4-sinf tabiiy fanlar darsligini tahlil qilish



Yüklə 18,9 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü18,9 Kb.
#141314
4-SINF TABIIY FANLAR DARSLIGINI TAHLIL QILISH


4-SINF TABIIY FANLAR DARSLIGINI TAHLIL QILISH
4-sinf tabiatshunoslik kursida asosiy e‘tibor o’quvchilarni Vatanimiz tabiatining turli-tumanligi bilan tanishtirishga qaratiladi. O’quvchilar joyning plani va uning shartli belgilari bilan tanishadilar, xarita to’g’risidagi oddiy bilimni o’zlashtiradilar, uning asosiy ifodalarini uqishga o’rganadilar, mamlakatimizning joylashishi, shimoldan janubga tomon tabiatning almashinishi haqida tasavvurlar oladilar.
«Insonning tabiatdan foydalanishi va uni muhofaza qilishi» bo’limi tabiatshunoslik kursini oxiriga yetkazadi va o’quvchilar olgan bilimlarni umumlashtiradi. Bunda avvalo tabiatni muhofaza qilishdagi odamning roli ajralib turadi. O’quvchilar tabiat muhofazasi bo’yicha qonunchilik hujjatlari bilan tanishadilar, ularning bajarilishi har bir o’lka fuqarosi uchun majburiy ekanligini bilib oladilar. O’zlari uddalaydigan foydali ishlarni belgilaydilar, ularda faol ishtirok qiladilar.
Maktab o’lkashunosligining vazifasi - o’quvchilar tomonidan ta‘lim-tarbiya maqsadida har xil manbalar bo’yicha va bevosita kuzatishlar asosida o’z o’lkasi territoriyasini har tomonlama o’rganishdir.
O’lkashunoslik — hayot bilan bog’lanishning qudratli vositasidir. Ko’pchilik o’quvchilarning maktabni bitirganlaridan keyin mahalliy sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalariga ishlash uchun borishlarini hisobga olinganda o’lkashunoslik alohida ahamiyat kasb etadi.
O’lkashunoslik bevosita tabiat muhoazasi bilan bog’liqdir, chunki o’z o’lkasini bilish o’quvchilarga uni muhofaza qilish va o’zgartirish bo’yicha ishlarda ongli qatnashish imkoniyatini beradi. O’z o’lkasini o’rganish o’quvchilarning mustaqilligini rivojlantiradi, chunki ijtimoiy-foydali mehnatda baholi qudrat faol qatnashishga imkon beradi.
O’lkashunoslik materialini o’rganish bo’yicha ish o’quv maqsadlariga javob berishi kerak. Shuning uchun ham uning mazmuni va xarakteri o’quv dasturi bilan belgilanadi. O’lkashunoslik ishlari tashkil qilinish shakllari bo’yicha sinfga va sinfdan tashqarida bo’lishi mumkin, faqat ular barcha o’quvchilar tomonidan bajarilsin.
O’lkashunoslik qoidasi nazariy tabiatshunoslik kursining o’quvchilar o’z o’lkalari tabiati bilan bevosita muloqotda bo’lishida oladigan tasavvurlarga sistematik ravishda bog’lanishini nazarda tutadi. O’lkashunoslik bilimlaridan albatta foydalanish o’quv o’lkashunosligining bosh maqsadidir. Buning uchun o’qituvchi o’z ixtiyorida yetarli o’lkashunoslik materiallariga ega bo’lishi va darslar uchun o’quv materialini o’zlashtirish va tushunib olishga yordam beradigan mahalliy ma‘lumotlarni tanlab olishi kerak.
O’lkashunoslik qoidasi tabiatshunoslikni o’qitishda ko’pgina didaktik qoidalardan (o’qitishning ilmiyligi va ko’rgazmaliligi, aniqdan noanikqa, yaqindan uzoqqa borish kabilardan) foydalanishga imkon beradi.
Mahalliy o’lkashunoslik materiallaridan o’qituvchi tabiatshunoslikni o’qitishda tushuntirish, taqqoslash va ko’rsatish uchun foydalanadi, o’quvchilar esa—ko’pgina tabiat hodisalarini bevosita idrok qilib olish uchun foydalanadi.
O’lkashunoslik qoidasidan sistemali ravishda foydalanish olingan nazariy bilim va uquvlarni turmush (masalan, qishloq xo’jalik ishlarining mo’‘tadil, ya‘ni optimal muddatlarini aniqlash uchun oldindan ob-havoni aytib berish, daryodan o’tishda xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida uning rejimini aniqlash, mahalliy qishloq xo’jaligi tashkilotlari uchun o’simliklar yig’ish va h.) bilan bog’lashga yordam beradi. Shunday qilib, tabiatshunoslikni o’qitish «og’zaki sxemada» emas, balki haqiqatni kuzatish asosida quriladi. Bundan o’lkashunoslikdan tabiatshunos¬likni o’qitishda har kuni va uzluksiz foydalanish kerakligi ma‘lum bo’ladi. Barcha darslar o’lkashunos¬lik printsipida tuzilishi kerak.
Jonajon o’lkani o’rganish umumiy tabiatshunos¬lik kursini o’rganish bilan parallel holda olib borilmog’i lozim. 3—4-sinflardagi o’lkashunoslik tadqiqotlarining muhim qismi — tuproqqa, o’simlik va hayvonot dunyosiga tavsif berish, daryolar oqimining rejimi va xarakterini o’rganish, tabiat muhofazasidir.
Tabiatshunoslik darsligini tahlil qilish va taqriz yozish
1.Tabiatshunoslikda dastur va darsliklar tahlili.
Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi - tabiatshunoslikni o‘qitishda
bolalami har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini
ochib beruvchi pedagogik fandir. U pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga
asoslanadi va o ‘z fanini o‘qitish mazmuni hamda xususiyatlarini
hisobga olgan holda uning metodlaridan foydalanadi.
Maqsadi - Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bugungi kun talablari
asosida yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalami qo‘llab, yosh
avlodga tabiatshunoslik fanini o‘rgatishga tayyorlashdir.
Yüklə 18,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə