4-semestr O‘quv-uslubiy majmua toshkent – 2014


-ilova Blis-so’rov savollari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə24/63
tarix22.03.2024
ölçüsü0,89 Mb.
#181649
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63
23477 4.1. Маъруза 4-семестр Word

1-ilova
Blis-so’rov savollari.
1. Bo’rchoqdoshlar oilasining madaniy xolda ekiladigan turlari?
2.Em-xashak sifatida ishlatiladigan oilani vakillari?
3. Oilaning qanday turi tabobotda qullaniladi?
4. Kapalakguldoshlarkabilar oilachasining qanday o’ziga xos belgiga ega?
5.Ziradoshlar oilasi vakillarining ishlatilishi?
6.Sho’radoshlar oilasining madaniy xolda ekiladigan vakillari?

MAVZU:


Chinnigulkabilar ajdodchasi (Caryophyllidae)


2-ilova



РЕЖА:
1.Dukkaknamolar qabilasi burchoqdoshlar oilasining asosiy sistematik belgilari
2.Oilaning oilachalarga bо‘linishi, ularning о‘ziga xos belgilari, asosiy turkumlar va ularning tarqalishi.
3.Oilaning madaniy va yovvoyi xolda о‘suvchi vakillariga ta’rif.
4.Ziradoshlar oilasining sistematik belgilari, asosiy vakillarining tarqalishi va ishlatilishi.
5.SHо‘radoshlar oilasining о‘ziga xos belgilari.
6. Oilaning madaniy xolda ekiladigan, va tabiiy xolda keng tarqalgan turkumlari.


Tayanch iboralar:
Dukkakdoshlar yoki burchoqdoshlar oilasi
( Leguminosae, Fabaceae).
Burchoqnamolar qabila vakillari daraxt, buta, chalabuta, liana va bnr yillik, ko’p yillik o’t o’simliklari bo’lib er yuzasida keng tarqalgan.
Qabila faqat bittagina burchoqdoshlar yoki kapalakguldoshlar oilasiga ega bo’lib, 650 turkum, 18000 turga ega va u uchta oilachaga bo’lnadi: sezalpindoshlar (Saesalpinioideae), mimozadoshlar (Mimosoideae) va kapalakguldoshlar (burchoqdoshlar) (Papilionoideae).
Mimozadoshlar oilachasi asoson tropik va subtropik xududlardagi daraxt o’simliklari bo’lib, bo’larning o’ziga xos belgilari gullarining aktinomorf bo’lishidir. Changchilari erkin (akatsiya- Asasea turkum vakillari).
Sezalpindoshlar oilachasi daraxt, buta va lianalar bo’lib, tropik mintaqalarda tarqalgan o’simliklardir. Ba’zi vakillari bizda madaniy holda o’striladi. Masalan, yaxudi daraxti (Sercis siliguastrum), o’tkirbargli sano (Cassia acutifolia) va boshqalar.
Kapalakguldoshlar oilacha vakillarining gullari shingil, soyabon yoki kallak (boshcha) shakldagi to’pgulga yig‘ilgan. Kosacha barglari qo’shilgan, 5 tishchali. Gullari aktinomorf yoki zigomorf. Kapalaksimon gul qo’rg‘onli 5 ta gultojibarglarga ega bo’lib, ularning 3 tasi erkin (elkak va 2 ta eshkak) va ikkitasi qo’shilib qayiqchani hosil qiladi. Oilaning ba’zibir turkum vakillari ni aniqlashda changchilar tuzilishi muxim ahamiyatga ega. Sofora, afsonak turkum vakillari da barcha 10 ta changchi erkin. Boshqa turkum vakillari da esa hamma 10 changchilar chang ipi qushilib naycha hosil qiladi (Supinus, Genista va boshqa turkum vakillarida).
Oilachaning ko’pchilik vakillarida 9 ta changchi iplar qo’shilib naycha hosil qiladi, bittasi erkin holda bo’ladi (nuxat, beda. sebarga va boshqalar). Mevasi – dukkak. Misol tariqasida madaniy xolda eqiladigan beda (Medicago sativa) yoki o’rmalovchi sebargani (Trifolium repens) olamiz.
Beda ko’p yillik o’t o’simligi bo’lib, bo’yi 40-80 sm, o’q ildizli, ildizda azot to’plovchi bakteriyalarga ega bo’lgan tuganaklar movjud. Tik o’suvchi, shoxlangan poyalarda murakkab, 3 yaproqchali barglar ketma-ket joylashgan. Gullari zigomorf, qo’sh gulqo’rg‘onga ega bo’lib shingil to’pgulga to’plangan, Mevasi-spiralsimon o’ralgan, dukkak. Gul formulasi quyidagicha Sa(5)So3+(2)A(9+1)G1. O’zbyokistonda bedaning 8 ta turi o’sadi. Madaniy holda eqiladigan M.sativa em-xashak sifatida katta maydonlarga ekiladi. To’proqni azot bilan boyitadi. Shirinmiya (Glycyrrhira glabra), afsanak (Termopsis) va oqquray (Psoralea) kabi turkum vakillari medisinada keng qo’llaniladi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə