4-sinf o`qish darslarida xalq og`zaki ijodiga oid mavzularni o`qitish yo`llari



Yüklə 258,64 Kb.
səhifə25/26
tarix01.06.2023
ölçüsü258,64 Kb.
#115001
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
4 sinf o`qish darslarida xalq og`zaki ijodiga oid mavzularni o`q

Anglash bosqichi. Maqsad: maqollarni ifodali o'qish, mazmunini misollar bilan ochib berishga o'rgatish.

Metod: Suhbat, guruhlarga bo'linib ishlash.
O'quvchilar 4 guruhga bo'linadi. Har bir guruh uchun ma'lum mavzudagi maqollarni o'qib o'rganish topshiriladi.

  1. Topshiriq. Ifodali o'qish mashqi o'tkaziladi. Bunda guruhdagi har bir ishtirokchi bittadan maqolni ifodali o'qib beradi.

  2. Mustaqil ish. O'quvchilar o'qigan maqollariga darslikdan mos asarlarni tanlab, maqolning ma'nosi bilan asarda aytilayotgan fikrning bog'liqligini izohlab beradilar. Masalan, „Elidan ayrilgan yetti yil yig'lar, Vatandan ayrilgan o'lguncha yig'lar" maqoliga Bobur haqidagi „Hidi, tilimi va mazasidan" asarini misol qilib keltirish mumkin.

Savol-topshiriqlar beriladi:
—Darslikdan „El boshiga tushgan ish, Er boshiga tushgani" maqoliga mos asarni eslang. Shu maqol qaysi asar g'oyasiga mos keladi?
—„Bilagi zo'r birni yiqar, bilimi zo'r mingni yiqar" maqoliga qaysi asar g'oyasi mos? („Mardlik va aql yorug'ligi" ) va hokazo.
  1. Maqollar yuzasidan rebus yechish.





  1. [oltin rasmi] [o't rasmi]da bil[in rasmi] [ari rasmi] (rd),[odam rasmi]

— [mehnat qilayotgan kishi rasmida.

  1. [ko'z rasmi] (k)i [100] sizning [ko'z rasmi] (ks)i [tuz]siz.

  2. Bol[ari rasmi] (rg) [to'r rasmi] (tz) [l]ni yi[qor rasmi](oa), [bol] (oi)imi [bo'r rasmi] (bz) [1000]ni.

    1. Fikrlash bosqichi. Maqsad: o'quvchilarning mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash, nutqda rnaqollardan foydalanish ko'nikmasini shakllantirish, xulosa chiqarishga o'rgatish

Metod: Aqliy hujum, suhbat metodi.

  1. Aqliy hujum.

—Qaysi mavzulardagi maqollarni o'qidingiz?
—Maqollar qanday paydo bo'lgan?

  1. Maqollardan yod aytish musobaqasi.

    1. guruh. Mehnatsevarlik haqidagi maqollardan ayting.

Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar.

    1. guruh. Vatanparvarlik haqidagi maqollardan ayting.

Bulbul chamanni sevar, odam – Vatanni.

    1. guruh. To'g'riso'zlik haqidagi maqollardan ayting.

To’g’ri bo’ling – bexavotir bo’lasiz.

    1. guruh. Do'stlik haqidagi maqollardan yod ayting.

Do’st achitib gapirar, dushman – kuldirib.

  1. Mustaqil ijodiy ish.

Har bir guruhga bitta maqol beriladi. Guruh ishtirokchilari birgalikda oxiri berilgan maqol bilan xulosalanadigan hikoya tuzib yozishadi. O'qituvchi guruhlarga quyidagi maqollarni bo'lib berishi mumkin:

  1. Hamjihatlik - davlat, Yolg'izlik - kulfat.

  2. Ilmi yo'qning ko'zi yumuq.

  3. Odobli — elda aziz.

  4. Hunar bo'lsa qo'lingda, non topilar yo'lingda.

Hikoyani ertak tarzida yoki hayotda uchraydigan biror voqea tarzida yozish bo'yicha maslahat va yordam beriladi. Masalan, „Odobli — elda aziz" maqoli asosida taxminan quyidagicha hikoya tuzish mumkin:
Odiljon oyisi, dadasi bilan xolasinikiga mehmonga bordi. Xolasi mehmonlarni pista-bodom, shirinliklar, kulcha nonlar bilan siyladi. Odiljon mehmonda sho'xlik qilmadi. Shirinliklarga hadeb qo'l cho'zavermadi. Kelgan boshqa mehmonlar Odiljonni „odobli bola ekan" deyishdi. Odiljon „Odobli - elda aziz" ekanligini bilib oldi.
Ushbu topshiriq uyga vazifa qilib berilishi ham mumkin.

  1. Mavzu yuzasidan tarbiyaviy xulosa chiqarish.

  • Bugungi maqollarni o'rganish darsi sizga yoqdimi?

  • Maqollar bolalar tarbiyasiga ta'sir qiladi deb o'ylaysizmi? Ular qanday ta'sir o'tkazishi mumkin?

—Siz bugun o'zingizga qanday xulosa chiqardingiz?
—O'qigan qaysi maqolimiz sizga ham tegishli?

  1. Guruhlar to'plagan ballarni e'lon qilish. O'quvchilarni rag' batlantirish.

  2. Uyga vazifa. Maqollarni ifodali o'qish va yod olish. Darslikdan o'qilgan ertaklar mazmuniga mos maqollar topib, daftarga yozib kelish

XULOSALAR
Xalq og’zaki ijodi – insoniyatga tengdosh eng qadimiy san’at. O`zbek xalqi ming yillar davomida yaratgan milliy xazinamizning nodir merosi bo`lgan og`zaki badiiy ijodi hamisha inson kamoloti, yurt farovonligi, jamiyat yetukligi borasida ma`naviy ozuqa bo`lib xizmat qiladi. Yillar to’zonidan omon-eson o`tib, avlod- ajdodlardan meros qolgan folklor janrlari ijtimoiy-siyosiy, ta`limiy-tarbiyaviy sohalarda maktab, ma`naviy-ma`rifiy yo`nalishda yo`lboshlovchi vazifasini o`tay- di. Xalqning turmush tajribalari, kundalik kuzatishlari natijasida yuzaga kelib, o`z isbotini topgan maqollar, naqllarni hayot maktabi darsligi desak mubolag`a bo`lmaydi. Mustaqil O`zbekistonda milliy qadriyatlar tiklanayotgan hozirgi davrda xalq yaratgan merosini yosh avlod ongi shuurida tasavvur hosil qilish, umuminsoniy qadriyatlarni har tomonlama o`rgatish va tatbiq etish davr talabi. Qolaversa, har bir shaxsning zimmasidagi mas`uliyati hisoblanadi. Ana shu mas`uliyatni his qilgan inson kelajak avlodimizning yangi fikrlaydigan, izlanuvchan, mehr-oqibatli, yurtsevar, elparvar egalarini yetishtirishda, tarbiyalashda o`z hissasini qo`shadi. Buyuk allomalarimizning ibratomuz hayotlari, Vatan, xalq uchun qilgan xizmatlari haqida, aziz –avliyolarning ilmi-urfoni haqida, mamlakat osoyishtaligi, tinchligi, xalq or-nomusi uchun kurashgan sarkardalar haqida, qolaversa, Vatanning har bir go`shasi xususida ota-bobolarimiz yaratgan rivoyatlar o`zining ilmiy, badiiy ahamiyati bilan qimmatlidir. Rivoyatlar mavzu doirasi nuqtai nazaridan asoslanib, tahlillar, misollar bilan yoritilgan. Rivoyatlarni izchil o`rganish va tatbiq etish yosh avlod kamoloti uchun muhim manba hisoblanadi. Latifa va topishmoqlar esa hozirjavoblikda, tez aytishlar so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishda, maqollar so’zga husn berishda, fikrni yorqin, ta’sirchan qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqimiz o’z quvonchini, shod- ligini yoki g’am-hasratini o’z qo’shiqlarida yorqin aks ettirgan. Bolalar tasav- vurini, fantaziyasini o`stirishda ertaklar alohida o`rin tutadi. Har bir aytiladigan ertak bolalarda yangicha taassurot qoldiradi. Bolalar ertak qahramonlariga o`xshashga harakat qiladilar, sehrli narsalarga ega bo`lishni istaydilar yoki o`zlari sehrgarga aylanib qolishni va qahramon singari behisob kuch-qudratga qodir
bo`lishni orzu qiladilar. Ertaklar yordamida yaxshilik va yomonlik sahrolarida, adir-u tog`liklarida sayohat qiladilar. Ana shu davrdan boshlab nima yaxshi-yu nima yomon ekanligini anglay boshlaydilar. Bolalar ulg`aygan sari o`zlaridan kichiklarga ertak aytib berishga, ularni aqlli, vazmin bo`lishga, o`jar, injiq qiliqlarini tashlashga undaydilar. Ular ham o`zlarini kichik tarbiyachilar sifatida tutadilar. Umuman olganda, xalq og`zaki badiiy ijodi katta-yu kichik, yosh-u qari uchun birdek donishmandlik majmuasi hisoblanadi. Asrlar o`tsa-da, buyuk alloma- larimiz asarlarida ta`lim-tarbiya masalalari badiiy ifodalansa-da, xalq tafakkurining mahsuli bo`lgan folklor asarlari ma`naviy jihatdan olamshumul ahamiyat kasb etishda davom etaveradi.

Yüklə 258,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə