5-ma`ruza. Gazlarning turi. Tabiiy va sun’iy gazlar sun’iy gazlarni olish usullari. Koks va generator gazlari


) Neftni qayta ishlashda hosil bo‘lgan gazlar. Neftni qayta ishlash zavodlarida neft qizdirilib, undan benzin, kerosin, dizel yoqilg‘isi va boshqa suyuq yoqilg‘ilar olinadi



Yüklə 9,12 Kb.
səhifə2/4
tarix23.05.2023
ölçüsü9,12 Kb.
#112473
1   2   3   4
5-ma`ruza. Gazlarning turi. Tabiiy va sun’iy gazlar sun’iy gazla-fayllar.org

4) Neftni qayta ishlashda hosil bo‘lgan gazlar. Neftni qayta ishlash zavodlarida neft qizdirilib, undan benzin, kerosin, dizel yoqilg‘isi va boshqa suyuq yoqilg‘ilar olinadi.

TABIIY GAZLAR.

Shahar, qo‘rg‘on gaz ta’minotida va sanoat korxonalarini gaz bilan ta’minlashda tabiiy gazlardan juda keng miqiyosda foydalaniladi. Tabiiy gazlar er ostidan qazib olinadi va asosan metanlar qatoriga kiruvchi uglevodorodli gazlardan tashkil topgandir. Uning tarkibiga metan, etan, propan, butan, pentan va geksanlar, ularning birikmalari kiradi. Uglevodorodlardan tashqari, tabiiy gazlar tarkibida azot, is gazi, oltingugurt, vodorod va inert (kam uchraydigan) gazlari uchraydi.

Tabiiy gazlar er ostida paydo bo‘lishiga qarab qo‘yidagi guruhlarga bo‘linadi: toza gaz ko‘rinishida, neft paydo bo‘lgan joylarda neft bilan birgalikda va gaz kondensati paydo bo‘lgan kondensatli gazlar.

Toza gaz ko‘rinishidagi tabiiy gazlarning tarkibi asosan metandan tarkib topgan bo‘lib, quruq va taqir bo‘ladi. Og‘ir uglevodorodli gazlarning (propan va undan keyingilari) quruq gaz tarkibidagi miqdori 50 g/m3 dan oshmaydi. Neft bilan birgalikda paydo bo‘lgan gazlar, neft paydo bo‘lgan joydan qazib olinadi. Bu gazlarni «hamroh» (yo‘l-yo‘lakay) gazlar ham deb ataydilar. Bunday gazlarning tarkibida metandan tashqari, ko‘p miqdorda og‘ir uglevodorodli gazlar (150 g/m3 va undan ortiq) bo‘lib, moyli gaz xisoblanadi. Moyli gazlar bu quruq gaz bilan propan – butanli bo‘linma va benzinli gazlar aralashmasidan iboratdir.

Tabiiy gazlar boshqa ko‘rinishdagi organik yoqilg‘ilar (suyuq va qattiq yoqilg‘ilar) ga nisbatan bir qancha qulayliklarga egadirlar:


  • Tabiiy gaz qazib olishda, mehnat unumdorligi neft qazib olishga nisbatan 5 barobar, shaxtadan ko‘mir qazib olishga nisbatan esa 35 barobar yuqoridir.

  • Yuqori darajadagi sifatliligi, yongandan ko‘p miqdorda issiqlik ajralib chiqishi va uzoq masofalarga etkazib berish uchun qulaydir.

  • Turli xil sanoat pechlari, qozon qurilmalari va uskunalarida yoqilg‘i sifatida tabiiy gazdan foydalanilganda ularning ish jarayoni tezlashadi, uskunalar joylashgan binolarning maydonlari qisqaradi va xizmat ko‘rsatuvchilar soni kamayadi, uskunalar foydali ish qiymati (f.i.q) esa oshib boradi.

  • Tabiiy gazdan yoqilg‘i sifatida foydalanish boshqa yoqilg‘ilarga nisbatan, turli xil chiqindi va zararli gazlar kamayishga va atrof muhit havo xavzalari ifloslanishining bartaraf etilishiga olib keladi, tabiiy gazlardan foydalanish ximiya sanoatida va xalq xujaligining boshqa tarmoqlarida bir qancha qulayliklarga egadir.

Yüklə 9,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə