5-amaliy mashg‘ulot: Mavzu: Grafik muxarirlar yordamida tasvirlar yaratish va ularni taxrirlash. Adobe Photoshop dasturining asosiy imkoniyatlari. Adobe Photoshop dasturida instrumentlar yordamida maxsus effektlar yaratish. Nazariy qism



Yüklə 77,88 Kb.
səhifə2/4
tarix09.10.2023
ölçüsü77,88 Kb.
#126333
1   2   3   4
5 amaliy mashgulot

Rastrli (nuqtali) grafika deb - bir xil o’lcham va yacheykalarga ega bo’lgan nuqtalar (piksellar) to’plami orqali tasvirlangan tekis geometrik shakllarga aytiladi. Rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo’ljallangan ko’pgina grafik muxarrirlar asosan tasvirlarga ishlov berishga mo’ljallangan. Rastrli grafika muxarrirlariga misol kilib Adobe Photoshop va Paint dasturlarni keltirish mumkin. Ushbu dastrularda rasmlar mayda kvadrat - piksellardan iborat bulib mozaika holatida rasmni xosil qiladi. Rastrli grafikadan raqamli fotosuratlar va skanerdan olingan rasmlar bilan ishlash uchun foydalaniladi.
Fraktal grafika – bu hisoblash grafikasidir. Tasvir formula asosida quriladi. Kompyuter xotirasida tasvir emas formula saqlanadi. Uning yordamida cheksiz xar-xil tasvirlarni olish mumkin. Fraktal grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalarga misol qilib MathCad, MathLab, Maplelarni keltirish mumkin. Fraktal grafika - bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni matematik hisoblashlarga asoslangan dasturlar asosida qurishdir. Fraktal grafika odatda o’yin dasturlarini yaratishda ko’proq qo’llaniladi. Fraktal grafikada tasvirlar tenglamalar yordamida quriladi. Bunda tenglama koeffitsientlarini o’zgartirish yordamida har xil rasmlarni olish mumkin.
Fraktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik yaratish uchun qo’llaniladi. Shuning uchun ham uning asosi sifatida rasm, shakl, tasvir hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan.
Bu grafika, odatda, turli jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda keng qo’llaniladi.
Adobe Photoshop dasturi hozirgi kunda eng mashhur va butun dunyo mutaxassislari tomonidan tan olingan dastur hisoblanadi. Buning asosiy sabablari - uning boy va keng imkoniyatlari, qulay va oson interfeysi (muloqoti), deyarli barcha grafik formatlar va tizimlar bilan ishlashi.
Adobe Photoshop Adobe System, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo’lib, rastrli grafikada tahrir qiluvchi, foydalanishdagi alohida qulayliklari bilan mashhur bo’lgan dasturdir. Adobe Photoshop tahrirlagichi yordamida fotosuratlarga qo’shimchalar kiritish, ulardagi dog’larni o’chirish va eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo’shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni ikkinchi fotosurtaga olib o’tish, surtdagi ranglarni o’zgartirish, almashtirish mumkin.


Brush аsbоbi
Оptsiyalаr pаnеlidа Brush (muykаlаm) mo’ykаlаmi uslubini tаnlаsh uchun strеlkаni ustigа bоsing. Hаr bir piktоgrаmmа ustidаgi rаkаmlаr mo’yqаlаmni qаlinligini piksеllаrdа ko’rsаtаdi. Аgаr siz istаlgаn mo’yqаlаm ustigа оlib bоrsаngiz, shu mo’yqаlаmning qаlinligi vа turi hаkidа mа’lumоt chiqаdi. Mo’yqаlаm pаnеlini yopish uchun pаnеldаn tаshqаridаgi ekrаnning istаlgаn jоygа bоsing vа аvtоmаtik tаrizdа pаnеl yopilаdi. Mode (Аrаlаshtirish rеjimi (Rеjim smеshivаniya) bo’limini tаnlаng hаmdа Opacity (SHаfоfsizlik (Nеprоzrаchnоstь)) bo’limini fоyz ko’rsаkichidа Brush (Kistь) аsbоbi uchun tаnlаng. Аgаr ko’rsаtilgаn kism pаrаmеtri 100% ni tаshkil qilsа, mo’yqаlаm shtriхi pаstki piksеllаrni mutlаk kоplаydi.




Yüklə 77,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə