5 Mavzu. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi reja


Nomoddiy aktivlar tushunchasi va ularni hisobga olib borish



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/17
tarix23.05.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#112434
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
03. BUXGALTERIYA HISOBI 126

 
5.6. Nomoddiy aktivlar tushunchasi va ularni hisobga olib borish 
Mamlakatimizda ularni etirof qilish, baholash va buxgalteriya hisobi 
tartiblarini qatiy belgilovchi asosiy hujjatlar 7-son buxgalteriya hisobi milliy 
standarti hisoblanadi.
18
Nomodliy aktivlar buxgalteriya hisobining asosiy holatlari: etirof qilish payti, 
qiymatini baholash va foydalanish muddatini aniqlash, amortizatsiya yani hisobga 
olish, balans qiymatining boshqa o‘zgarishlarni hisobga olish va ularning so‘nggi 
bahosi hamda ularning chiqishidan keyingi moliyaviy natijalarni aniqlash, 
shuningdek korxonaning moliyaviy hisobotidagi nomoddiy aktivlar bo‘yicha 
axborotlarni ochib berishdan iborat. 
Nomoddiy aktivlar — mahsulot ishlab chiqarish jarayonida korxonalarning 
mulk obektlaridan foydalanish maqsadida, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish 
yoki tovarlarni sotish yoxud uzoq muddat davomida mamuriy va boshqa 
vazifalarni amalga oshirish uchun mol-mulki saqlab turilmaydigan mulklarning 
Identifikatsiya qilingan obektlaridir. 
18
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan 7-son "Nomoddiy aktivlar" Buxgalteriya 
hisobi milliy standarti. 2005 yil 27 iyun 


159 
Nomoddiy aktivlarni aniqlash, aktiv xo‘jalik foydalanilgani va jismoniy 
mazmunga ega bo‘lmaganini talab etadi. Jismoniy ma’noga ega bo‘lmagan 
aktivlar, agar ularning egalik huquqini qo‘shgan va ular uzoq muddat davomida 
foydalaniladigan hollarda nomoddiy aktivlarni aniqlashga javob beradilar. 
SHartnomaviy va boshqa yuridik huquqlar vujudga kelishidan qatiy nazar. 
Agar: 
- aktiv bilan bog‘liq kelgusida iqtisodiy manfaatdorlik korxonaga kelishiga 
ishonch mavjud bo‘lsa; 
- aktiv qiymati aniq hisoblangan bo‘lsa nomodliy aktivlar aktiv sifatida tan 
olinali. 
Korxona kelgusida faqat quyidagilar mavjud bo‘lgan taqdirda nomoddiy aktiv 
bilan bog‘liq hisoblangan iqtisodiy foydalar olishi mumkin: 
- kelgusida korxonaning iqtisodiy foydasi (daromadi)ning ko‘payishi 
aktivning qobiliyati, shuningdek, korxonaning aktivdan shu maqsadda foydalanish 
borasidagi niyati isbotlansa; 
- etarli rusurslar mavjud bo‘lsa, yoki korxona kelgusida kutgan iqtisodiy 
foydani chiqarib olishi uchun ularning qulayligi. 
Nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobining birligi inventar obekt hisoblanadi. 
Nomoddiy aktivlarning inventar obekti bitta patent, guvohnoma, huquqiy yon 
berish shartnomasi va boshqalardan kelib chiqadigan huquqlar majmuidan iborat. 
Bir inventar obekt boshqasidan farq qilishining asosiy belgisi uning mahsulot 
ishlab chiqarishdagi mustaqil vazifasini bajarishda, ishlarni bajarish yoki xizmat 
ko‘rsatish yoxud korxonaning ma’muriy yoki boshqa vazifalari bajarilishida 
foydalanishga xizmat qilishidan iborat, 
Ikki yoki bir nechta korxonaning egaligida bo‘lgan nomoddiy aktivlarning 
obekti umumiy egalikdagi uning ulushiga qarab har bir korxonaga nomoddiy 
aktivlarning tarkibida aks etadi. 
YUqorida qayd etilgan barcha shartlarga javob beruvchi quyidagi obektlarni 
nomoddiy aktivlarga kiritish mumkin: 


160 

ixtiroga patent, sanoat namunasi, foydali modelga egalik qiluvchining qat’iy 
huquqi; 

EHM uchun dasturlar, malumotlar bazalariga bo‘lgan mualliflik yoki 
boshqa qonuniy egalik qiluvchilarning qat’iy huquqi; 

integral mikrosxemalarning topologiyasiga bo‘lgan mualliflik yoki boshqa 
qonuniy egalik qiluvchilarning qat’iy huquqi; 

tovar va xizmat qilish belgisiga qonuniy egalik qiluvchining qatiy huquqi, 
shuningdek, tovar ishlab chiqariladigan joy nomidan foydalanish huquqi; 

patentga egalik qiluvchining seleksiya yutug‘iga bo‘lgan qat’iy huquqi; 

gudvill; 

tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, ya’ni er osti va tabiiy muhitning 
boshqa resurslari, geologiya va tabiiy muhit haqidagi boshqa axborotlar 
singarilardan foydalanish huquqi; 

mol-mulkdan foydalanish huquqi, ya’ni er uchastkasi, binolar va 
boshqalardan foydalanish huquqi; 

boshqa nomoddiy aktivlar (mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va 
xizmat ko‘rsatish, iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan foydalanish kabilarga bo‘lgan 
huquq). 
SHu bilan birga, qati’y huquq — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat 
egalik qilish huquqiga ega shaxs tomonidan yoki uning roziligi bilan uchinchi 
shaxsga berilishi mumkin bo‘lgan mulkiy huquqdir. 
Nomoddiy aktivlar tarkibida, shuningdek tasis hujjatlariga muvofiq tan 
olingan tashkiliy xarajatlar ham hisobga olinadi. 
SHuni nazarda tutish kerakki, nomoddiy aktivlar tarkibiga korxona ishchi 
xodimlarining aqliy va ishchanlik sifatlari, ularning mehnatga bo‘lgan malakasi va 
qobiliyati qo‘shilmaydi, chunki bu xususiyatlar o‘z egalaridan ajralmaydigan 
xususiyat bo‘lib, ulardan foydalanilmaslik mumkin. 
Nomoddiy aktivlarning eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishlari litsenziyalar, 
patentlar, mualliflik huquqi, kompyuter dasturi bilan taminlanganlik, import 
kvotalari, nouxau, franchayz, savdo markalari, tashkiliy xarajatlar, gudvill va 


161 
boshqalardir. Quyida nomoddiy aktivlarning subektlar faoliyatida ko‘proq 
uchraydigan ba’zi ko‘rinishlarning tavsiflari keltiriladi. 
Patent — u yuridik tomondan ro‘yxatga olingan va tan olingan qati’y huquq. 
Patent huquqi egalik qiluvchiga boshqa shaxslarning aralashmasligida patent tatbiq 
etiladigan jarayon va faoliyat yuritishga hamda mahsulotlardan foydalanish, ishlab 
chiqarish, sotish va nazorat qilishga imkon yaratadi. 
Sanoat dizaynini ro‘yxatta olish. Sanoat dizaynini ro‘yxatga olish patentning 
ishlab chiqarilgan mahsulotning shakli, namunasi yoki bezagiga nisbatan 
qo‘llanilishiga o‘xshashdir. Patent faoliyatni himoya qilsa, sanoat dizaynini 
ro‘yxatga olish mahsulotning tashqi ko‘rinishini himoya qiladi. Masalan, komputer 
terminalining yangi dizayni dizaynni ro‘yxatga olish tomonidan himoya qilinadi, 
yangi "Rentium IV" kompyuteri esa patent tomonidan himoya qilinadi. 
Mualliflik huquqi — qonun tomonidan adabiyot asarlari, musiqa, tasviriy 
san’at kabi ijodiy ishlarning mualliflariga qaratilgan himoya shakli. Mualliflik 
huquqi egalariga ma’lum ekskluziv huquq, shu jumladan o‘z ishlarini nashr qilish, 
qayta nashr qilish va ko‘paytirish, o‘z asarlarini sotish va nusxalarini tarqatish, ijro 
etish va yozish huquqi beriladi. 
Savdo markalari va savdo nomlari. Savdo markalari (masalan, "Nestle", 
"Adidas") va (yoki) savdo nomlari (Coka-Cola) — bu kompaniyalarga, mahsulot 
yoki xizmatlarga berilgan nomlar, belgilar yoki boshqa belgilovchi aksiyalardir. 
Ular egalik qilishni asoslash uchun ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin. Bunday 
holatda mahsulotlarning nomi, belgisi yoki boshqa belgilovchi identifikatsiyalar 
yuridik tomondan himoyalangan bo‘ladi. 
Franchayz — ma’lum shakllar, texnologiyalar yoki tashqi ko‘rinishdan juda 
yaxshi foydalanishga bo‘lgan huquq. Franchayzlar odatda davlat mulkidan 
foydalanish yoki kommunal xizmatlar ko‘rsatish huquqini olish uchun hukumat 
organlari tomonidan va aniq vazifalar hamda aniq xizmatlardan foydalanish 
huquqini olish uchun xo‘jalik subektlari tomonidan beriladi. Franchayz haqidagi 
har bir shartnoma u amal qiladigan davrdagi muddatni, shuningdek franchayz 


162 
(foydalanish huquqidagi imtiyozlarni beruvchi subekt) va franchayzlar (mazkur 
imtiyozni oluvchi subektlar)ning huquq va majburiyatlarini aniqlashtiradi. 
Tashkiliy xarajatlar — faoliyatni tashkil etishda vujudga keladigan sarflar. 
Tashkiliy faoliyat, masalan, yuridik va ro‘yxatga olishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mansub 
bo‘ladigan sarflar tashkiliy xarajatlar sifatida kapitallashtirilishi mumkin. Tashkiliy 
xarajatlarni kapitallashtirish uchun mazkur xarajatlar kelgusida foyda keltiradigan 
dalillar asos bo‘lib hisoblanadi. Bir hisobot davrida tashkiliy xarajatlarning barcha 
yig‘indisi faoliyatning foyda bilan xarajatga nomutanosiblikka olib keladigan 
moliyaviy natijalarga kiritiladi. 
Nomoddiy aktivlarning ba’zilari ikkita maxsus tavsifga ega bo‘ladi: ular uzoq 
muddatli bo‘nak to‘lovlari hisoblanadi va ular boshqa tarafga sotilishi mumkin 
bo‘lgan egalik qiluvchining hech qanday huquqlari bilan taqsimlanmaydi. 
Nomoddiy aktivlar quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflanishi mumkin: 
egalik qilish tavsifi bo‘yicha: ayirboshlanganlar, masalan, litsenziyalar, 
patentlar, dasturiy ta’minlash, nouxau kabilar; ayirboshlanmaganlar, masalan, 
tashkiliy xarajatlar va gudvill. 
Identifikatsiyalash bo‘yicha:
a) alohida identifikatsiyalanganlar. Ba’zi nomoddiy aktivlar firmaning 
aktivlaridan alohida tenglashtirilishi mumkin, masalan, litsenziyalar, savdo 
markalari, franchayz, tashkiliy xarajat va boshqalar; 
b) 
alohila identifikatsiyalanmaydiganlar. Boshqa nomoddiy aktivlar 
alohida identifikatsiyalanmaydi, balki aksincha — ularning qiymati firmaning 
boshqa aktivlari bilan o‘zaro aloqalaridan olinadi. Masalan, mijozlarning 
ishonchiga yoki xodimlar malakasining darajasiga asoslanadigan gudvil. 
Barcha turdagi nomoddiy aktivlarning dastlabki bahosi uchun ularning 
dastlabki qiymat asos bo‘lishi kerak va ular buxgalteriya hisobiga ana shu qiymat 
bo‘yicha qabul qilinadi. 
Dastlabki qiymat — nomoddiy aktivlarni tashkil etish (ishlab chiqish) yoki 
sotib olish, to‘langan va soliqlarga to‘lanmaydiganlarni qo‘shgan holda to‘langan 


163 
xarajatlar, shuningdek, uni vazifasi bo‘yicha foydalanish uchun aktivni ish holatiga 
keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarning qiymati. 
Qoldiq qiymat — moliyaviy hisobotda aks etadigan nomoddiy aktivning 
dastlabki qiymati va amortizatsiya tufayli to‘plangan summa o‘rtasidagi farq 
sifatida belgilangan hajmi. 
To‘lash uchun olingan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati quyidagi 
xarajatlardan shakllanishi mumkin: 
a) egalik huquqiga ega shaxsga shartnomaga muvofiq yon berish huquqidan 
to‘langan summa; 
b) ro‘yxatga olish yig‘imlari, davlat bojlari, patent bojlari va egalik qilish 
huquqiga ega shaxsning qat’iy huquqiga yon berish bilan bog‘liq bo‘lgan 
o‘tkazilgan boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar; 
v) bojxona bojlari va yig‘imlar; 
g) nomoddiy aktivlarning sotib olish bilan bog‘liq soliqlar, yig‘imlar va 
to‘lovlar; 
d) nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq axborotlar va maslahat 
xizmatlari uchun to‘lanadigan summa; 
e) nomoddiy aktivlarni sotib olishda ishtirok etgan vositachilarga to‘langan 
haq; 
j) nomoddiy aktivlarni etkazib berish tavakkalchiligining sug‘urtasi bo‘yicha 
xarajatlar; 
z) aktivlardan vazifasi bo‘yicha foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish 
bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar. 
Sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq to‘lash, tayyorgarlik ko‘rish, 
ro‘yxatga olish va sotib olish bo‘yicha shartnomalarni yopish bilan bog‘liq 
xarajatlar, aktivlarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar 
nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatiga qo‘shilmaydi, balki o‘sha hisobot 
davrida ular vujudga kelgan xarajatlar deb e’tirof etilishi kerak. 
Sotib olingan nomoddiy aktivlarga to‘lash paytida, agar shartnoma shartlarida 
uzaytirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, aniq xarajatlar 


164 
buxgalteriya hisobiga kredit oralik qarzining dastlab e’tirof etilgan summasi 
bo‘yicha qabul qilinadi. 
Kreditdan foydalanganlik uchun foiz ko‘rinishidagi xarajatlarga to‘liq yoki 
qarz kapitali hisobiga qisman to‘lab sotib olingan nomoddiy aktivlarning dastlabki 
qiymati qo‘shilmaydi. 
Nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi: 
a) kompyuter dasturiga qat’iy huquqning dastlabki qiymatiga: Dt 0830 - 
«Nomoddiy aktivlarni xarid qilish", Kt 6010 - «Mol etkazib beruvchi va 
pudratchilarga to‘lov schyoti" schyoti. 
b) vositachi uchun sarflash summasiga: Dt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni 
xarid qilish", Kt 6990 - «Boshqa majburiyatlar" schyoti. 
v) etkazib beruvchi va vositachi oldidagi qarzni undirish: Dt 6010 - «Mol 
etkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lov schyoti", Dt 6990 - «Boshqa 
majburiyatlar" , Kt «Pul mablag‘lari» schyoti. 
g) bitim to‘lovi bo‘yicha bank xizmati xarajatlari summasiga: Dt 9430 - 
«Boshqa operatsiyalar xarajati", Kt «Pul mablag‘lari» schyoti. 
d) kompyuter dasturi taminotidan foydalanishga o‘tkazish: Dt «Nomoddiy 
aktivlar», Kt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti. 
CHet el valyutasida sotib olingan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati 
nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan tegishli xarajatlarni qo‘shgan 
holda yuk bojxona deklaratsiyasi to‘ldirilgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki kursi bo‘yicha chet el valyutasini hisoblash yo‘li bilan so‘mda 
belgilanadi. 
Misol. "Intellektual" MCHJ O‘zbekistonda doimiy vakolatxonasiga ega 
bo‘lmagan chet el firmasidan O‘zbekiston Respublikasi hududida kompyuter 
dasturini ko‘paytirish va tarqatishga maxsus huquq oladi. Olingan maxsus 
huquqning qiymati 1000 AQSH dollarini tashkil etadi va bir yo‘la to‘lov bilan 
amalga oshiriladi. SHartnoma shartlari bo‘yicha nomoddiy aktivga egalik huquqi 
2017 yil 1 mayda xaridorga o‘tadi, to‘lov esa 2017 yil 30 - maygacha amalga 
oshirilishi kerak. 


165 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan AQSH dollariga 
belgilangan kurs: 

nomoddiy aktivning yuk bojxona deklaratsiyasi to‘ldirilgan sanada — 7800 
so‘m (1 AQSH dollari); 

nomoddiy aktiv bo‘yicha qarzning to‘lovi sanasida - 7815 so‘m (1 AQSH 
dollari)ni tashkil etdi. 
Nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari 
buxgalteriya hisobida quyidagicha hisobga olinadi: 
a) nomoddiy aktivlar obektlarini yuk bojxona deklaratsiyasi to‘ldirilgan 
sanada Markaziy bank kursi bo‘yicha kirimni qayd etish: Dt 0830-
«Nomoddiy aktivlarni sotib olish", Kt 6010 - «Mol etkazib beruvchi va 
pudratchilarga to‘lov schyoti" schyoti. 
b) Nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatiga qo‘shiladigan QQS 
summasiga: Dt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish", Kt 6410 - «Budjetga 
to‘lovlar bo‘yicha qarzlar (turlar bo‘yicha)" schyoti. 
v) etkazib beruvchi oldidagi qarzni undirishda: Dt 9620 - «Valyuta kurslari 
farqlaridan zarar" schyoti, Kt 6010 - «Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga 
to‘lov schyoti" schyoti, Kt 5200 –“CHet el valyutasida pul mablag‘lari» schyoti. 
Korxonalarning o‘zi tomonidan yaratilgan (tayyorlangan) nomoddiy 
aktivlarning 
dastlabki 
qiymati 
ilmiy-tadqiqot 
va 
tajriba-konstruktorlik 
ishlanmalariga aniq sarflangan summa sifatida belgilanadi.
19
Aktivlarni nomoddiy sifatiga buxgalteriya hisobiga qabul qilishda bir yo‘la 
quyidagi shartlar bajarilishi lozim: 
a) moddiy- mulkiy (jismoniy) mazmun (shakl)larning bo‘lmasligi; 
b) o‘lchamlilik va ma’nolilik; 
v) ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish yoxud korxonani uzoq muddat 
davomida, ya’ni 12 oydan ko‘proq vaqt agar u foydali xizmat 12 oydan ko‘proq 
19
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 591son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan "Ilmiy-tadqiqot va 
tajriba-konstruktorlik ishlariga sarflar" BHMS. 1998 yil 28 dekabr. 


166 
muddatdan ortiq davrda oddiy operatsiya jarayonida boshqarish ehtiyoji va boshqa 
maqsadlarni bajarish paytida mahsulot ishlab chiqarishda foydalanishligi; 
g) mazkur mulkni keyinchalik olib sotish niyatning yo‘qligi; 
d) ishonchlilik, ya’ni intellektual faoliyat natijasida korxonada qat’iy huquqni 
va aktivning mavjudligini tasdiqlovchi tuzilgan zarur hujjatlarning mavjudligi; 
e) korxonaning boshqa mol-mulkdan identifikatsiyalash imkoniyati, ya’ni u 
foydalaniladigan ishlab chiqarishdan alohida foydalanish imkoniyati bo‘lishligi. 
Nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarish davrida ularni ishlab chiqish uchun 
olingan kreditlar bo‘yicha o‘tkazilgan foizlar ishlab chiqarilgan nomoddiy 
aktivlarning dastlabki qiymatiga qo‘shiladi. 
Nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari 
buxgalteriya hisobida quyidagicha hisobga olinadi: 
a) ishlanmalar mualliflariga ish haqi hisoblandi: Dt 0830 - «Nomoddiy 
aktivlarni sotib olish" schyoti, Kt 6710 - «Ish haqi bo‘yicha xodimlarga haq 
to‘lash" schyoti. 
b) ish haqi fondidan 25 % miqdorida yagona ijtimoiy to‘lov hisoblandi: Dt 
0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti, Kt 6520 - «Davlat maqsadli 
fondiga to‘lovlar" schyoti. 
v) ishlab chiqarish jarayonida asosiy vositalar bo‘yicha eskirish qo‘shib 
yozildi: Dt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti, Kt 0200 –“Asosiy 
vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyot”. 
g) ishlanmalarni tegishli davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq 
xarajatlarni aks ettirish: Dt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti, Kt
«Turli kreditorlar qarzini hisobga oluvchi» schyot.
d) intellektual faoliyat natijasida mutlaq huquqlarning dastlabki qiymati 
bo‘yicha kirimni qayd etish; Dt 0400 - “Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi» 
schyot, Kt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti. 
Korxonaning ustav kapitaliga ulush hisobida olingan nomoddiy aktivlarning 
dastlabki qiymati, agar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqacha 


167 
nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularning korxona ta’sischilari bilan kelishilgan pul 
bahosiga asosan belgilanadi. 
Mazkur xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks 
ettiriladi 
a) Ta’sischilar qarori bilan jamiyat ustaviga kiritilgan o‘zgartishlar ro‘yxatga 
olish organlarida ro‘yxatga olingan kunda ustav kapitalini oshirish: Dt 4610 - 
«Ta’sischilarning ustav kapitaliga kiritmalari bo‘yicha qarzi" schyoti, Kt 8300 – 
«Ustav kapitalini hisobga oluvchi» schyot. 
b) ta’sischining ustav kapitaliga badal bo‘yicha qarzi unga tegishli nomoddiy 
aktivni o‘tkazish yo‘li bilan qoplandi: Dt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" 
schyoti, Kt 4610 - «Ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushi bo‘yicha qarzi" 
schyoti. 
v) nomoddiy aktiv foydalanishga topshirildi: Dt 0400 - Nomoddiy aktivlarni 
hisobga oluvchi» schyot, Kt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish» schyoti. 
Korxona tomonidan boshqa shaxslardan beg‘araz va davlat subsidiyasi 
hisobiga olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati joriy qiymat 
bo‘yicha aniqlanadi va bu qiymat nomoddiy aktivlarning mazkur turi uchun faol 
bozorni, jumladan, ularni olishga bog‘liq tegishli xarajatlarni hisobga olgan holda 
aniqlangan taqdirda to‘g‘ri hisoblanadi. Nomoddiy aktivlarning mazkur turi uchun 
faol bozor bo‘lmasa, ularning boshlang‘ich qiymati nominal qiymat yoki ularni 
tashkil etishdagi haqiqiy sarf summasi bo‘yicha, shuningdek, nomoddiy aktivni 
maqsadli foydalanishga tayyor holatga keltirish bilan bog‘liq sarflar bo‘yicha 
belgilanadi. 
Tekinga olingan nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks 
ettiriladi: Dt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti, Kt 8530 - «Tekinga 
olingan mulk" schyoti. 
b) nomoddiy aktiv foydalanishga topshirildi: Dt 0400 - Nomoddiy aktivlar» 
schyoti, Kt 0830 “Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti. 


168 
Qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan tartibda xuddi shunday nomoddiy aktivga 
almashtirib olingan nomoddiy aktivning boshlang‘ich qiymati berilgan nomoddiy 
aktivning qoldiq qiymatiga teng. 
Nomoddiy aktivlar qo‘shimcha haq to‘lab almashtirilganda, bir xil nomoddiy 
aktivlarni almashtirish hisobiga sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich 
qiymati berilgan nomoddiy aktivlarning almashtirish paytida o‘tkazilgan pul 
mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari summasiga ko‘paytirilgan qoldiq 
qiymatiga teng. 
O‘xshash bo‘lmagan nomoddiy aktivga almashtirish yo‘li bilan olingan 
nomoddiy aktivning boshlang‘ich qiymati, qonun hujjatlarida ko‘rsatilganidek, 
berilgan nomoddiy aktivning joriy qiymatiga teng bo‘ladi. 
Nomoddiy aktivlar qo‘shimcha haq to‘lab almashtirilganda, bir xil bo‘lmagan 
nomoddiy aktivlarga almashtirib sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich 
qiymati berilgan nomoddiy aktivning almashtirish paytida o‘tkazilgan pul 
mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari summasiga ko‘paytirilgan joriy qiymatiga 
teng. 
Qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda pulsiz vositalar bilan majburiyat 
bajarilishini nazarda tutgan shartnoma bo‘yicha olingan nomoddiy aktivlarning 
boshlang‘ich qiymati deb korxona tomonidan berilgan yoki berilishi lozim bo‘lgan 
qimmatli buyumlarning joriy qiymati tushuniladi. Korxona tomonidan berilgan 
yoki berilishi lozim bo‘lgan qimmatli buyumlarning joriy qiymatini korxona 
shunga o‘xshash boyliklarning hozirgi qiymatini taqqoslaganda paydo bo‘ladigan 
narxdan kelib chiqib belgilaydi. 
Korxona tomonidan berilgan yoki berilishi lozim bo‘lgan qimmatli 
buyumlarning joriy qiymatini belgilash imkoniyati bo‘lmasa, pulsiz vositalar bilan 
majburiyatni bajarishni nazarda tutuvchi shartnomalar bo‘yicha korxona 
tomonidan olingan nomoddiy aktivlarning qiymati o‘xshash holatlarda shu kabi 
nomoddiy aktivlar sotib olinadigan joriy qiymatidan kelib chiqib belgilanadi. 
Umumiy summaga sotib olingan nomoddiy aktivlardan har birining boshlang‘ich 


169 
qiymati bu summani alohida nomoddiy aktivning joriy qiymatiga proporsional 
tarzda teng taqsimlash yo‘li bilan belgilanadi. 
Korxonalarda qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda nomoddiy aktivlarni 
ayirboshlash yo‘li bilan sotib olish buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks 
etiriladi: 
a) qo‘shimcha haq to‘lamasdan almashtirish yo‘li bilan olingan nomoddiy 
aktivlar obektini uning qoldiq qiymati yoki o‘xshash bo‘lmagan nomoddiy 
aktivlarning joriy qiymati bo‘yicha kirim qilishda: Dt 0400 
«Nomoddiy 
aktivlar» schyotining turi bo‘yicha schyoti, Kt 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqib 
ketishi" schyoti. 
b) pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalenti bilan qo‘shimcha haq to‘lab 
ayirboshlash tariqasida olingan nomoddiy aktivlarning obektini kirim daftarida 
qayd etishda: Dt 0400«Nomoddiy aktivlar» turi bo‘yicha schyoti -o‘tkazilgan 
nomoddiy aktivning qoldiq qiymati, Dt «Pul mablag‘lari yoki ularning 
ekvivalenti» schyoti, Kt 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti 
o‘tkazilgan nomoddiy aktivning qoldiq yoki hozirgi qiymati bo‘yicha; Kt 6990 - 
«Boshqa majburiyatlar" schyoti ayirboshlash paytida to‘langan pul mablag‘lari 
yoki ularning ekvivalenti summasiga. 
v) pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlarini olish bilan ayirboshlangan 
nomoddiy aktivlar obektini kirim daftarida qayd etishda:
Dt 0400 
«Nomoddiy aktivlar» aktivning turi bo‘yicha schyoti - berilgan 
nomoddiy aktivning qoldiq (joriy) qiymati va almashtirishda olingan pul 
mablag‘lari yoki ularning ekvivalenti summasi o‘rtasidagi tafovut summasiga Dt
4890 - «Boshqa debitorlarning qarzi" schyoti ayirboshlash paytida olingan 
pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari summasiga, Kt 9220 - «Boshqa 
aktivlarning chiqib ketishi" schyoti berilgan nomoddiy aktivning qoldiq (joriy) 
qiymati. 


170 
Buxgalteriya hisobiga qabul qilingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich 
qiymati 7-sonli BHMS ko‘rsatilganlardan tashqari hollarda o‘zgartirilishi mumkin 
emas.
20
Nomoddiy aktiv dastlab etirof etilgandan keyin moliya hisobotida to‘plangan 
amortizatsiya (qoldiq qiymat) chiqarib tashlangandan keyingi boshlang‘ich qiymati 
bo‘yicha yoxud qayta baholangan qiymat bo‘yicha aks ettiriladi. 
Nomoddiy aktivni moliya hisobotida ifoda etishda qo‘llanilgan uslub 
dastlabki etirofdan keyin korxonaning hisob-kitob siyosatida majburiy tartibda aks 
ettirilishi kerak. 
Nomoddiy aktivlar tashkil etilishi yoki korxonaga kelib tushishi va 
rejalashtirilgan maqsadlarda foydalanishga yaroqli holatga keltirish ishlari 
tugatilishiga qarab qabul qilish dalolotnomasiga asosan nomoddiy aktivlar 
tarkibiga kiritilishi kerak. 
Nomoddiy aktivlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni rasmiylashtirish 
uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich hisob hujjatlarining tasdiqlangan shakli yo‘qligi 
sababli amaliyotda ko‘pincha nomoddiy aktivlarning kelib tushishi va chiqib 
ketishi noto‘g‘ri rasmiylashtiriladi. SHuning uchun qonunning 9-moddasi va 
boshqa meyoriy hujjatlar talablaridan kelib chiqqan holda nomoddiy aktivlar 
bo‘yicha dastlabki hujjatlar shaklini mustaqil ishlab chiqish zarurati tug‘iladi.
21
Yirik korxonalarda nomoddiy aktivlarni kirim daftariga qayd etish bilan 
bog‘liq barcha operatsiyalar, odatda, birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirish 
bo‘yicha majburiyat yuklangan doimiy harakatdagi komissiya ishtirokida amalga 
oshiriladi. Birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirishning boshqa varianti muayyan 
nomoddiy aktivni qabul qilib olish bo‘yicha alohida buyruq chiqarish bilan 
bog‘liq. 
20
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1485-son bilan ro‘yxatga olingan 7-sonli "Nomoddiy 
aktivlar" BHMS. 2005 yil 27 iyun 
21
O‘zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi qonunning 9-moddasi. 1996 y (2016yil yangi 
tahrirda) 


171 
Nomoddiy aktivlarni qayta baholash uni bozor narxining joriy darajasi bilan 
mos keltirish maqsadida nomoddiy aktivlarning balans qiymatini muntazam 
aniqlashtirib borishdan iborat. 
Korxona qayta baholashni, faol bozor ma’lumotlari asosida joriy qiymatni 
aniq belgilash mumkin bo‘lsa, qayta baholash kunidagi joriy qiymatni tasdiqlovchi 
hujjatlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta hisoblash yo‘li bilan amalga oshirishi 
mumkin. 
Balans qiymat balans hisoboti tuzilgan kundagi bozor qiymatidan qatta farq 
qilmasligi uchun qayta baholash etarli darajada muntazam amalga oshirilishi kerak. 
Nomoddiy aktivni qayta baholashda, bunday aktivlar uchun faol bozor 
bo‘lgan hollardan tashqari holatlarda mazkur qayta baholanayotgan aktiv mansub 
bir turdagi nomoddiy aktivlarning barcha guruhi ham qayta baholanishi kerak. 
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar joriy qiymati bo‘yicha 
buxgalteriya hisob va moliyaviy hisobotda aks ettiriladi. 
Nomoddiy aktivning joriy qiymatini nomoddiy aktivning mazkur turi 
bo‘yicha faol bozor narxi asosida aniqlash mo‘mkin. Agar qayta baholanayotgan 
nomoddiy aktivlar guruhidan bo‘lgan nomoddiy aktiv bunday nomoddiy aktivga 
faol bozor bo‘lmaganligi uchun qayta baholana olmasa, bunday aktiv to‘plangan 
amortizatsiya chiqarib tashlanib uning boshlang‘ich qiymati bo‘yicha hisobga 
olinishi kerak. 
Agar ilgari qayta baholangan nomoddiy aktivning joriy qiymati endilikda faol 
bozor ma’lumotlari asosida aniqlanishi mumkin bo‘lmasa, nomoddiy aktivning 
balans qiymati to‘plangan amortizatsiya chiqarib tashlangandan keyingi faol bozor 
ma’lumotlari asosida so‘nggi qayta baholash kunidagi tiklovchi qiymati bo‘lishi 
kerak. 
Nomoddiy aktivlarni qayta baholashda uning joriy qiymatini hujjat asosida 
tasdiqlash uchun korxona ixtiyoriga ko‘ra quyidagilardan foydalanish mumkin: 
a) ishlab chiqaruvchi firmalar va ularning maxsus dilerlari, vakolatxonalardan 
yozma shaklda olingan o‘xshash nomoddiy aktivga berilgan narxlar to‘g‘risidagi 
malumotlar; 


172 
b) qayta baholash o‘tkazilgan va nomoddiy aktivlar sotib olingan kundagi 
Markaziy Bank kurslari nisbatiga qarab belgilangan hisob-kitob koeffitsentini 
qo‘llash bilan erkin muomaladagi valyutada sotib olingan kundagi (tasdiqlovchi 
hujjat bo‘lganda) nomoddiy aktivlarning qiymati haqidagi ma’lumotlar; 
v) qayta baholash davrida ommaviy axborot vositalari, maxsus adabiyot va 
boshqalarda elon qilingan joriy narxlar darajasi haqidagi ma’lumotlar; 
g) tegishli nomoddiy aktiv qiymati haqida baholovchining ekspert xulosasi. 
Nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati qayta baholanganda ularni qayta 
baholash o‘tkazilgan kundagi to‘plangan amortizatsiyasi nomoddiy aktivlarning 
boshlang‘ich qiymati indeksiga moslashtiriladi va keyingi amortizatsiya ustamasi 
qayta baholangan qiymatidan o‘tkaziladi. Qayta baholash indeksi nomoddiy 
aktivning joriy qiymatini uning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi. 
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlarni qo‘shimcha baholash summasi 
"Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotidagi zaxira kapitali 
tarkibiga kiritiladi. 
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar bahosini pasaytirish summasi 
oldingi hisobot davrida o‘tkazilgan mazkur obektning baholashdan avvalgi 
summasi doirasida "Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotidagi 
zaxira kapitalining pasaytirilishiga kiritiladi. Obektni qo‘shimcha baholash 
summasining uning kamaytirilgan summasidan ortig‘i boshqa operaiion 
xarajatlarga kiritiladi. 
Nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalari nomoddiy aktivlarni qayta 
baholash o‘tkazilgan joriy davrdagi moliyaviy hisobotda aks ettiriladi. 
Nomoddiy aktivlarning tiklovchi qiymatigacha bo‘lgan uning balans 
qiymatining qayta baholanishi buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi: 
a) nomoddiy aktivlar balans qiymatining ko‘payishi: Dt 0400 «Nomoddiy 
aktivlar» schyoti, Kt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" 
schyoti. 


173 
b) nomoddiy aktivlarning oldingi qayta baholanishi doirasidagi summaga 
balans qiymatini kamaytirish: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha 
tuzatishlar" schyoti, Kt 0400 «Nomoddiy aktivlar» schyoti. 
Mazkur nomoddiy aktiv bo‘yicha avvalgi qayta baholashdagi ko‘payishdan 
ortadigan arzonlashtirish summasi xarajat hisoblanib, 9430 - «Boshqa operaiion 
xarajatlar" schyotida aks ettiriladi. 
v) qayta baholashda nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya summasining 
ko‘payishi: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti, 
Kt 0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi» schyoti. 
g) nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya summasining kamayishi: Dt 
0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi» schyoti, Kt 8510 - 
«Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti. 
Nomoddiy aktivlar hisobi schyotida xususiylashtirishda tashkil topgan 
Gudvill summasiga ega bo‘lgan xususiylashtirilgan tashkilotlar qayta baholash 
natijalari bo‘yicha bu summani kamaytirishi va buxgalteriya hisobida quyidagi 
tarzda aks ettirishi kerak: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha 
tuzatishlar" schyoti, Kt 0480 – “Gudvil" schyoti. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə