5 Mavzu. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi reja


 Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aniqlash va qayta baholash



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/17
tarix23.05.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#112434
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
03. BUXGALTERIYA HISOBI 126

 
5.5. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aniqlash va qayta baholash 
natijalari hisobi 
5-son BHMSning 20-bandiga muvofiq, majburiyatlari umumiy summada 
ifodalangan asosiy vositalar obektlarining boshlang‘ich qiymati mazkur summani 
asosiy vositalar alohida obektining joriy qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlash 
yo‘li bilan aniqlanadi. Bu erda, nazarda tutiladiki, agar xo‘jalik yurituvchi sub’ekti 
buxgalteriya hisobida alohida identifikatsiyalanalgan asosiy vositalarning bir 


154 
necha obektini bitta shartnomaviy qiymatga sotib olsa, bunday holatda umumiy 
summaga sotib olingan asosiy vositalar har bir obektning kirim qilinishi lozim 
bo‘lgan qiymati, ya’ni boshlang‘ich qiymati sotib olingan asosiy vositalar 
obektlarining umumiy bozor qiymatidagi har bir obektning bozor qiymati ulushiga 
qarab aniqlanadi. Ushbu me’yor mohiyatini quyidagi -misolda ko‘rib chiqamiz. 
4-misol. "Hamkor" MCHJ 2016 yil 20 mayda "Operativ" AJdan mulkiy 
majmuani 250 000 m.so‘m bo‘lgan umumiy summaga sotib oldi. Ushbu mulkiy 
majmua quyidilardan iborat: ishlab chiqarish binosi, minorali inshoot va madanli 
ichimliklarni quyish bo‘yicha texnologik liniya. 2016 yil 25 mayda xarid bo‘yicha 
barcha summa to‘lab berildi. Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish, davlat boji 
to‘lovi, brokerlik haqi bilan bog‘liq sarflar, shuningdek aktivni ishchi holatga 
keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar, shu jumladan sotib olingan 
mulkni baholash bo‘yicha sarflar jami 50000m.so‘mni tashkil etdi. Baholovchi 
kompaniyaning xulosasiga ko‘ra asosiy vositalarning har bir obekti quyidagi 
tarzda baholandi: ishlab chiqarish binosi 1600000 m.so‘m, minorali inshoot 
1200000 m.so‘m, texnologik liniya 800000 m.so‘m. 
Baholovchi kompaniyaning xulosasidan kelib chiqib, har bir asosiy vositalar 
obektining bozor qiymatining sotib olingan asosiy vositalar obektlarining umumiy 
bozor qiymatidagi ulushini osonlikcha aniqlash mumkin bo‘ladi. Ular quyidagi 
ko‘rinishga ega: 
Asosiy vositalar 
Obekti 
Bozor 
qiymati 
Bozor 
qiymatining 
ulushi 
Ulush hisob-kitobi 
Ishlab chiqarish binosi 
1 600 000 
4/9 
1 600 000/3 600 000 
Minorali inshoot 
1 200 000 
1/3 
1 200 000/3 600 000 
Texnologik liniya 
800 000 
2/9 
800 000/3 600 000 
Jami: 
3 600 000 
YUqorida keltirilgan mulkiy majmuani sotib olish va uni ishchi holatiga 
keltirish bilan bog‘liq umumiy xarajatlar summasi 300000 m. so‘mga teng 
(250000+50000 m.so‘m) bo‘lgani sababli, sotib olingan asosiy vositalar har bir 
obektning boshlang‘ich qiymati quyidagi ko‘rinishga ega: 


155 
Asosiy vositalar obekti 
Boshlang‘ic
h qiymat 
Bozor 
kiymatining 
Ulushi 
Hisob-kitob 
Ishlab chiqarish binosi 
133 000 
4/9 
(4/9x300 000) 
Minorali qurilma 
100 000 
1/3 
(1/Zx300000) 
Texnologik liniya 
67 000 
2/9 
(2/9x300 000) 
JAMI: 
300 000 
"Hamkor" MCHJ buxgalteriya hisobida mulkiy majmuani sotib olish bilan 
bog‘liq operatsiyalar quyidagicha aks ettirilali: 
a) asosiy vositalar obektlarini xarid qilishning umumiy summasiga: Dt 0820 -
"Asosiy vositalarni xarid qilish" schyoti - 250000 m.so‘m, Kt 6010 -"Mol etkazib 
beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar" schyoti-250000 m.so‘m. 
b) xarid qilingan asosiy vositalar obektlari haqini to‘lash: Dt 6010 - «Mol 
etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti-250000 
m.so‘m, Kt 5110 - «hisob-kitob schyoti" schyoti- 250000 m.so‘m. 
v) asosiy vositalar obektlarini xarid qilish va ularni ishchi holatga keltirish 
bilan bog‘liq xarajatlar summasiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni xarid qilish" 
schyoti- 50000 m.so‘m, Kt 6990 - «Boshqa majburiyatlar" schyoti -50000 m.so‘m. 
g) xarid qilingan asosiy vositalar obektlarini kirim qilish (foydalanishga 
topshirish): Dt 0120 - «Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar ishlab 
chiqarish binosi" schyoti-133000 m.so‘m, Dt 0120 - «Binolar, inshootlar va 
uzatuvchi moslamalar minorali inshoot" schyoti- 100000 m.so‘m, Dt 0130 - 
«Mashinalar va uskunalar texnologik liniya" schyoti- 67000 m.so‘m, Kt 0820 - 
«Asosiy vositalarni sotib olish" schyoti -300000 m.so‘m. 
5-son BHMSning 21 moddasida buxgalteriya hisobiga qabul qilingandan 
so‘ng asosiy vositalarning qiymati, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va 
mazkur standartda belgilangan holatlardan tashqari hollarda, o‘zgartirilmasligi 
nazarda tutilgan. Masalan, 5-son BHMSga muvofiq, buxgalteriya hisobiga qabul 
qilingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini o‘zgartirishga qo‘shimcha 
qurilish, qo‘shimcha jihozlash, rekonstrukiiya qilish, zamonaviylashtirish, texnik 


156 
qayta qurollantirish, qisman tugatish va asosiy vositalarni qayta baholash 
holatlarida ruxsat etiladi. 
Qo‘shimcha qurish, qayta jihozlash, zamonaviylashtirish ishlariga asosiy 
vositalar obektining texnologik yoki xizmat vazifasini ortiqcha yuklamalar va 
boshqa yanada yaxshilaydigan sifatlar orqali o‘zgartirishlar natijasida kelib 
chiqadigan ishlar kiritiladi. YA’ni asosiy vositalar obekti bilan bog‘liq amalga 
oshirilgan keyingi xarajatlar aktiv sifatida tan olinishi mumkin, qachonki ular 
asosiy vositalar samaradorligini dastlab hisoblangan me’yorlarini sezilarli ravishda 
oshirish yoki asosiy vositalarning ushbu obektini dastlab balansga qabul qilishda 
belgilangan xizmat qilish me’yori jiddiy tarzda uzaytirish yo‘li bilan ularning 
holatini yanada muhim ravishda yaxshilashga olib kelsa. 
Odatda, qayta tiklash ishlarida ishlab chiqarishni takomillashtirish va texnik 
iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bilan bog‘liq asosiy vositalarning mavjud 
obektlari qayta o‘zgartiriladi va ushbu ishlar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, 
mahsulot (ish, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini o‘zgartirish 
maqsadida asosiy vositalarni qayta tiklash loyihasi bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Texnik qayta qurollanish deyilganda ilg‘or texnika va texnologiyalarni joriy etish, 
ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ma’naviy jihatdan 
eskirgan va tabiiy ravishda emirilgan uskunalarni o‘ta unumdor yangilari bilan 
almashtirish va zamonaviylashtirish asosida asosiy vositalar yoki ularning alohida 
qismlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha kompleks 
tadbirlar tushuniladi. 
YUqorida qayd etilganidek, asosiy vositalar obektini qo‘shimcha qurish, 
qo‘shimcha jihozlash, rekonstrukiiya qilish, zamonaviylashtirish va texnik qayta 
qurollantirishga xarajatlari tugallanishi natijasida asosiy vositalar obektining 
dastalabki qabul qilingan amal qilishi me’yorining ko‘rsatkichlarini oshishi 
sababli, ushbu xarajatlar mazkur obektlarning boshlang‘ich qiymatini oshiradi. 
Asosiy vositalarning dastlab tan olingan qiymatini o‘zgartirish mumkin 
bo‘lgan keyingi sabab ularni qayta baholashdir. Masalan, asosiy vositalarni qayta 
baholash deganda, asosiy vositalar obektlarining qayta tiklash qiymatini bozor 


157 
narxining hozirgi darajasiga mos keltirish maqsadida vaqti-vaqti bilan 
aniqlashtirish tushuniladi. Xo‘jalik yuritish amaliyotida asosiy vositalarning 
boshlang‘ich qiymati O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarorlari bilan ham qayta 
baholanishi mumkin. 
Bunday vaziyatda asosiy vositalarni qayta baholash natijasida buxgalteriya 
hisobi va hisobotida joriy qiymati bo‘yicha aks ettirilishi kerak. Bunda 5-son 
BHMSga muvofiq, joriy qiymat deganda asosiy vositalarning muayyan sanaga 
qadar bo‘lgan holatga ko‘ra amaldagi bozor narxlari bo‘yicha qiymati yoki bitim 
tuzishni xohlagan, xabardor, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan tomonlar o‘rtasida bitim 
tuzilgan holda aktivni egallash yoki majburiyatlarni bajarish uchun etarli bo‘lgan 
summa tushuniladi. 
Asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati qayta baholangan 
holda, ularning qayta baholash sanasiga qadar to‘plangan eskirish summasi asosiy 
vositalar boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatining tegishli o‘zgarish indekslariga 
nisbatan tuzatiladi va keyinchalik eskirish hisoblanishi qayta baholangan 
qiymatdan kelib chiqib amalga oshiriladi. 
Ma’lumki, asosiy vositalar hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxi 
bo‘yicha bevosita qayta hisoblash yoki indekslash yo‘li bilan qayta baholanishi 
mumkin.
17
Agar qayta baholash natijasida asosiy vositalarning bahosi oshadigan bo‘lsa, 
asosiy vositalar obektining qo‘shimcha oshgan bahosi summasi zaxira kapitali 
tarkibidagi 8510 - «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotiga olib 
boriladi. Biroq, qayta baholash natijasida asosiy vositalar, shuningdek 
arzonlashishi ham mumkin. Bunda, qayta baholash natijasida asosiy vositalar 
obekti bahosining arzonlashgan qismi summasi ushbu obekt bo‘yicha oldingi 
hisobot davrlarida o‘tkazilgan qayta baholash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shimcha 
oshgan baho summasi miqdorida zaxira kapitalini kamaytirishga, yani 8510 - 
«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotiga olib boriladi. Asosiy 
17
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1192son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan "1 yanvar holati 
bo‘yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom. 2002 yil 4 dekabr 


158 
vositalar ob’ekti bahosining arzonlashgan qismi summasining ushbu ob’ekt 
bo‘yicha qo‘shimcha oshgan baho summasidan ortiqcha miqdori 9430 - «Boshqa 
operatsion xarajatlar" schyotiga olib boriladi. 
Hisobot yilining birinchi sanasiga bo‘lgan holatida o‘tkazilgan asosiy 
vositalarni qayta baholash natijalari buxgalteriya hisobida aks ettirilishi lozim. 
Qayta baholash natijalari oldingi hisobot yili uchun tuzilgan moliyaviy hisobot 
malumotlariga kiritilmaydi va hisobot yilining boshlanish sanasidagi moliyaviy 
hisobot malumotlarini shakllantirishda qabul qilinadi. Bunda, oldingi yil oxiri 
holatidagi malumotlarning hisobot yili boshlanishi holatidagi malumotlar bilan 
to‘g‘ri kelmasligi hisobot yilining birinchi sanasidagi holati bo‘yicha o‘tkazilgan 
asosiy vositalarning qayta baholanishi natijalari sifatida tushuntiriladi va u joriy 
davr uchun tuzilgan moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida bayon etiladi. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə