Kasbga o’qitishda ta’lim oluvchilar shaxsi. Annotatsiya



Yüklə 11,39 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü11,39 Kb.
#146525
Kasbga o’qitishda ta’lim oluvchilar shaxsi.


Kasbga o’qitishda ta’lim oluvchilar shaxsi.
Annotatsiya
Ushbu maqolada shaxsni kasbga o’qitishda ta’lim oluvchilarning shaxsi sifatlari va kasbga yo’naltirishda shaxsiy sifatlarni va ijtimoiy me’yor ko‘rinishlari kabi yetakchi mezonlar ochib berishga harakat qilingan.
The personality of students in vocational training
Abstract
In this article, an attempt was made to reveal the leading criteria such as personality qualities of learners in vocational training and personal qualities and social norms in career guidance.
Личность студентов в профессиональном обучении
Абстрактный
В данной статье предпринята попытка выявить ведущие критерии, такие как личностные качества обучающихся в профессиональной подготовке и личностные качества и социальные нормы в профориентационной работе.
Kalit so‘zlar: Destruktiv xulq, deviant xulq, delinkvent xulq, eros, tanatos, xromosoma nazariyasi, endokrin nazariya, biologik nazariya, destruktiv ustanovka.
Kasbga o’qitishda ta’lim oluvchilar shaxs rivojlanishida faoliyatnig o`rni. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo`ladi. Faoliyat o`zi nima? Faoliyat shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko`rinishi. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko`ra belgilanadi.Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to`g`ri tashkil etish lozim. Lekin ko`p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish 61 faoliyatlari cheklangan bo`ladi. O`smir va o`spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o`yin, o`qish va mehnat kiradi. Ular yo`nalishiga ko`ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqishga ko`ra tanlangan sohalardan iborat. Faoliyatning asosiy turi – muloqotdir. Faoliyat faol va passiv bo`lishi mumkin. O`smir faoliyati muhit va tarbiya ta’sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o`z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o`zini shaxs sifatida ko`rsata olishi unda o`z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko`zga tashlanadi. Ta’lim jarayonidagi faollik o`quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam egallashga, o`z qobiliyatini namoyon etishga yo`llaydi. Bilishga bo`lgan faollik shaxsning intellektual rivojlanishini ta’minlaydi. Faollik ko`rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi. Ehtiyojlarning xilma-xilligi faoliyatning ham turlarini kengaytiradi. Shunga ko`ra, o`quvchining turli yosh davrlarida ularning faoliyati turlcha bo`ladi. Ta’lim muassasasida, hamma vaqt bir xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija beravermaydi. Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o`zgarib turishi kerak.Insonning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir. Chunki har bir inson o`z mehnati, g`ayrati, intilishi bilangina faollashadi. O`qituvchi qanchalik yaxshi o`qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o`zi harakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, barcha ma’naviy-axlohiy kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o`z faoliyatini to`g`ri yo`lga qo`ymaganligidadir. Talaba shaxsiga hurmat. O`tgan davrlarda bo`lgani kabi, o`qituvchilar turli xil jamoatchi-iqtisodchi talabalar jamoasi bilan bog’liqdir. O`ziga hoslikdan faxrlanishning ma’nosi talabalarning kelib chiqishini bilishi va madaniy hilma xillikni hurmat qilishni talabalarga o`rgata olishdir. Talabarga ularning madaniyati va turli hil usumlari haqida malumotlarni bo`lishishga imkon berish nafaqat loyihalar va faoliyatlar o`rtasidagi moslikni mustahkamlaydi, balki bu sinfdoshlarni bir birini chuqurroq o`rganish tajribasi ekanligini isbotlaydi. Ko`plab o`qituvchilar bu g’oyani qabul qilishda muammolarga duch kelishlari mumkin. Talabalarning guruhdan tashqari kechadigan hayoti va faoliyati ular dars davomida o`rganadigan fanlari singari hayotda o`z o`rinlarini topishga hizmat qiluvchi asosiy omillardir. Sport, teatr to`garaklari, va bahs munozaralar, maktabdan tashqari darslar – bularning barchasi hayotiy mahoratni o`stirishuchun muhim omildir. Bu faoliyatlarning barchasi vaqt talab qiladigan va shunga qaramay maktab topshiriqlari bilan vaqt masalasi bo`yicha muammo bo`lishi mumkin. O`qituvchi malum bir topshiriqni bajrish uchun talaba uchun noqulay vaqt belgilasa, shaxs tayinlangan vazifani amalga oshira olmasligi va bundan aziyat chekishi hamma uchun oydin. Garchi talaba uchun vaqtni, muddatni qadrlash muhim bo`lsada, o`qituvchining gohi-gohida talabalarga imkon berishi 62 ularning fanga va vaqt tushunchasiga bo`lgan hurmat hissini kuchaytiradi. Bundan tashqari, talaba kamchilik va salohiyati bilan bir biridan tubdan farq qiladi. Tabiiy fanlarda o`zining bor mahoratini ko`rsata olgan o`quvchi , ijtimoyi fanlarni o`zlashtirishda birmuncha qiyinchilliklarga duch kelishi mumkin.

XULOSA
Shunday qilib, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo`lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir 59 etadi. Inson butun umri davomida o`zgarib boradi.
#
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .

  1. Xasanboev J, To‘rakulov X., Xaydarov M., Xasanboeva O. Pedagogika fanidan izoxli lug‘at. – T., 2008.

  2. Niyozov G., Axmedova M. E. Pedagogika tarixidan seminar mashg‘ulotlari. – T.: Noshir, 2011.

  3. Axmedova M.E. Pedagogika nazariyasi va tarixi ( O‘quv qo‘llanma) – T.: Tafakkur bo‘stoni, 2011. 25.Umarova M.X. Teoriya iistoriya pedagogiki. (Uchebnoe posobiya). – T.:Chulpon, 2018.

Yüklə 11,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə