6-bob rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash


Alyuminiy tarkibli temir-tersak va chiqindilarni qayta ishlashga tayyorlash va alyuminiy chiqindilarni eritish uchun ishlatiladigan pechlar



Yüklə 3,41 Mb.
səhifə5/29
tarix26.10.2023
ölçüsü3,41 Mb.
#130841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Metallarresiklingi6-bob (1)

6.1.2 Alyuminiy tarkibli temir-tersak va chiqindilarni qayta ishlashga tayyorlash va alyuminiy chiqindilarni eritish uchun ishlatiladigan pechlar
Alyuminiy tarkibli temir-tersaklari va chiqindilarini qayta ishlash uchun barcha temir-tersaklar navlar va turlarga bo‘linadi.
Temir-tersak va chiqindilardan alyuminiy qotishmalarini ishlab chiqarish uchun xom ashyolar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) rangli metall va qotishmalarni temir-tersak va chiqindilar: a) tarkibida temir qo‘shimchalari bo‘lmagan, alyuminiy va alyuminiy qotishmalarini; b) alyuminiy va alyuminiy qotishmalarini; v) metall miqdori 5 foizdan kam bo‘lmagan alyuminiy zar qog‘ozlari (folgolar); g) A va V sinfga, I guruhga, 1-navga kiruvchi mis temir-tersaklari va chiqindilari;
2) A sinfga, I guruhga 1-navga kiruvchi magniy temir-tersaklari va chiqindilari;
3) sex aylanmalari, tayyorlangan qotishmalar;
4) birlamchi metallar:
a) silumin;
b) birlamchi alyuminiy;
v) kristallik kremniy;
g) birlamchi magniy;
d) katod mis;
e) nikel va nikel qotishmalarining temir-tersak va chiqindilari.
Bu xom ashyolarni eritishga tayyorlashda quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi:
1) turlar, guruhlar va navlarga ajratish. Navlarga ajratish qo‘l kuchi bilan bajariladi;
2) qirindilarni ishlab chiqarish unumdorligi 3 t/soat bo‘lgan quritish moslamalarida quritish;
3) qalinligi 3 mm dan kam bo‘lmagan, og‘irligi 20 kg dan 50 kg gacha bo‘lgan paket holiga keltirish;
4) temir-tersaklarni ustki qismi eritilib, temir tozalash.
Eritish jarayonida quyidagi flyuslar ishlatiladi: NaCl va KCl.
Shixtani tayyorlash har bir eritish uchun alohida bajariladi. Bunda temir-tersaklar, chiqindilar va qotishmalarni kimyoviy va metallurgik tarkibiga e’tibor beriladi.
Pechlar. Alyuminiy temir-tersak va chiqindilarini eritish uchun turli xil konstruksiyali pechlar ishlatiladi. Bu eritish pechlarining har biri u yoki bu darajada ma’lum bir turdagi xom ashyoni eritishga mo‘ljallangan. Bu pechlarni qo‘llashdan maqsad, ma’lum bir turdagi xom ashyoni eritishda alyuminiy qotishmalarini temir bilan zararlanish miqdorini pasaytirishga, metalni yonish natijasida yo‘qolishini kamaytirishga va asosiy texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalashtirishga harakat qilishdir.
Eng universal va keng tarqalgan pechlardan biri - alangali yallig‘ qaytaruvchi pechdir. Bu pechda hamma turdagi temir-tersaklarni: qirindilarni ham, samolyot temir-tersaklarini ham, temir qoplanib, tayyorlangan bo‘lak-bo‘lak temir-tersaklarni ham eritish mumkin.
Ishlab chiqish amaliyotida bu pechlarni turli modifikatsiyalarni bir-, ikki-, uch kameralilari qo‘llanadi. Keng qo‘llaniladigani ikki kamerali alangali yallig‘-qaytaruvchi pechdir. Pech eritish kamerasi va kapilnikdan tashkil topgan. Alyuminiy temir-tersak va chiqindilarini minorali pechlarda ham qayta ishlsh keng tarqagan jarayonlardan biri hisoblanadi. Bu pech nisbatan yuqori issiqlik foydali ish koeffitsientiga va yuqori ishlab chiqarish unumdorligiga ega. Minorali pechlarda eritish to‘xtovsiz olib boriladi. Hosil qilingan issiqlikning hammasi xom ashyoni qizdirish va eritish uchun sarflanadi. Hosil bo‘lgan eritma kopilnikka suzib o‘tadi. Buning natijasida metalning oksidlanishi natijasida isrof bo‘lishi kamayadi.
Pechga turli xil shakldagi, yirik o‘lchamli, tarkibida namlik bo‘lgan, ajratilmagan (temir qo‘shimchalari bilan birga) 10 m3 hajmgacha bo‘lgan shixtalarni bir martada yuklash mumkin. Bir tonna metallni olish uchun yuklashlarni sonini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshiradi, issiqlikni isrof bo‘lishini kamaytiradi.
Minorali pech balandligi 4 m bo‘lgan minoradan, minora ko‘ndalang novlar bilan birlashtirilgan, ikkita hajmi 4 tonnali kopilnik - vannadan tashkil topgan. Ko‘ndalang novlar orqali erigan metall kopilnik-vannaga oqib o‘tadi. Minora kopilnik tomonga qiya tub (pod) li qilib yasalgan va olovbardosh g‘ishtlardan panja shaklida yasalib to‘silgan. Bu to‘siq eruvchi fazodan vannaga temir qo‘shimchalarni va turli erimagan predmetlarni o‘tilishiga to‘sqinlik qiladi. Erigan metall panjaradan o‘tib, o‘tish kanali orqali chap yoki o‘ng kopilnikda yig‘iladi. Pech tubida yig‘ilib qolgan, erimaydigan predmetlar vaqti vaqti bilan yon oynadan olib tashlanadi.
Shixtani qizdirish, minorani balandligi bo‘yicha turli xil sathda joylashgan bir necha gorelkalar yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashqari pechni kopilnik qismida ham gorelkalar bo‘lib, bu gorelkalar ehtiyoj sezilganda ishga tushiriladi. Ikkita kopilnik ishlagan holatlar, pechni ishlab chiqarish unumdorligi maksimal bo‘lishini ta’minlaydi.
Mayda shixtalarni, hamda qirindilarni eritish uchun aylanuvchan kalta barabanli pechlarni qo‘llash, kerakli samarani beradi (6.3-rasm).


Yüklə 3,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə