6-Mavzu: Elektron dasrlik va uning turlari. Zamonaviy elektron darsliklarning asosiy jihatlari



Yüklə 23,87 Kb.
səhifə2/4
tarix28.05.2023
ölçüsü23,87 Kb.
#113772
1   2   3   4
6-Mavzu

Materialni bayon etish shakliga koʻra elektron oʻquv nashrlar konveksion (taʻlimning axborot berish funksiyasi), dasturiy (dasturlash vositalari yordamida yaratilgan), muammoli (muammoli oʻqitish nazariyasiga asoslangan va mantiqiy fikrlashni rivojlantiuvchi) va universal (sanab oʻtilgan modellarning alohida elementlarini saqlovchi) turlarga boʻlinadi. Maqsadiga koʻra elektron oʻquv nashrlar beshta asosiy guruxga boʻlinadi: maktab talabalari uchun, bakalavrlar uchun, mutaxassislar uchun, magistrlar uchun, boshqalar uchun. Bosma ekvivalentining mavjudligiga qarab ikki guruhga boʻlinadi: - bosma oʻquv nashrning elektron analogi – mos oʻquv bosma nashrning elektron nusxasi;
- mustaqil elektron oʻquv nashr – bosma ekvivalentga ega boʻlmagan oʻquv nashr;
Asosiy axborot tabiatiga koʻra elektron nashrlar quyidagi turlarga boʻlinadi: - matnli (belgili) – asosan matnli maʻlumotni saqlaydi;

  • tasviriy elektron nashr – asosan grafik tasvirlardan iborat maʻlumotlarni saqlaydi;

  • ovozli elektron nashr – ovozli axborotlarning raqamli ifodasini saqlaydi;

  • dasturiy mahsulot – mustaqil bajariluvchi kod;

  • multimediyali elektron nashr - turli tabiatdagi axborotning oʻzaro bogʻlangan majmuasi.

Tarqatilish texnologiyasiga koʻra:

    • lokal elektron nash r- maʻlum tirajda ishlab chiqariluvchi va lokal tarzda ishlatiluvchi axborot tashuvchida joylashtirilgan elektron nashr;

    • tarmoq elektron nashri – chegaralanmagan foydalanuvchilar ommasi uchun moʻljallangan telekommunukatsion tarmoq orqali tarqatiluvchi elektron nashr;

    • kombinatsiyalashgan elektron nashr - ham lokal, ham tarmoq orqali tarqatiluvchi elektron nashr.

Foydalanuvchi va elektron nashr orasidagi muloqot xarakteriga
koʻra:
-mazmun va undan foydalanish uslubi foydalanuvchi
tomonidan oʻzgartirilmaydigan elektron nashrlar;

    • mazmun va foydalanish uslubi tanlanishi mumkin boʻlgan elektron nashrlar. Yaratilish texnologiyasiga koʻra elektron nashrlar pedagogik, oʻrgatuvchi, nazorat qiluvchi, namoyish qiluvchi, yordamchi, shuningdek, trenajerlar, modellashtiruvchi, oʻquv jarayonini boshqaruvchi, oʻquv maqsadidagi dasturlar yaratuvchi, kasb tanlash va rivojlanishda nuqsoni boʻlgan bolalarni oʻqituvchi kabi turlarga boʻlinadi. Elektron oʻquv nashrlarning mazmuni zamonaviy oʻqitish texnologiyalariga mos boʻlishi, oʻquv jarayonida kompyuter texnikasidan aktiv foydalanish zarurati hisobga olinishi kerak.

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi oʻquv adabiyotlarga qoʻyiladigan asosiy talablar quyidagilardir:

    • tarixiylik va anʻanaviylik prinsiplariga amal qilish;

    • dasturiy va elektron mahsulotlar standatrlariga amal qilish;

    • maʻlumotlarni bayon etishda estetik va etik normalarga rioya etish;

    • bibliografik maʻlumotlarning toʻliq va obʻektivligi.


Yüklə 23,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə