5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»



Yüklə 161,61 Kb.
səhifə19/35
tarix17.12.2023
ölçüsü161,61 Kb.
#149740
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va moh-fayllar.org

Xotira, xayol va tasavvur. Garchi sezish va idrok etish insonning barcha bilimlari
manbai sanalsa-da, hissiy bilish ular bilangina kifoyalanmaydi. U yoki bu predmet insonning
sezgi a’zolariga ma’lum vaqt mobaynida ta’sir ko’rsatadi. So’ngra bu ta’sir barham topadi. Biroq
predmetning obrazi izsiz yo’qolmaydi. U xotirada gavdalanadi va saqlanib qoladi. Binobarin,
biron-bir narsa haqida u yo’qolganidan keyin ham fikr yuritish mumkin, chunki u haqda
muayyan tasavvur qoladi. YUmiq ko’zlar bilan ham biz nimalarnidir tasavvur qilamiz.
SHunday qilib, biz haqiqatga eltuvchi yo’l naqadar og’ir ekanligini ko’ramiz: u amalda
jonning barcha kuchlari – xotira, iroda, tasavvur, intuitsiya va aqlning bor kuchini ishga solishni
nazarda tutadi. Masalan, xotirani olaylik. Bilish haqida xotirasiz fikr yuritish mumkinmi?
Albatta, yo’q: xotirasiz jon – baliqsiz to’r degan gap. Bu ajoyib hodisasiz bilishni tasavvur qilish
mumkin emas.
Sezish va idrok etish jarayonlari o’zidan keyin miyada «iz» qoldiradi. Bu izlarning
mohiyati insonga ayni lahzada ta’sir ko’rsatmayotgan narsalarning obrazlarini gavdalantirish
qobiliyatidan va iborat.
Xotira o’tmish hozirgi zamonni birlashtiradi, ularning bir-biriga o’tishini ta’minlaydi.
“Tovushlar va so’zlar soni ko’paygandan keyin, odamga uning xotirasi yordamga keladi...
YOzuv ham xotira bilan birga inson imkoniyatlarini oshiradi”
1
. Agar obrazlar miyada unga
predmet ta’sir ko’rsatgan paytda paydo bo’lib, bu ta’sir to’xtaganidan keyin darhol g’oyib
bo’lganida, inson narsalarni har safar mutlaqo notanish narsalar sifatida qabul qilgan. U mazkur
narsalarni tanimagan, demak, ularni anglamagan bo’lar edi. Biror narsani anglash uchun aqlning
ishlashi – hozirgi holatni oldingi holat bilan taqqoslashi talab etiladi. Tashqi ta’sirlarning idrok
etilishi va ularning vaqtda saqlanishi natijasida xotirada tasavvurlar uyg’onadi.
Tasavvurlar – bu bir paytlar insonning sezgi a’zolariga ta’sir ko’rsatgan va 
keyinchalik miyada saqlanib qolgan aloqalar bo’yicha gavdalanadigan narsalarning 
obrazlaridir.
Sezish va idrok etish ong fikr gavdalanishining boshlanishi hisoblanadi. Xotira olingan
axborotni qayd etadi va saqlaydi. Tasavvurda esa ong ilk bor o’zining bevosita manbaidan
ajraladi va nisbatan mustaqil sub’yektiv hodisa sifatida mavjud bo’la boshlaydi. Inson nisbatan
yangi obrazlarni erkin yaratishga qodir. Tasavvur – bu idrok etish va nazariy tafakkur o’rtasidagi
bog’lovchi bo’g’in.
Xayol insonning muhim xossasi. Xayol tafakkur oqimida yetishmayotgan
ko’rgazmalilik o’rnini to’ldiradi. Xayol kuchi tajribada (ongda) mavjud obrazlarni nafaqat qayta 
chaqiradi, balki ularni bir-biri bilan bog’laydi va shu tariqa ularni umumiy tasavvurlar 
darajasiga ko’taradi. Obrazlarni qayta gavdalantirish xayol kuchi bilan erkin va bevosita
kuzatish yordamisiz amalga oshiriladi. Tasavvurlar paydo bo’lishining bu shakli bunday erkin
faoliyat ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lmagan, biroq amalda kuzatishga muhtoj bo’lgan va
obrazlar beixtiyor paydo bo’lishiga yo’l qo’yadigan oddiy eslashdan shu bilan farq qiladi.

Yüklə 161,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə