5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»



Yüklə 161,61 Kb.
səhifə21/35
tarix17.12.2023
ölçüsü161,61 Kb.
#149740
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35
5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va moh-fayllar.org

Eksperimentbu shunday tadqiqot metodiki, uning yordamida ob’yekt yo sun’iy 
tarzda yaratiladi, yo tadqiqot maqsadlariga mos keladigan ma’lum shart-sharoitlarda 
o’rganiladi. Eksperimentda tadqiqotchi ilmiy tadqiqotni o’tkazish shart-sharoitlariga faol 
aralashadi. U jarayonni istalgan bosqichda to’xtatishi mumkin bo’lib, bu ob’yektni yanada
mufassalroq o’rganish imkonini beradi. Tadqiqotchi o’rganilayotgan ob’yektni boshqa ob’yektlar
bilan har xil tarzda bog’lashi yoki u ilgari kuzatilmagan shart-sharoitlarni yaratishi va shu tariqa
fanga ma’lum bo’lmagan yangi xossalarni aniqlashi mumkin.
Eksperiment o’rganilayotgan hodisani sun’iy tarzda gavdalantirish va nazariy yoki
empirik bilim natijalarini amalda sinash imkonini beradi.
Eksperiment doim, ayniqsa hozirgi zamon fanida ba’zan juda murakkab texnika
vositalari, ya’ni asboblardan foydalanish bilan bog’liq. Asbob – bu insonning sezgi a’zolari
bilishi mumkin bo’lmagan hodisalar va xossalar haqida axborot olish uchun mo’ljallangan,
kerakli xossalarga ega bo’lgan moslama yoki moslamalar tizimidir. Asboblar bizning sezgi
a’zolarimizni kuchaytirishi, ob’yekt xossalarining faollik darajasini o’lchashi yoki ularda
o’rganilayotgan ob’yekt qoldirgan izlarni aniqlashi mumkin.
Tadqiqot maqsadlariga ko’ra o’rganish eksperimenti, yangi narsa yoki hodisani kashf
etish hamda yangi xossalarni aniqlovchi va ularni namoyish etuvchi tekshiruv eksperimenti;
(gipotezalarning to’g’riligini aniqlash), ob’yektlar yoki ularning xossalarini aniqlashga qaratilgan
sifat eksperimenti va o’rganilayotgan ob’yektning xossalarini o’lchash bilan bog’liq miqdor
eksperimenti farqlanadi. O’rganish ob’yektiga ko’ra tabiiy va ijtimoiy eksperiment, amalga
oshirish usullariga ko’ra esa – tabiiy va sun’iy, modelli va bevosita amaliy va tafakkur vositasida
amalga oshiriladigan eksperimentlar farqlanadi. SHuningdek ilmiy va ishlab chiqarish
eksperimenti ham mavjud. Ishlab chiqarish eksperimenti sanoat va dala sharoitidagi
eksperimentlarni o’z ichiga oladi. Modelli eksperiment alohida ahamiyatga ega. Fizik va
matematik modellashtirish farqlanadi. Fizik model’ o’rganilayotgan ob’yektning noma’lum
xossalarini aniqlash uchun uning ma’lum xossalarini gavdalantirishni nazarda tutadi
(samolyotlar, kosmik kemalar yoki neyronlarning modellari va sh.k.). Matematik model’ har xil
ob’yektlarning umumiy, funksional bog’liqligini tavsiflovchi formal (matematik) o’xshashligi
asosida tuziladiki, bu ham amalda mavjud ob’yektlarning noma’lum xossalarini aniqlash
imkonini beradi.



Eksperimentning asosiy metodi – o’rganilayotgan ob’yekt mavjud bo’lgan odatdagi


shart-sharoitlarni o’zgartirish. U o’rganilayotgan ob’yekt xossalari bilan shart-sharoitlar
o’rtasidagi sababiy bog’lanish, shuningdek shart-sharoitlarning o’zgarishi munosabati bilan bu
xossalarning o’zgarish xususiyatini aniqlash imkonini beradi. SHu bilan bir vaqtda, bu metod
predmetlarning tabiiy sharoitda namoyon bo’lmaydigan yangi xossalarini aniqlash uchun
imkoniyat yaratadi, masalan, sun’iy iqlim laboratoriyalarida o’simliklarning o’sishi va
rivojlanishiga temperatura, yorug’lik, namlik va shu kabilarning ta’sirini u yoki bu darajada
to’g’ri aniqlash mumkin. Hamonki shart-sharoitlar o’zgarishi bilan predmetning muayyan
xossalari o’zgarar (ba’zan yana yuzaga kelar), boshqa xossalarida esa sezilarli o’zgarishlar yuz
bermasligi
mumkin.
Eksperimentga
shart-sharoitlarni
nazorat
qilish,
jarayonlarning
ko’rsatkichlarini o’lchash imkoniyatining mavjudligi va asbob-uskunalardan foydalanish xosdir.
Inson tajriba o’tkazish chog’ida yanglishishi mumkin. Asboblar bu kamchilikdan xoli.
Mikroskop, teleskop, rentgen apparati, radio, televideniye, telefon, seysmograf va shu kabilar
yordamida inson o’zining idrok etish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi va
teranlashtirdi. Fan, ayniqsa tabiatshunoslikda erishilgan yutuqlar eksperiment o’tkazish
metodlari va vositalarining takomillashuvi bilan uzviy bog’liq. So’nggi yillarda olimlar, masalan,
ilmiy ijod jarayoniga bevosita kiritilgan komp’yuterlardan foydalanish imkoniyatiga ega
bo’ldilar.
Eksperimentni ko’p takrorlash va shu yo’l bilan xulosalarni kuzatuvlarning ko’proq
soniga tayangan holda asoslash mumkin. Eksperiment o’tkazish uchun dastlabki bilimlar kerak,
I.P.Pavlov qayd etganidek, dalillarni rivojlantirish predmet haqida umumiy tasavvurga ega
bo’lish lozim. Bu umumiy tasavvurlar, farazlar, gipotezalar oldingi kuzatishlar, eksperimentlar
va insoniyatning barcha tajribasidan olinadi. Ular eksperimentga yo’l ko’rsatadi. Aniq
anglanmagan maqsadsiz, ko’r-ko’rona amalga oshiriladigan kuzatish, eksperiment samara
berishi mumkin emas. Kallada g’oya bo’lmasa, hech qanday dalilni ko’rolmaysan, degan edi
I.P.Pavlov.
Kuzatish va eksperiment o’tkazish jarayonining natijasi tavsiflash yoki bayon etish
yo’li bilan ifodalanadi. U umumiy qabul qilingan atamalar yordamida tuzilgan, grafiklar,
rasmlar, foto va kinotasvirlar ilova qilingan, matematik, kimyoviy formulalar kiritilgan hisobot
ko’rinishida ifodalanishi ham mumkin. Tavsifga qo’yiladigan asosiy ilmiy talab – kuzatish va
eksperiment ma’lumotlarini to’g’ri va aniq aks ettirishdir. Tavsif to’liq yoki noto’liq bo’lishi
mumkin, biroq u doim materialni ma’lum darajada tizimga solishni, ya’ni uni guruhlash va
umumlashtirishni nazarda tutadi: sof tavsif ilmiy ijod doirasidagina qoladi.
Bilish empirik metodlarining muhim unsuri – taqqoslash, ya’ni o’rganilayotgan 
ob’yektlarning kuzatish yoki eksperimentda aniqlanayotgan xossalari o’rtasidagi o’xshashlik va 
farqlarni aniqlashdir. O’lchash – taqqoslashning ayrim ko’rinishi. Kuzatish va eksperiment
natijalari o’lchash yo’li bilan ifodalangan taqdirdagina ilmiy ahamiyatga ega bo’ladi. O’lchash – 
ob’yekt xossalarining rivojlanish darajasini tavsiflovchi kattalikni aniqlash jarayoni. U o’lchash
birligi sifatida qabul qilingan boshqa kattalik bilan taqqoslash shaklida amalga oshiriladi.

Yüklə 161,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə