6-bob rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash


-rasm. Ikki kamerali yallig‘-qaytaruvchi pech



Yüklə 3,41 Mb.
səhifə7/29
tarix26.10.2023
ölçüsü3,41 Mb.
#130841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Metallarresiklingi6-bob (1)

6.4-rasm. Ikki kamerali yallig‘-qaytaruvchi pech:
1-eritish kamerasi; 2-pech ostonasi, bo‘sag‘asi; 3-yuklash oynasi;
4-pech shipi; 5-kopilnik (g‘aladon); 6-apteyk; 7-borov, dudburonning pechni eritish kamerasi bilan tutashtiruvchi qismi; 8-letka, erigan metall yoki shlak oqib chiqadigan teshik.

Amaliyotda sig‘imi 20-50 t bunday pechlar keng ishlatiladi. Vannasining chuqurligi 500-700 mm ni tashkil qiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, vannani chuqurligi qancha kam bo‘lsa, metall shuncha tez eriydi. Bunday pechlarning kamchiligi, eritish kamerasida hosil bo‘lgan gazlar va changlar kapilnikda cho‘kishi mumkin, bu erigan metalni zararlanishiga olib keladi.


Ishlash prinsipi. Pechni eritish kamerasining 1000-11000C haroratgacha qizdirilgan, quruq tubiga mulda yuklovchi mashinalar yordamida yirik bo‘lakli temir-tersak va chiqindilar yuklanadi. Ustiga flyus qoplanadi. Hosil bo‘lgan eritmani ustiga bo‘lak-bo‘lak temir-tersaklar, qirindilar, paketlangan chiqindilar solinadi. Eritish tezlatish uchun paketlar titiladi. Shlak pechdan bir marotoba eritish davomida 2-3 marta chiqariladi.
Eritish jarayonida harorat 800-9000С bo‘ladi. Pech vannasi suyuq metall bilan to‘lgandan so‘ng, flyus sepiladi. Natijada temir - pech tubiga cho‘kadi. Bunday eritishda 20 foiz flyus sarf bo‘ladi va metallni chiqishi 92 foizga etadi.
Ikkilamchi alyuminiyni elektropechlarda eritish va rafinirlash (tozalash)
Alyuminiy tarkibli ikkilamchi rangli metallar va chiqinlaridan alyuminiy qotishmalarini olish 1948 yilda Toshkent shaxridagi Sergeli rayonida tashkil qilingan sexda ishlab chiqarila boshladi. Asosiy va qo‘shimcha moslamalar bilan jihozlangan 2 ta IAT-6M2 induksion pechi 1979 yili ishga tushirildi (6.5-rasm).

6.5-rasm. IAT-6M2 induksion pechi
IAT-6M2 induksion elektropechi quyidagi qismlardan tuzilgan: 1- induktor, o‘zgaruvchan tok hosil qiladigan elektr mashina uskunasi; 2-olovbar-dosh qoplama, futerovka; 3- qoplama, g‘ilof, jild, kojux; 4- plunjer; 5- qopqoq.
Korxonada asosan quydagi alyuminiy qotishmalari ishlab chiqariladi:
1) chushka shaklidagi alyuminiy quyma qotishmalari;
2) chushka shaklidagi deformatsiyalanuvchan alyuminiy qotishmalari;
3) ferroqotishmalar ishlab chiqarish va alyuminotermiyada ishlatiladigan, tozalash vazifasini bajaruvchi alyuminiy.
Shixta tayyorlash har bir eritish uchun alohida tayyorlanadi. Alyuminiy qotishmalarini ishlab chiqarish uchun quyidagi alyuminiy tarkibli temir-tersak va chiqindilar ishlatiladi:
I. Rangli metallar va ularning qotishmalarining temir-tersak va chiqindilari:

  1. temir qo‘shimchalari bo‘lmagan, A sinfdagi, 1 guruh, 1 navga kiruvchi alyuminiy va alyuminiy qotishmalarining temir-tersaklari va chiqindilari;

  2. B sinf, I-V guruhdagi, 1-3 navga kiruvchi alyuminiy va alyuminiy qotishmalarining qirindilari;

  3. alyuminiy folgalar;

  4. A va B sinf, I guruhdagi, 1 navga kiruvchi mis temir-tersak va chiqindilari;


Yüklə 3,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə