6-bob rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash


Qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan xomaki misni



Yüklə 3,41 Mb.
səhifə13/29
tarix26.10.2023
ölçüsü3,41 Mb.
#130841
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Metallarresiklingi6-bob (1)

6.2.2. Qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan xomaki misni
konvertirlash va rafinirlash (tozalash)
Qora misni konvertirlash, mis shteynlarini konvertirlashdan farq qiladi. Shteynlarni konvertirlashda asosiy masalalar oltingugurtni gazga o‘tkazish, temirni shlakka o‘tkazish va tayyor mahsulotdan xomaki mis olish bo‘lsa, qora misni konvertirlashdan maqsad maksimal darajada metall aralashmalarini misdan tozalash va standartga to‘g‘ri keladigan xomaki mis olishdir (6.11-rasm). Shu bilan birga qora misni konvertirlash qayta ishlashni asl rafinirlovchi (tozalovchi) jarayon deb bo‘lmaydi. Mis metallurgiyasida olovli rafinirlash jarayoni deyilganda, asosan
Cu2O + Me  2Cu + MeO
almashinish reaksiyasi bo‘yicha yuz beradigan aralashmalarni ajratish jarayoni tushuniladi.
Qora misni konvertirlashda asosiy reaksiyasi, metallni kislorod bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro ta’siriga asoslangan:
Me + 0,5O2 = MeO
Konverterga qora mis suyuq holda quyiladi, sinflarga ajratib tayyorlab qo‘yilgan mis tarkibli temir-tersaklari va chiqindilari yuklanadi. Mis tarkibli temir-tersaklar va chiqindilarga-parchalangan issiqlik o‘tkazuvchilar, kabellar, elektrodvigatellar, mis o‘tkazgichlar, qirindilar, mis kuyindilari, skraplar va boshqa misga boy qattiq materiallar kiradi. Flyus sifatida tarkibining 65-72 foizi SiO2 bo‘lgan kvars solinadi. Suyuq vannaga 88-120 kPa bosimli havo purkaladi. Kerakli temperaturagacha eritish va bir qancha aralashmalardan to‘liq tozalash uchun konverterga koks solinadi.



6.11-rasm. Gorizontal konvertor
1-bug’oz ; 2-pechninh ustki qavati ; 3-havo purkagich ; 4-furma

Qora misni konvertirlash natijasida asosan uchta mahsulot olinadi:


1) xomaki mis;
2) temir, nikel, qo‘rg‘oshin, ruh, surma va misni ma’lumot qismi o‘tgan konverter shlaki;
3) ruh, qo‘rg‘oshin, qalay va boshqa bir qancha metallarni oksidlangan birikmalarini tashkil topgan.
Qora mis va mis tarkibli temir-tersaklarini qayta ishlash 40-60 tonna sig‘imli gorizontal konverterlarda olib boriladi (6.5-jadval). Bu konverterlarga solinadigan va hosil bo‘ladigan mahsulotlarni kimyoviy tarkibi 6.6-jadvalda keltirilgan.

Yüklə 3,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə