5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assosiy savollar


Texnik echimlarning morfologik tahlili va sintezi



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə54/81
tarix11.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#82794
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   81
5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos

10. Texnik echimlarning morfologik tahlili va sintezi. Bu metod shveytsariyalik astrofizik Svikki tomonidan ishlab chiqilgan. O’rganinshi lozim bo’lgan texnik tizim tarkibiy qismlari yoki funktsional morfologik belgilaridan iborat bo’lgan tarkibning ro’yxatidan aniq muqobillari, texnik ifodalari ajratib olinadi ular morfologik quti yoki matritsa deb nomlanadigan jadvallar shaklida joylashadi va ajralib turgan belgilar variantlarini birlashtirib saralab olish orqali yangi vazifalar echimi aniqlanadi. Morfologik tahlilda bo’lg’usi mutaxassislar texnik vazifalar echimi unsurlarining har tomonlama kombinasiyasini yasashga o’rganadilar. Chunki bu metod quyidagi tamoyilga asoslangan: texnik xarakterdagi ijodiy vazifalarni echishda muvofiqlashtiruvchi o’qlar yordamida obektning muhim tavsiflarini farqlab oladilar. Unga quyidagilar kiradi:

- vazifalarni aniq ifodalash, yangi ifodalarni topishga urinish, ikkinchi darajali va o’xshash vazifalarni aniqlash hamda ulardan eng muhimini ajratib olish;

- echimlardagi mavjud kamchiliklar, ularning asosiy tamoyillari va yangi takliflarni sanab ko’rsatish;

- xayoliy, biologik, iqtisodiy, molekulyar va boshqa analoglarni xomaki rejalashtirish;

- matematik, gidravlik, elektron, mexanik va boshqa modellarni yasash (ular aslida analoglarga qiyoslangan g’oyalarni ifoda qiladi);

- bu ishdan mutlaqo xabari yo’q ba’zi kishilaming fikrlarini bilish va b.



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə