5-mavzu. Jaloliddin Rumiy va Imomiddin Nasimiy asarlarida tasavvufiy timsollar olami Reja


Ozar adabiyotida tasavvufiy g‘oyalarning ifodalanishi



Yüklə 28,88 Kb.
səhifə2/2
tarix31.05.2023
ölçüsü28,88 Kb.
#114766
1   2
Ozar adabiyotida tasavvufiy g‘oyalarning ifodalanishi. XIV-XV asrlarda Ozarboyjon tilidagi adabiyotning shakllanish va taraqqiyot davri bo‘ldi. Imoniddan Nasimiy, Ahmad Burxoniddin singari shoirlar o‘z asarlari bilan Ozarboyjon adabiyotining shuhratni dunyoga taratdi.
Ma’lumki, bu davrda Xurufiylik oqimi mavjud bo‘lib, bu o‘ziga xos tasavvufning bir yo‘nalishi edi. Nasimiy ana shu xurufiylik oqimining yirik vakili sifatida erk va ozodlik haqida asarlar yaratgan. Shu asarlari uchun u hukmdorlar tomonidan dahshatli jazoga duchor bo‘lib o‘ldiriladi.
Ma’lumki, Nasimiy (1369-1417) Ozarbayjonning Shamaxi shahrida hunarmand kosib oilasida tug‘ilgan. Maktab va madrasalarda o‘qib, shuningdek, riyozat, falakiyot kabi fanlarni ham, arab, fors tillarini ham mukammal o‘zlashtirib olgan. U ozarbayjon, fors, arab tillarida ijod qildi. Nasimiy Ozarbayjonning atoqli mutafakkir shoiri Fazlulloh Naimiy (1339-1396) bilan do‘stlashadi, uning ijodidan o‘rganadi. U shoir hurufiylik tariqatining asoschisi edi. Nasimiy hurufiylik mazhabini qabul qiladi. Hurufiy mazhabidagi kishilar mavjud siyosiy tuzumga qarshi boradilar. Shuning uchun Fazlulloh Naimiyni Amir Temurning o‘g‘li Mironshoh vahshiyona tarzda qatl etishga farmon beradi. U qamoqda «Vasiyatnoma» yozib yashirin ravishda Nasimiyga yetkazadi. Bu vasiyatnomaga binoan Nasimiy ustozining kichik qiziga uylanadi. Uning tariqatini davom ettirish uchun Bog‘dodga ketadi. U Turkiyada ham bir necha yil yashaydi. Nasimiy inson uchun eng zarur bo‘lgan erk va ozodlikni ulug‘lab she’rlar yozadi. Riyokorlikni, zulmni, adolatsizlikni esa o‘z she’rlarida qattiq qoralab, reaksion ruhoniylarning tazyiqiga uchraydi. Keyinchalik Xalab shahrida Misr sultoni Muayidning topshirig‘i bilan 1417 yilda vahshiyona qatl etiladi.
Reaksion ruhoniylar hur fikrli Nasimiyga qarshi turli yo‘llar bilan hujum qildi. Bir rivoyatda keltirilishicha, Nasimiy Antop viloyatining hukmdori bilan yaqin munosabatda bo‘lgan. Uning dushmanlari buni ko‘rolmay, hukmdorga turli yo‘llar bilan Nasimiyni yomon ko‘rsatishga harakat qilgan. Ular Yosin su’rasidan bir nusxa ko‘chirib shoir kovushining charmi orasiga yashirib qo‘yishgan. Hukmdor oldida Nasimiydan Qur’on su’rasini oyoq osti qilgan qanday jazoga loyiq deb so‘rashgan. U esa bunday kishining terisini tiriklayin shilish kerak deb javob beradi. Unda sen o‘zing haqingda o‘zing fatvo berding, deb kovush orasidagi Qur’on sur’asini chiqarib ko‘rsatibdi va uning terisini tiriklayin shilib olishibdi. Reaksion ruhoniylar shoirni dinsiz, kofir deb e’lon qildi. Lekin shoirning xalq orasida obro‘yi juda baland bo‘lib, u butun Sharq tarixida mardlik, fidoyilik timsoli sifatida e’zozlanadi.
Hurufiylar arab alifbosidagi 32 ta harfni muqaddas hisoblab, uni dunyoning butun sirlarining ramzi va ifodasi deb biladi. Ularning fikriga ko‘ra, Xudo yashirin bir xazina bo‘lib, o‘z borlig‘ini oshkor qilmoq va o‘zini tanitmoq uchun insonlarni yaratgandir, o‘z borlig‘ini insonda tajassum etgan. Ular nazdida xudo yuksak ma’naviy fazilatga ega bo‘lgan, adolatli inson hurufiylarning rahbari Fazlulloh Naimiy qiyofasida o‘z ifodasini topgan. Yuksak axloq, ma’naviy go‘zallik, adolat va muqaddaslik ramzi Fazlulloh yo‘lidan borish kerak. Shunda zulm, adolatsizlik, riyokorlik barbod bo‘lishi mumkin, deb o‘ylashadi.
Nasimiy o‘z she’riyatida adolat va sadoqatni, halollik va pokizalikni olqishlaydi. Insonlarni bir-biriga mehr-muruvvatli bo‘lishga undaydi. Lekin uning zamonida mehr-muruvvat, sahovat yo‘qligidan noliydi.
Ey qilon da’vaki shoham, adlu insofing qani?
Chun safo ahlindan o‘lding, mashrabi sofing qani?
Hayotdagi adolatsizliklar, cheksiz alam va iztiroblar, ayniqsa, amaldorlarning pastkashligi, poraxo‘rligi, ikkiyuzlamachiligidan shoir nafratlanadi. Bir she’rida shoir pastkash, riyokor, o‘ta ketgan poraxo‘r odamning ko‘pchilik ichida o‘zini farishta qilib ko‘rsatib, adolat va halollik to‘g‘risida va’z qilganidan nihoyatda g‘azabga tushadi.
Falak aksga davr aylar, magar oxir zamon o‘ldi.
Qafasda tutiyu qumri, chamanlarda g‘urob o‘ynar.
Yoki:
Bori mehnatdir jahonning, na tilarsan, ey ko‘ngul,
La’nat o‘lsun bu jahonga, ham jahonning borig‘a.

Shoir she’riyatida ishqiy mavzu ham keng ishlangan. U mavjud borliqning, shu dunyoning go‘zallarini hamma narsadan baland qo‘yadi.


Hizr agar zulmatga bordi, istadi obi hayot,
Men dudog‘ing chashmasida obi hayvon topmisham.

Shoir she’riyatida bu kabi go‘zal misralar juda ko‘plab uchraydi.


Nasimiy shu dunyodagi har bir narsada xudoning mahsulini, jamolini ko‘radi. Shuning uchun u insonni haqorat qilish xudoni haqorat qilish bilan barobardir deydi. Chunki inson ruhi oxir-oqibat xudoga qo‘shilib ketadi degan g‘oya uning she’riyatida ham yetakchi g‘oya hisoblanadi. Buni shoirning quyidagi ikkilik she’ri ham isbotlaydi.
Haq taolo odam o‘g‘li o‘zidir…
Jumla olam bilki olloh o‘zidir.
Ozarboyjon adabiyotining o‘rta asrdagi taraqqiyotiga Shoh Ismoilning ham katta hissasi bor. U Ozarboyjon xalqi tarixida katta burilish yasagan davlat arbobi bo‘lib hisoblanadi. U tarqab ketgan Ozarboyjon davlatini birlashtirdi. Ozarboyjon tilida davlat ishlari olib borish uchun farmon chiqardi. O’z davlatining poytaxti qilib Tabrizni tikladi. Bu davrda Tabriz Sharqda madaniyat, ilm-fan markaziga aylandi. Ozarboyjon xalqining milliy o‘zligini anglash ana shu shoh Ismoil hukmronligi davriga to‘g‘ri keladi. Mashhur musavvir Komoliddin Behzod ham Shoh Ismoil rahnamoligida bir necha yil ijod qildi. Bu shoh «Xaton» taxallusi bilan she’rlar yozardi. Uning ko‘pgina intim mavzudagi lirik she’rlari va dostonlari bizgacha yetib kelgan. U she’rlarida mardlik, jasorat, vatanparvarlik kabi mavzularni kuyladi. Uning «Nasihatnoma» kitobi o‘sha davr Ozarboyjon didaktik poeziyasining eng go‘zal namunasi edi. Shoirning yana «Dahnoma» nomli dostoni ham mashhurdir. Bu kitoblar sodda, xalq so‘zlashuv uslubiga yaqin, shu bilan birga toza va shirali tilda ijod qilingan edi.
XVI asrning birinchi yarmida ijod qilgan shoir Muhammad Fuzuliy Ozarbayjon poeziyasining cho‘qqisi deb hisoblanadi. Fuzuliy ijodi o‘zbek kitobxoni uchun ham azaldan tanish. Bu shoir asarlari xuddi o‘zbek shoirlari Navoiy, Bobur asarlaridek o‘rganilgan. Fuzuliyxonliklar o‘zbeklar o‘rtasida doimo bo‘lib turgan. Fuzuliy juda ajoyib g‘azallari, oshiqona his-tuyg‘ularga boy “Layli va majnun” dostoni, o‘z davri ijtimoiy voqealarga munosabat bildirib yozgan “Shikoyatnoma”, “Bangu boda”, “Anisul qalb”, “Matla’ul e’tiqod” kabi o‘nlab asarlari bilan Sharq adabiyotida katta shuhrat qozondi.
Shoir 1498 yili Iroqning Karbalo shahrida tug‘ilgan. Uning otasi Ozarbayjondan Iroqqa ko‘chib borgan. Fuzuliy yoshligida yaxshi bilim oldi. U Bog‘dod madrasalaridan birida tahsil oldi. Domlalaridan birining qiziga uylanib, bir o‘g‘il ko‘radi. Shoirning bu o‘g‘li ham Fazliy nomi bilan ijod qilib, taniqli shoir bo‘lgan. Fuzuliy yoshligidan she’rlar yozgan. U tabiat ko‘rinishlarini inson ruhi bilan uyg‘unlashtirib tasvirlovchi shoir sifatida mashhurdir.
Uning “Falaklar yondi ohimdan, murodim shami yonmasmu”, “Shifoiy vasl qadrin hajr ila bemor o‘landan so‘r”, “G’amzasin sevding, ko‘ngil, joning kerakmasmu sanga” kabi o‘nlab she’rlari o‘zbek xalqining qalbidan chuqur joy olib, qo‘shiqlar bo‘lib aytilib kelmoqda. Fuzuliy ijodiga Navoiy va Lutfiylarning katta ta’siri bor. Shoir devonida ikkita muxammasning bittasi Lutfiyning g‘azaliga bitilgan. Fuzuliyning ishq haqidagi she’rlarida ijtimoiy hodisalarga munosabat mohirona singdirib yuborilgan.

Muhabbat lazzatidin bexabardir zohidu g‘ofil


Fuzuliy ishq zavqin ishq zavqi vor o‘landin so‘r.

Fuzuliyda tasavvufona she’rlar ham anchaginadir. U ilohiy ishq haqida otashnafas she’rlar yozadi, favqulodda go‘zal tashbehlar topadi.


Tarki mayu mahbub edariz jannat uchun,
Sharh aylaki, jannatda na vor voiz?
yoki:
Mahshar kuni quram deram ul sarvi qomati,
Gar anda ham ko‘rinmasa, kel qur qiyomati.

Shoir o‘z jamiyatidan narozilik kayfiyatlarini ayniqsa, “Layli va Majnun” dostonida ko‘proq namoyon qiladi. Bu asar haqida mashhur tanqidchi olim T.Jalilov shunday yozadi: “Men “Layli va Majnun”larni qayta-qayta o‘qidim. Shunda Nizomiy dahosiga qoyil qoldim. X.Dehlaviyning bulbuldek sayrashiga ofarin dedim; Navoiyning Majnuniga motam tutib yig‘ladim; Fuzuliyga kelganda hayrat mayidan mast bo‘ldim. Insof bilan aytganda, Fuzuliy “Layli va Majnun”i barcha “Layli va Majnun”larning gultojidir”.


O’zbek shoirlari Fuzuliydan ko‘p o‘rgandi. Unga ergashib she’rlar yozdi. Masalan, Mashrabning quyidagi g‘azali bunga misol bo‘la oladi.

Ne savdolar bosha solding, bu savdolar tuganmozmu?


Ki band etding oyoqlarni, yana bandlar yozilmazmu?


Fuzuliy ijodidan hozirgi zamon o‘zbek she’riyatining vakillari ham ijodiy foydalanmoqda.
Yüklə 28,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə