4-semestr O‘quv-uslubiy majmua toshkent – 2014


Bambukdoshlar (Bambusoideae) oilachasi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə55/63
tarix22.03.2024
ölçüsü0,89 Mb.
#181649
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   63
23477 4.1. Маъруза 4-семестр Word

Bambukdoshlar (Bambusoideae) oilachasi
Bu oila vakillari asosan ko’p yillik o’simliklar bo’lib, balandligi 40 m gacha diametri esa 20 sm bo’ladi. Barglari bir yillik yoki bir necha yil yashashi mumkin. Guli ikki jinsli, changchilari 6 ta, ba’zan 3 ta ( 20 tagacha ham bo’lishi mumkin)
Tugunchasi 3- 2 ustunchadan iborat. Mevasi don, 500 ga yaqin turga ega bo’lib, asosan tropik va subtropik zonalarda tarqalgan.
Bambuklar xalq xo’jaligida keng qo’llaniladi, ayniksa Yaponiya, Xitoy, Indoneziya, Xindiston kabi davlatlarda. Bambuklar tanasidan suvo’tkazich trubalar, yoki ko’prik, uylar solishda, uy-jixozlari, shuningdek sifatli qog‘oz olishda keng foydalaniladi
Tariqdoshlar ( Panicoideae) oilachasi
Tarikdoshlar ( Panicoideae) oilachasi vakillari ham bir yillik, ko’p yillik o’simliklardir. Bu oilaning katta ahamiyatga ega bo’lgan vakillaridan biri – makkajo’xorilar (Zea) turkumidir. Buning eqiladigan turi – Z.mays dir. Bir yillik o’simlik bo’lib, balandligi 2 mgacha. Changchiga ega bo’lgan gullari ro’vaksimon to’pgulda poyaning uchki qismida joylashgan. Urug‘chi gullar esa so’ta to’pgulni tashkil etadi. Madaniy holda hamma erda ekiladi. Vatani Meksika, bu o’simlik em-xashak va don ekinlaridan hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda qimmatbaxo texnik ekin ham hisoblanadi, 150 ga yaqin har xil maxsulotlar olinadi (Kraxmal, qand, spirt, yog‘, qog‘oz va boshkalar.)
Shakar-qamish (Saccharum officinarum) ham ildizpoyali, ko’p yillik o’t o’simligi bo’lib, tropik mamlakatlarda keng tarqalgan. Poyasi shakarga boy. O’zbekistonda Surxondaryo viloyatining Denov noxiyasida ekiladi.
Sholi turkumining (Oryza) ekiladigan ( O. sativa) turi bir yillik, suv muxiti bilan bog‘liq bo’lgan, turi oziqa bo’lish jixatidan don o’simliklari orasida ikkinchi o’rinni egallaydi. Guli ikki jinsli, to’pguli ro’vak, changchilari 6 ta urug‘chisi 1 ta. Bularning 20 ga yaqin turi bo’lib, ko’pchiligi Osiyo va Afirkada o’sadi.
Jo’xori turkumining (Sorghum) 7 turi O’zbyokistonda keng tarqalgan. Poyasi baland bo’lib, quruq va sho’rxok erlarda o’sishga moslashgan. Poyasining uchki qismi ro’vaksimon to’pgul bilan tugallanadi. Boshoqchalari 2 gulli biri urug‘chi gul bo’lib bandsiz, ikkinchisi changchi gulga ega bo’lib, bandli. Boshoqcha qobiqlari 3 ta (oq jo’xori, oddiy jo’xori, qand jo’xori va boshqalar).

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə