5-sinf. Fan: Adabiyot Dars mavzusi: Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidan parcha. Darsning maqsadi



Yüklə 36,45 Kb.
səhifə2/2
tarix23.12.2023
ölçüsü36,45 Kb.
#156288
1   2
Alisher Navoiyning

Lug’at
Navoiy – kuy, navo
Foniy – o’tkinchi, vaqtincha

Bilasizmi bolajonlar, bugun hech bir ta’lim dargohi yoq-ki Navoiy hikmatlari kirib bormagan bo’lsa. Qaysi bir ta’lim o’chog’iga bormaylik ko’zimiz “Oz-oz o’rganib dono bo’lur, qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur”,- degan hikmatlarga tushadi. Albatta bu Navoiy bobomizning serma’no hikmatlaridandir. Biz o’tgan darsimizda, bobomizning hayoti va ulkan ma’naviy merosi haqida siz bilan suhbatlashdik. Bugun esa, bu merosning gultoji bo’lgan “Xamsa” asarining ilk dostoni “Hayrat ul-abror” dostonidan olingan “Sher va durroj” hikoyati bilan yaqindan tanishamiz. Kelinglar, bugun biz “Yuz marta eshitgandan – bir marta ko’rgan afzal”, - degan naqlga amal qilsak. Marhamat e’tiboringizni monitorga qarating.


“ Sher va durroj” hikoyatining video yozuvi o’quvchilar e’tiboriga namoyish etiladi:


Guruhlarga muhokama uchun savol beriladi.
Savol: O’quvchilar durrojni boshiga tushgan tushgan bu kulfatga sabab nima deb o’ylaysiz? Bu kabi voqealarni yana qayerda eshitgansiz?
Har ikkala guruh a’zolari o’z fikrlarini bildiradilar. O’qituvchi esa ularni javoblariga qarab rag’batlantirib, fikrlarini umumlashtiradi.
Mana aziz bolajonlar, o’zingiz ko’rib. guvohi bo’lgandek, yolg’onchilik juda yomon illat hisoblanadi. Ayniqsa, yaqin insoning, do’stingga yolg’on gapirish borib-borib, u haqiqiy do’st bo’lsa ham, senga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham doimo rost so’zlash joiz. Aytishadiku, boshingga qilich kelsa ham, rost so’zla,-deb.
Mustahkamlash:
Ushbu bosqichda o’quvchilar “Kim ko’p hikmat aytadi” musobaqasini uyushtiradilar. O’quvchilar Navoiy qalamiga mansub hikmatlardan aytib, bellashadilar. Kim to’xtab qolsa mag’lub bo’ladi.
G’olib guruh va eng ko’p hikmat aytgan o’quvchilarga rag’bat tarqatmalari beriladi.
O’qituvchi:
Mana aziz o’quvchilar
Darsimiz bo’ldi tamom.
Xo’sh nima o’rgandingiz?
Yuzlanaman siz tomon.


O’quvchilar:

  • Biz o’rgandik bobomizning

Pand-u nasixatlarin,
Yoshlarga meros qilgan
Hikmatli asarlarin.



  • Yana bildik yaxshilik

Ezgulik kerakligin.
Yomonlikning jazosi
Muqarrar ekanligin.

  • Odobli bo’lish bizga

Kerakligini bildik,
Bobomiz hikmatlarin
Qalbimizga joyladik.

Yaxshi farzand bo’lamiz.
Navoiyga munosib
Oqil inson bo’lamiz.
Darhaqiqat, Navoiy bobomizning bizga qoldirgan adabiy merosini chek-chegarasi yo’q. Shu bois yurtboshimiz o’zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlarida: “Biz u kishini avliyo desak, avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”,-deya e’tirof etadi. Demak biz bobomizga munosib, oqil farzand bo’lmog’imiz, uning har bir pand-u nasixatiga amal qilmog’imiz lozim bo’ladi.








Mana aziz bolajonlar, darsimiz shuning bilan nihoyasiga yetdi. O’ylaymanki, bugungi dars sizga nafaqat “Hayrat ul-abror” dostoni haqida nazariy bilimlarni, balki, rostgo’ylik hayotimizning ajralmas qismi bo’lishini ham o’rgatdi, desak mubolag’a bo’lmaydi.


Guruh sardorlari rag’batlarni ko’taradilar. G’olib guruhga bobomizning hikmatlari to’plami sovg’a qilinadi.
Uyga vazifa: “Yo’lgonchining holiga voy” mavzusida matn tuzib kelish.


Yüklə 36,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə