5-mavzu: Matnni nutq uslublari jihatidan tahlil qilisstrreplA



Yüklə 14,96 Kb.
səhifə3/3
tarix27.12.2023
ölçüsü14,96 Kb.
#161995
1   2   3
5-MAVZU. Matnni nutq uslublari jihatidan tahlil qilish

So‘zlashuv uslubi kishilarning kundalik rasmiy-norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining o‘ziga xos tarzda amal qilishidir. Uni ma'lum ma'noda tildagi boshqa uslublarga qarama-qarshi qo‘yish mumkin. Bu uslubning o‘ziga xos xususiyati nutq jarayonida til va tildan tashqari omillarning uyg‘un bo‘lishida ko‘rinadi. Ayni paytda bu holat so‘zlashuv uslubidagi me'yoriy holatlarnibelgilashni qiyinlashtiradi. Chunki tildan foydalanuvchining shaxsi, buning ustiga, nutqiy vaziyat yagona bir me'yorni tayin etishga imkon bermaydi.


Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar:
1. Ushbu matnning qaysi uslubga tegishli ekanligini aniqlang va uning o‘ziga xos til jihatlarini ko‘rsatib bering: Tabiatdagi jismlarning ma'lum sharoitda elektr zaryadga ega bo‘lishi (elektrlanishi) maktab fizika kursidan ma'lum. Jismda elektr zaryadining borligi
uning boshqa zaryadlangan jismlar bilan o‘zaro ta'sirlanishidan namoyon bo‘ladi.
Elektr zaryadlari ikki turda bo‘lib, shartli ravishda musbat va manfiy deb ataladi. Bir xil ishorali zaryadlar bir-birini itaradi, har xil ishoralilari esa o‘zaro tortishadi. Elektr zaryadi elementar zarralar deb ataladigan ba'zi zarralarning asosiy xususiyatlaridan biridir. Barcha elementar zarralarning zaryadi (agar uning zaryadi nolga teng bo‘lmasa) absolyut
qiymati jihatdan birday bo‘ladi.
2. Ushbu matnning ham qaysi uslubga tegishli ekanligini aniqlang va uning o‘ziga xos til jihatlarini ko‘rsatib bering:
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti tomonidan 2000 yilning “Sog‘lom avlod yili” deb e'lon qilinishi bu sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlarni yanada kengaytirdi. Joylarda mana shu masala yuzasidan turli xil tadbirlar o‘tkazilmoqda. Maqsad — onalik va bolalikni muhofaza etish, sog‘lom avlodni tarbiyalash, oila va nikohni har tomonlama mustahkamlashdan iboratdir. Lekin shunga qaramasdan, ayrim paytlarda yosh qizlarni hali balog‘at yoshiga yetmasdan turmushga uzatish hollari sodir etilayapti.
Shu sababli tuman hokimligi bu masalada joylarda turli xil yig‘ilishlarni o‘tkazmoqda, maqsad yuqorida aytib o‘tilgan salbiy ko‘rinishlarning oldini olishdan iboratdir (“Oqdaryo ovozi” gazetasidan).
Yüklə 14,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə