6-bob rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash


-jadval. Qora mis va mis tarkibli temir-tersaklarini qayta ishlash uchun ishlatiladigan konverterlarning xarakteristikasi



Yüklə 3,41 Mb.
səhifə14/29
tarix26.10.2023
ölçüsü3,41 Mb.
#130841
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Metallarresiklingi6-bob (1)

6.6-jadval.
Qora mis va mis tarkibli temir-tersaklarini qayta ishlash uchun ishlatiladigan konverterlarning xarakteristikasi

Ko‘rsatkichlar

Konvertor №1

Konvertor №2

Konvertor №3

Konverter o‘lchamlari, mm

3050x7875

3660x6850

3660x8100

Og‘zining o‘lchamlari, mm

2300x1700

2300x1700

2650x1900

Furmalarning miqdori, dona

36

36

39

Furmaning diametri, mm

44

44

44

Furma maydonining kesimi, sm2

547

547

593

Puflanib yuboriladigan havoning sarfi, m3/(min  sm2)

0,6-1,0

0,6-1,0

0,6-1,0

Qora mis bo‘yicha sig‘imi, t

40

45

60



6.7-jadval.
Konvertirlashga solingan qora misni va hosil bo‘ladigan mahsulotlarni kimyoviy tarkibi, %

Mahsulotlar

Cu

Zn

Pb

Sn

Fe

SiO2

Al2O3

Qora mis

80-87

2-6

1-2

0,7-1,8

2-4

-

-

Xomaki mis

97-98,5

0,02

0,3-0,5

0,05-0,12

0,01

-

-

Konvertor shlaki

12-20

6-12

2-4

1,5-4,5

20-30

10-20

8-10

Dag‘al chang

0,6–1,0

59-68

6-8

1,0-1,2

1,0-1,2

-

-

Konverterlarni futerovkalash uchun xromomagnezitli, magnezitli-xromitli olovbardosh g‘ishtlar ishlatiladi. Bunday g‘ishtlarni 40 tonnali konverterlarni futerovkalashga sarfi 85 tonna atrofida bo‘ladi. Konverter futerovkasini qalinligi 380-460 mm ni, furma atrofida 540 mm gacha bo‘ladi.


O‘zbekiston sharoitida yig‘ilgan mis tarkibli temir-tersaklar va chiqindilar Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatining mis eritish zavodida joylashgan konverterga solinib, qayta eritish mumkin (6.12-rasm).

6.12-rasm. Gorizontal konvertor

Ikkilamchi materiallardan olingan anod misini rafinirlashni asosiy xususiyati, ularda nikel miqdorini yuqoriligi, nodir metallar miqdorini pastligidir. Bunday mislarni rafinirlashda elektrolit tarkibida 40-50 g/l Cu; 130-150 g/l H2SO4; 20-25 g/l Ni; 13 mg/l gacha Pb; 7,0 mg/l gacha Bi; 50 mg/l gacha Sb; 100 mg/l As bo‘ladi. Elektrolitik tozalash jarayonini tok zichligi 250-280 A/m2, tok bo‘yicha chiqish 90 foizni, 1 tonna rafinirlangan misga sarf bo‘lgan elektr energiya miqdori 350-380 kVtsoatni tashkil qiladi.


Rafinirlash ikki xil yo‘l bilan olib boriladi: olovli va elektr toki yordamida.
Olovli rafinirlash furmalarini miqdori kam va og‘zi yon tomoniga surilgan konverterda olib boriladi. Olovchi rafinirlashga suyuq xomaki mis tushadi. Vannasini sig‘imi 100-150 t bo‘ladi. Pechlarda xomaki mis gaz yoki mazut bilan bilan tozalanadi.
Yoqilg‘ini sarfi sovuq havo puflab ishlatilgan 8-12 foizni, havo 3500C gacha qizdirilganda 5-6 foizni tashkil qiladi. Oksidlovchi vazifasini havo, kislorod bilan boyitilgan havo va bug‘-havo aralashmasi bajaradi. Bug‘-havo aralashmasi ishlatilganda shlakni chiqarish kamayadi.
Misni tiklash tabiiy gaz bilan amalga oshiriladi. Jarayonni umumiy davom etishi 18-20 soatni tashkil qiladi.
Rafinirlangan misni tarkibi quyidagicha, % : 99,4-Cu; 0,4-Ni; 0,001-S; 0,01-Pb; 0,0002-Bi; 0,02-As; 0,001-Fe; 0,1-O2; 0,001-Zn; 0,05-Sn.
Shlakni miqdori, %: 2-10 Fe; 36-50 Cu2O; 0,1-0,4 NiO; 0,2 gacha SnO2; 1-2 CaO; 0,7 gacha PbO; 0,3 gacha Sb2O5; 5-15 Cu; 40 SiO2.
Anod misdan oltin va kumushni ajrab olish, aralashmalarni qo‘shimcha yo‘qotish uchun - elektrolitik tozalash olib boriladi. Jarayon yashik tipidagi elektroliz vannalarda bajariladi. Elektrolitik tozalash mahsuloti - katod misdir.
Zamonaviy ikkilamchi rangli metallurgiya korxonalarida hosil bo‘lgan xomaki mis, birlamchi metallurgiya zavodlarida ruda va konsentratlarni qayta ishlashdan hosil bo‘lgan xomaki mis birga qayta ishlanadi.
Qoida bo‘yicha ikkilamchi mis, nisbatan past sifatli bo‘ladi. Birlamchi va ikkilamchi mislarni kimyoviy tarkibi 6.8-jadvalda keltirilgan.

Yüklə 3,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə