5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assosiy savollar



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə56/81
tarix11.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#82794
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   81
5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos

12. «ARIZ - TRIZ» metodi. G.S. Altshuller va uning maktabi tomonidan ishlab chiqilgan. Bu metodlar sinov va kamchiliklar hamda boshqa ulaming modifikasiyalaridan sezilarli farq qiladi. Ular ko’r-ko’rona qidirishdan ko’ra texnik tizimlarni rivojlantirish qonuniyatlariga bo’ysungan mantiqiy operasiyalar tizimi asosiga qurilgan. Nazariyaning asosiy g’oyasi: texnik tizimlar o’z holicha emas, balki yaratuvchilik vazifalarini ongli va maqsadga muvofiq echishda foydalanish mumkin bo’lgan muayyan qonunlar asosida yuzaga keladi va rivojlanadi.

Bu vazifalami echish jarayonini texnik ziddiyatlami aniqlash, tahlil etish va echish deb qarash lozim bo’ladi. Belgilangan vazifalami qo’llash metodikasi esa texnika va texnologiyani yaratishdagi ilmiy-texnik ziddiyatlami ajratib olish, aniqlash va hal qilish bo’yicha muntazam ravishda muayyan harakatlarni bajarishdir. Tizim o’z ichiga bunday ziddiyatlarni hal qilishga yordam beruvchi o’ziga xos yangilovchi operatorlarning 40 ta usullarini qamrab oladi. Ulardan ayrimlari quyidagilar:

1.«Taqsim qilish»: a) obektni mustaqil qismlarga bo’lish; b) obektni bo’laklarga bo’lib bajarish; v) taqsimlash darajasini kengaytirish.

2.«Butlash»: ayni yoki yondosh operasiyalar uchun mo’ljallangan obektlami birlashtirish; b) ayni va yondosh operasiyalarni birlashtirish.

3.«Onalik»: a) bir obektni ikkinchi obekt ichiga va o’z navbatida uning ichiga uchinchi obektni joylashtirish; b) bir obektni to’g’ridan-to’g’ri ikkinchi obekt orasidan o’tkazish.

4.«Chappalik»: a) obektning harakatdagi qismini yoki tashqi muhitni qo’zg’almas holatga olib kelish, aksincha, muqim holatni harakatdagi holatga keltirish; b) vazifa shartlari talab qilgan harakatlar o’rniga teskari harakatni amalga oshirish; v) obektning «oyog’ini osmonga qilib qo’yish» va uni o’nglash.

5.«Zararni foydaga aylantirish»: a) zararli faktorlardan (masalan, muhitga zarar etkazadigan) ijobiy samara berishda foydalanish; b) zararli faktorlarni boshqa zararli faktorlar bilan qo’shish asosida uni bartaraf etish; v) zararli faktorlarni ortiq darajada kuchaytirish asosida uni bezarar qilish.
Xotima.

Talabalarning o’quv faoliyati shaxsiy mohiyat sifatida qabul qilinadigan o’quv maqsadlariga ongli ravishda qaratilgan bo’lishi lozim. D.B.Elkonin ta’kidlaydiki, o’quv faoliyati eng awalo shunday faoliyatki, uning natijasida talabaning (o’quvchida) o’zida o’zgarish yuz beradi. Bu faoliyat o’z holicha o’zgarishdir. Uning mahsuli, subektning o’zida yuz bergan o’zgarishlardir.

O’quv faoliyatining asosiy motivlari bu - ichki o’quv-bilish motivlaridir. O’quv faoliyatining eng muhim motivatsiyasi esa talabaning bo’lg’usi kasbiga bo’lgan qiziqishi va moyilligidir.

Talabaning o’quv jarayonidagi egallagan bilimlaridan, kasbiy malakalari va ko’nikmalaridan hissiy qoniqish va undan quvonch hissini hosil qilishi lozim.

Bunday vazifalarni hal qilishda o’qitish jarayonida o yinli texnologiy alar dan foydalanish ulkan ahamiyat kasb etadi. O’yinli texnologiyalarda o’qitishning faol metodlaridan foydalanish muloqotning demokratik uslubiyutuqlaridanfoydalanishgaxizmatqiladi. Bu talabalarning ijodiy kuchlari va qobiliyatini o’stiradi.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə