5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assosiy savollar


Funktsional - foydali tahlil metodi



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə55/81
tarix11.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#82794
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81
5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos

11. Funktsional - foydali tahlil metodi.

Bu metodning yaratuvchilari sifatida Permlik muhandis Yu.M. Sobolev va L.Maez boshchiligidagi Amerikaning «Jeneral elektrik» firmasining muhandislaridir.

Bu texnik obektlarning texnik-iqtisodiy metodi bo’lib, ulaming iste’molchilik o’ziga xosligi va bu o’ziga xoslikni ta’minlovchi chiqimlar o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga xizmat qiladi. Bu metodning mohiyati shundaki, ijrochi obektga bajarilishi lozim bo’lgan amaliar va iste’molchi talablari nuqtai nazardan yondoshadi. Bu metod bir qator murakkab konstruksiyalaiga ishlov berish, ulaming texnologikligi, samarasiz chiqimlariga qarshi «markazlashgan hujum» tashkil etish, moddiy va mehnat omillaridan samarali foydalanishni oshirishni hal qilishda iqtisodiy samarador metod hisoblanadi. Mamlakatimizdagi ilmiy tashkilotlar va korxonalarning xo’jalik hisobi va o’z-o’zini mablag’ bilan ta’minlashga o’tilishi bu metoddan keng foydalanish lozimligini ko’rsatadi. Shuningdek, funksional-foydali tahlil asoslari oliy maktabda bo’lg’usi mutaxassis- tadqiqotchilarga (konstruktorlar, texnologlar) dars sifatida o’qilishi lozim. Bu esa oliy o’quv yurtini bitirgandan so’ng borib ishlaydigan ilmiy tashkilot (korxona)da mahsulotlar konstruktsiyasini, uni tayyorlash texnologiyasini yaxshilashning konkret yo’llarini aniqlashga yangi imkoniyatlardan kelib chiqib ishlab chiqarish va uskunalarni ishlatish hamda ortiq darajadagi sarf-harajatlarni bartaraf qilishga imkon beradi. Masala shundaki, funktsional-foydali tahlil nuqtai nazardan qaralganda, mahsulot ishlab chiqarishning barcha sarf-harajatlari foydali va foydasiz hamda ortiqcha deb taqsim qilinadi. Keyingilari yaqqol ko’rinib tuigan va behuda sarflardir. Bu metod bo’yicha o’qitishning samaradorligini oshirish uchun mamlakat oliy o’quv yurtlarida to’plangan tajribalardan foydalanib, funktsional-foydali tahlil va konstruksiyalarning texnologikligi bo’yicha maxsus kurslar ishlab chiqish zarurdir.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə