5-Modul mavzusi: 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishdagi kommutatsion apparatlar Modul birliklari



Yüklə 401,43 Kb.
səhifə4/10
tarix19.04.2023
ölçüsü401,43 Kb.
#106356
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5-Modul mavzusi 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishdagi kom

Sinov savollari

    1. Rubilniklar va pereklyuchatellarni vazifasi va konstruktsiyasi.

    2. Avtomatik havo o’chirgichlarini vazifasi va konstruktsiyasi.

    3. Kontaktorlar va magnitli ishga tushirgichlarni vazifasi va konstruktsiyasi.

    4. Saqlagichlarni vazifasi va konstruktsiyasi.



    1. Ajratgichlar, ularni vazifalari, konstruktsiyalari, qisqa tutashtirgich va avtomatik ajratgichlar, ularning vazifalari va konstruktsiyalari.




  1. Rubilniklar va pereklyuchatellar


Ikki (ulangan, uzilgan) holatga qo’lda harakatlantiriladigan noavtomatik uzgich rubilnik deb ataladi (49-rasm, a). Ikkita turli zanjirlarga navbati bilan ulash uchun xizmat qiladigan rubilnik pereklyuchatel deb yuritiladi. Rubilnik va pereklyuchatellar 500 V gacha bo’lgan nominal kuchlanishga bir, ikki va uch qutbli qilib ishlab chiqariladi. Yoy so’ndiruvchi qurilmasi bo’lmagan rubilьniklar toksiz zanjirlarni uzish va ochiq uzilishlar hosil qilishga mo’ljallangan. Yoy so’ndiruvchi qurilmali rubilniklar Inom gacha bo’lgan tokni uzish imkoniga ega.
R va P (uch qutbli) yoki RO, PO (bir qutbli) tipdagi markaziy dastaki rubilnik va pereklyuchatellar 100-600 A toklar uchun ishlab chiqariladi. Rubilnikning hamma detallari izolyatsion plitaga o’rnatiladi.
O’tkazgichlar oldi yoki orqa tomonidan ulanishi mumkin. Bunday rubilnik va pereklyuchatellar bilan tokni uzishga ruxsat etilmaydi, chunki hosil bo’ladigan yoy qisqa tutashuvga olib kelishi yoki ishlayotgan xodimni kuydirishi mumkin.
Richag bilan harakatlantiriladigan rubilьnik va pereklyuchatellar (49-rasm, b) ikki tomondan xizmat ko’rsatiladigan shchitlarda keng qo’llaniladi. Bunday

49-расм. Рубилниклар: а-марказий дастакли (Р типдаги); б-ричаг юритмали (РПЦ типдаги); 1-пичоқ; 2-қўзғалмас контактларнинг шарнирли стойкалари; 3- контакт стойка; 4-ёй сўндирувчи камера.
rubilniklar yoy so’ndiruvchi panjarali kamera 4 ga ega. Yuritma markaziy (RPTS, PPTS) yoki yon tomondan (RPB, PPB) bo’lishi mumkin. Nominal toklar katta bo’lganda rubilniklar bir necha parallel pichoqlarga ega bo’ladi.

Rubilnikning harakatchan pichog’i bilan kontaktli stoykasi orasida yaxshi kontaktni ta’minlash muhim ahamiyatga ega (50-rasm, a). Hozirgi paytda kichik o’tish qarshiligini ta’minlovchi chiziqli kontakt (50-rasm, b) qo’llaniladi. Detallarning o’zini prujinalaiish xossasi va maxsus po’lat prujinalar 3 hisobiga kontaktda siqish ta’minlanadi. Rubilniklar yoy so’ndiruvchi kontaktlar yoki bir onda kesadigan pichoqlar bilan ta’minlangan bo’lishi mumkin. Bunday rubilniklarni uzganda avval bosh kontaktlar ajraydi, lekin ular orasida yoy hosil bo’lmaydi, chunki tok yoy so’ndiruvchi kontakt orqali o’tadi. So’ngra yoy so’ndiruvchi kontaktlar yoki bir onda kesadigan pichoqlar ajratiladi. Bir onda uzish quyidagicha bajariladi: bosh pichoqbilan parallel hrlda ikkinchi bosh prujina bilan bog’langan bir onda kesadigan pichoq ulanadi. Uzishda avval kontakt stoykadan bosh pichoq chiqadi, u prujinani tortadi, prujina o’z navbatida bir onda kesadigan pichoqni uzadi.


Yoy so’ndiruvchi kamera bilan jihozlangan o’zgarmas toknikg 220 V va o’zgaruvchan tokning 380 V ga mo’ljallangan rubilniklari Inom gacha bo’lgan toklarni uza oladi, kamerasizlari tegishlicha 0,2 va 0,3Inom ni uzadi.
O’zgarmas tokning 440 V va o’zgaruvchan tokning 500 V ga mo’ljallangan kamerali rubilniklari 0,5Inom tokni uza oladi, kamerasiz yuklama tokini uzish ruxsat etilmaydi.
Paketli va kulachokli pereklyuchatellar bir vaqtning o’zida bir necha elektr zanjirlarida murakkab qayta ulashlar


50-расм. Рубилниклардаги контактлар типлари:
а-текис; б-чизиқли; 1- контакт жағлар; 2-пичоқ;

uchun, masalan, boshqarish, o’lchash va shunga o’xshash zanjirlarda xizmat qiladi. Dastakni 45° ga burib zanjirlar qayta ulanadi. Nol holatiga o’zi qaytadigan bir yoki bir necha holatlarni ushlab turadigan konstruktsiyalar mavjud. Bunday pereklyuchateldagi kontaktlar soni 2 dan 32 gacha bo’lishi mumkin.

Yüklə 401,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə