan fermerlik harakatini tashkil qilish va 
boshqarish tizimi, xususan, Fermer xo„jaliklari uyushmasi va uning hududiy tuzilmalari faoliyati 
qishloq xo„jalik ishlab chiqarishini isloh qilish va uning mahsuldorligini oshirish jarayonlariga 
hamda fermerlik oldida turgan vazifalarni tezkorlik bilan hal qilishga sust ta‟sir o„tkazmoqda. 
Hozirgi sharoitda fermerlik harakati oldida turgan jamiyatni demokratlashtirishni 
chuqurlashtirish, iqtisodiyotni yanada isloh qilish va liberallashtirish, mamlakat agrar sektorini 
barqaror va samarali rivojlantirishning, aholi farovonligini oshirishning eng muhim bo„g„ini 
sifatida fermer xo„jaliklarining roli va ahamiyatini oshirish vazifalarining fermerlik harakati 
tomonidan ro„yobga chiqarilishini ta‟minlash maqsadida: 
Quyidagilar O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog„iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining g„oyat muhim 
vazifalari deb hisoblansin: 
-
qishloqda ijara munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan 
qonunchilik va me‟yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, qishloq xo„jalik ishlab 
chiqarishini tashkil qilishning yetakchi bo„g„ini va shakli sifatida fermer xo„jaliklarining 
huquqlari, manfaatlari himoya qilinishi va samarali faoliyat yuritishini ta‟minlash; 
-
fermerlikni tashkiliy jihatdan mustahkamlash, fermer xo„jaliklarining o„zini o„zi 
boshqarish ta‟sirchan mexanizmlarini yaratish, ularning davlat va xo„jalik boshqaruvi organlari, 
tayyorlov, ta‟minot va xizmat ko„rsatish tashkilotlari bilan o„zaro munosabatlarini 
takomillashtirish; 
-
fermer xo„jaliklarining iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligini oshirish, 
fermerlarning yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish 
va qishloq xo„jalik xomashyosini kompleks qayta ishlash, shuningdek, qishloqda yangi ishlab 
chiqarishlar va xizmat ko„rsatish sohalarini tashkil qilish hamda rivojlantirish hisobiga 


mexanizatsiyalash darajasi va rentabellikni oshirishdan manfaatdorligini rag„batlantirish”
1

O‟zbekistonda fermer xo‟jaliklari mavjud bo‟lgan huquqiy va me‟yoriy hujjatlar asosida 
rivojlantirilmoqda. 2016 yilning 1 yanvariga kelib, fermer xo‟jaliklarining umumiy soni 76 
mingtani tashkil etib, ularga 3666,4 ming gektar yer uzoq muddatga foydalanish uchun ijaraga 
berilgan. Shu yerlarda 794,3 ming kishi faoliyat ko‟rsatib qishloq xo‟jaligida etishtirilgan yalpi 
mahsulotning 17,0 foizini (2015 yil) yaratganlar. 
Fermer xo‟jaliklarining rivojlanishini shartli ravishda 4 davrga bo‟lish maqsadga 
muvoffiqdir. 
1
- davr - 1989-1998 yilgacha bo‟lgan muddatni o‟z ichiga oladi. 
2
- davr - 1998 yildan 2001 yillardan tashkil topgan. 
3
- davr - 2002 yildan boshlandi. 
4
- davr - 2008 yildan boshlangan hisoblanadi. 
Birinchi va ikkinchi davrlarda fermer xo‟jaliklari asosan jamoa hamda shirkat 
xo‟jaliklarining hududida mehnat resurslari bo‟lmagan yoki kam bo‟lgan hududlarda tashkil 
etilgan. O‟sha davrlarda qishloqlardagi fuqarolarning bilimi, tajribasi hamda iqtisodiy resurslari 
kam bo‟lganligi munosabati bilan fermer xo‟jaliklarining rivojlanish darajasi pastroq bo‟lgan. 
Davlatning turli xildagi iqtisodiy mexanizmlarni ishga solgan holda fermer xo‟jaliklariga 
ko‟maklashishi maqsadida muvofiqdir. Chunki, ularga davlat mulki xisoblangan yer uzoq 
muddatga ijaraga beriladi. Shunday ekan ijaraga berilayotgan yer va shu yerlardagi barcha 
irrigasiya va meliorasiya inshootlari sifatli, talabga javob beradigan xolatda fermer 
xo‟jaliklariga berilishi lozim deb o‟ylaymiz. Shuning bilan birgalikda turli xildagi korxonalar, 
tashkilotlar, mulkdorlar orasida tarjibot, tashviqot ishlarini keng ko‟lamda amalga oshirib, ularni 
fermerlik harakatiga jalb etish lozim. Bunda ularga ko‟rsatilayotgan xizmatlari uchun ma‟lum 
darajada imtiyozlarni joriy etish mumkin. Jumladan, fermer xo‟jaliklarida etishtirilayotgan 
mahsulotlar bilan, hamda soliq va bojxona to‟lovlar borasida imtiyozlar berish zarur. 
Hozirgi davrda aksariyat tumanlarda xokimliklar tomonidan fermer xo‟jaliklarida 
ekinlarni samarali, ya‟ni almashlab yekishni joriy etilishini ta‟minlash maqsadida ekinlarni 
joylashtirishda hamda davlat buyurtmalarini belgilashda fermerlarga qonun doirasida erkinlik 
berilayotgani yo‟q. Shuning oqibatida fermer xo‟jaligiga ajratilayotgan barcha yerlarga paxta 
hamda donli ekinlar yekilmoqda. Bunday xol so‟zsiz birinchidan, asoslangan almashlab yekish 
sxemasining joriy etilishini ta‟minlash imkoniyatini bermaydi, ikkinchidan esa fermer a‟zolari 
o‟zlarining qishloq xo‟jalik mahsulotlariga bo‟lgan talabini qondira olmaydi. Shunday holatning 
oldini olish uchun fermer xo‟jaliklariga ekinlarni joylashtirishda qonun doirasida erkinlik berish 
maqsadga muvofiqdir. Shuning bilan birgalikda fermer xo‟jaliklariga paxta xom ashyosi va 
g‟alla bo‟yicha berilayotgan davlat buyurtmalarini qisqartirish lozim. 
Respublika qishloq xo‟jaligida fermerlik xo‟jalik yuritishning yeng istiqbolli va samarali 
shakli ekanligini e‟tiborga olgan holda kelajakda “... fermerlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni 
chuqurlashtirish va ko‟lamini kengaytirish muhim ustuvor vazifa” ekanligini Prezident 
I.A.Karimov alohida uqtirgan. 
Fermerlikni rivojlantirishga ustuvorlikning berilishi asosan quyidagi holatlar bilan 
isbotlanadi; 
-
jahon tajribasida, respublikada fermer xo‟jaligi qishloqda xo‟jalik yuritishning asosiy 
shakli hisoblanganligi; 
-
fermer yerlarni uzoq muddatga ijaraga olib, yerdan foydalanish huquqiga barqaror ega 
bo‟layotganligi; 
-
fermer mulk yegasi bo‟lib, unga egalik qilish hamda foydalanishni erkin, mustaqil 
ravishda amalga oshirayotganligi; 
-
fuqarolar ongida fermerlik harakatiga ishonchning barqaror ravishda o‟sib borayotganligi; 
-
fermer yuridik shaxs hisoblanib, barcha munosabatlarni shartnomalar asosida amalga 
oshirilayotganligi; 
1
O‟zbekiston Respublikasi Prezdenti Farmoni. O‟zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada 
takomillashtirish va uni riojlantirish chora- tadbirlari to‟g‟risida. PF-4478- son. 22.10.2012.


-
davlat buyurtmasidan ortiqcha ishlab chiqargan barcha turdagi mahsulotlarni erkin sotish 
imkoniyatiga egaligi; 
-
fermer tadbirkorlik faoliyati natijasida olayotgan pul daromadlarini va sof foydasini 
mustaqil tasarruf yetayotganligi va boshqalar. 

Yüklə 468,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə