|
5-mavzu: ilmiy tadqiqot mavzusi, maqsadi va vazifalarini shakllantirish Reja
|
səhifə | 4/6 | tarix | 22.03.2024 | ölçüsü | 45,11 Kb. | | #182761 |
| Ilmiy mavzu bu yechimini talab qiladigan murakkab vazifadir. Ilmiy-tadqiqotchilik ishi mavzui mauyyan ilmiy yo’nalishga yoki ilmiy muammoga tegishli bo’lishi mumkin.
Mavzular turlari:
Nazariy mavzular -asosan adabiyotlar manbalaridan foydalanib ishlab chiqiladi
Amaliy mavzular - xo’jalik amaliyotini o’rganish, umumlashtirish va tahlil etish asosida ishlab chiqiladi
Aralash mavzular - tadqiqotning nazariy va amaliy jihatlarini o’z ichiga oladi
Mavzuning tanlanishini belgilovchi omillar:
Magistrlik dissertatsiyalari mavzuini kafedralar belgilaydi.
Mavzu bu tadqiqotning funksional yo’nalishi aksidir .
Mavzu magistrantning qobiliyati, bilimlari, qiziqishlarining ochilishiga imkon berishi kerak
5.3.Ilmiy tadqiqot yo’nalishlarini tanlash.
Tadqiqot xarakteri:
1) Nazariy tadqiqot bu sof ilmiy, lekin ko’p yillar uchun ilmiy izlanishlarning istiqbolli va samarali nazariy-strategik yo’nalishidir;
2) Amaliy tadqiqot kasbiy faoliyatning muayyan sohasida keyinchalik muvaffaqiyatli ishlash uchun uning qandaydir yirik muammosini chuqurroq o’rganishga imkon beradi.
Dissertatsiya ishi maqsadlariga qarab tadqiqotlar tiplari
1. Umumlashtiruvchi – iqtisodiyot va ishlab chiqarishni tashkil etish sohasida to’plangan tajribani o’rganish va ilg’or amaliyotni umumlashtirish, o’rganilayotgan hodisalarning rivojlanish an’analarini aniqlash va turli iqtisodiy jarayonlarning ilmiy bashoratlarini ilgari surish.
O’ziga xos xususiyatlari: tadqiqotning ko’p tarqalgan va murakkab bo’lmagan turi, tadqiqotning turli obyektlaridan foydalanib, bir mavzu doirasida ko’plab variantlar tuzish mumkin.
2. Ommalashtiruvchi xarakteridagi – ayrim tashkilotlar (kichik tarmoqlar, tarmoqlar, milliy iqtisodiyotlar va hokazo) tajribasini boshqa tashkilotlarda (kichik tarmoqlar, tarmoqlar, milliy iqtisodiyotlar va hokazo) foydalanish imkoniyatlarini va maqsadga muvofiqligini ko’rsatish.
O’ziga xos xususiyatlari: sifatli bajarish sharti – amaliyotni yaxshi bilish.
3. Novatorlik – amaliyotga tegishli tavsiyalarni berish maqsadida yangi yoki nisbatan yangi iqtisodiy muammolarning ilmiy ishlab chiqilishi.
O’ziga xos xususiyatlari: qo’yilgan savollarga javoblar adabiyotlarda yo’q, amaliyot esa zarur tajribani endi orttirayapti, bu tadqiqotchidan yuksak nazariy tayyorgarlik, amaliyotni yaxshi bilish, yangi g’oyalarni ilgari surishda jasorat talab qiladi.
4. Chuqurlashtiruvchi xarakteridagi - aniq ijtimoiy-iqtisodiy va xo’jalik kategoriyalari va jarayonlari haqidagi tasavvurlarni chuqurlashtirish.
O’ziga xos xususiyatlari: iqtisodiy kategoriyalar va jarayonlarning adabiyotlarda yetarlicha to’la yoritilmagan va amaliyotda lozim darajada rivojlantirilmagan ayrim jihatlarini ishlab chiqish. Ko’rib chiqilayotgan muammo xarakteri ishning murakkablik darajani belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|