6-Mavzu: Elektron dasrlik va uning turlari. Zamonaviy elektron darsliklarning asosiy jihatlari


Tarixiy fanlar boʻyicha elektron oʻquv nashrlarining xususiyatlari



Yüklə 23,87 Kb.
səhifə3/4
tarix28.05.2023
ölçüsü23,87 Kb.
#113772
1   2   3   4
6-Mavzu

Tarixiy fanlar boʻyicha elektron oʻquv nashrlarining xususiyatlari quyidagilardan iborat: Gumanitar bilimlarning asosiy xususiyati ularning noformal xarakterda ekanligidadir. Gumanitar fanlar boʻyicha oʻquv adabiyotlari asosan matnli koʻrinishda boʻlib, keng illyustrativ axborotga ega boʻladi. Bu xususiyat elektron oʻquv nashrlari tayyorlashda qiyinchilik tugʻdiradi, chunki bunday matnlarni oʻquv materialini gippermatnli tashkil qilish uchun zarur boʻlgan strukturalash jarayoni qiyin boʻlib, oʻquv nashrlari
mualliflarining maxsus didaktik tayyorgarlikka ega boʻlishini talab etadi. Tarixiy fanlarni oʻqitishda asosiy elektron oʻquv nashri - multimediyali elektron darslik hisoblanadi. Uning asosini gipermatn, video va audio ilovalar, animatsiya, katta xajmdagi illyustrativ materiallar tashkil etadi.Tarixiy fanlar boʻyicha elektron oʻquv nashrlari koʻp funksiyali boʻlib, taʻlim oluvchilarning turli kategoriyalariga moʻljallangan.Ularning gipermatnli strukturasi standart oʻquv materialini maxsus oʻquv bloklari bilan toʻldirishga imkon beradi. Masalan, informatika (kasb taʻlimi) yoʻnalishida taʻlim oluvchi talabalar uchun moʻljallangan tarix kursi fan va texnika tarixi boʻlimini, filologlar uchun tarix kursi esa madaniyat tarixi boʻlimlarini oʻz ichida saqlashi mumkin va hokazo. Elektron oʻquv nashrlarni yaratishda Internet tarmogʻi katta imkoniyatlar yaratadi. Elektron nashrlarning tabiati ularning ichida Internet tarmogʻidagi maxsus sahifalarga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat etish imkonini beradi va talabalarning soha boʻyicha kerakli maʻlumotlarni qidirish malakasini hosil qilishga yordam beradi. Tarixiy fanlar boʻyicha elektron oʻquv nashrlari oʻquv-uslubiy kompleks sifatida yaratilishi, yaʻni ular oʻz ichida darslik bilan birga xrestomatiya, praktikum, lugʻat, test dasturi hamda nazorat savollari va vazifalari bankini saqlashi kerak.
Oʻquv jarayonining asosiy turi maʻruza hisoblanadi. Maʻruza - talabalar tomonidan oʻzlashtirilishi kerak boʻlgan oʻquv materiali uchun yoʻnaltiruvchi asos boʻlgan bilimlarni shakllantiruvchi oʻquv jarayonining tashkil qilinish shaklidir. Maʻruzaning uchta asosiy turi mavjud boʻlib, ular kirish maʻruzasi, infomatsion maʻruza va tahliliy maʻruzadir. Oʻrganilayotgan fan predmeti va didaktik maqsadlardan kelib chiqib, maʻruzalarninng quyidagi shakllaridan foydalanish mumkin: muammoli maʻruza, visual maʻruza, press-konferensiya maʻruza va hokazo. Maʻruzalarda qoʻllaniluvchi elektron oʻquv nashrlari bayon etiluvchi materialni videotasvirlar, ovozli animatsion roliklar bilan boyitish, maʻruzachiga murakkab jarayonlarni namoyish etishga yordam berishi kerak.
Nazariy materialni oʻrganishni tashkil etishda quyidagi turdagi elektron oʻquv nashlaridan foydalanish mumkin:

  • Video maʻruza. Maʻruza videokamera yordamida yozib olinadi. Ushbu maʻruza turining yutuqli tomoni uni qilay vaqtda takror eshtish mumkinlgi va qiyin joylariga toʻxtab ketish imkoniyatining mavjudligidir.

  • Multimedia maʻruza. Mustaqil taʻlim uchun oʻrgatuvchi interaktiv dasturlar yaratilishi mumkin. Bunday oʻquv qoʻllanmalardan foydalanishda har bir talaba oʻzi uchun qulay boʻlgan oʻrganish traektoriyasini, optimal oʻrganish tempini va usulini tanlashi mumkin. Oʻzlashtirish koʻrsatkichi koʻp jihatdan nazorat qiluvchi vositalar hisobiga ham koʻtarilishi mumkin.

  • Anʻanaviy nashrlar: elektron maʻruza matnlari, tayanch konspektlar, nazariy materialni oʻrganish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar va hokazo.

Amaliy mashgʻulot – nazariy bilimlarni manbalarni muhokama qilish va amaliy masalalarni yechish orqali mustahkamlashga qaratilgan oʻquv jarayonining tashkil etilish shaklidir. Amaliy mashgʻulotlarda foydalanuvchi elektron oʻquv nashrlari oʻrganuvchiga mavzu boʻyicha, mashgʻulotni oʻtkazish tartibi va maqsadi toʻgʻrisida maʻlumot berishi, bilimlarni nazorat qilishi, kerakli nazariy material va amaliy koʻrsatmalarni taqdim etish, oʻrganuvchilar bilimini baholashi kerak.
Informatika va axborot texnologiyalari professor-oʻqituvchilar uchun amaliy mashgʻulotlar oʻquv rejaning asosiy qismi boʻlib hisoblanadi. Ushbu taʻlim shakli oʻquv va ilmiy materialga nisbatan tadqiqot nuqtai nazarini shakllantiradi. Seminar mashgʻulotlarida foydalaniladigan elektron oʻquv nashrlari qatoriga xrestomatiyalarni, xujjat va materiallar toʻplamlarini, maʻruzalarning tayanch konspektlarini, elektron darslik va boshqalarni kiritish mumkin. Oʻquv jarayoniga axborot texnologiyalarining tadbiq etilishi talabalarning mustaqil oʻzlashtiradigan bilimlari xajmining ortib borishi bilan birga ketmoqda. Aslida elektron oʻquv nashrlarning barcha mavjud turlari mustaqil taʻlimni tashkil etish uchun asos boʻlishi mumkin. Bu jarayonda axborot texnologiyalaridan foydalanish elektron nashrlar, Internet tarmogʻi resurslari, elektron berilganlar bazalari, kutubxonalar katalog va fondlari, arxivlar va hokazolardan foydalaniladi. Talabalarning axborot
texnologiyalari asosidagi mustaqil taʻlim olishi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: elektron darslik bilan ishlash, videokolleksiyalarni tomosha qilish, audio fayllarni eshitish, kompyuterli trenajerlarda ishlash, kompyuter testlaridan foydalanib bilimlarini mustahkamlash va boshqalar. Hozirgi paytda bilimlarni nazorat qilishning barcha turlarini elektron oʻquv nashrlari yordamida maxsus ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari asosida amalga oshirish mumkin. Ayniqsa, elektron oʻquv nashrlaridan joriy va oraliq nazorat tizimida foydalanishning samarasi yuqoridir.
Kompyuter test dasturlari oʻrganuvchilar uchun oʻz-oʻzini nazorat vositasigina boʻlib qolmay, joriy va oraliq nazoratning vazifasini bajaradi. Bunday test dasturini oʻzgartirish mumkin boʻlmaydigan mustaqil programma boʻlishi yoki oʻqituvchi tomonidan toʻldirib, modifikatsiyalanadigan qobiq dastur ham boʻlishi mumkin. Kompyuter imitatsion modellar, trenajerlar vositasi boʻlib xizmat qiladi. Kompyuter dasturlari yordamida arxiologik qazilmalarga, etnografik materiallar yigʻish, yodgorliklarni rekonstruksiyalash, arxiv xujjatlari bilan tanishishga tayyorgarlik treninglari tashkil etilishi mumkin. Arxiv va muzeylarni kompyuterlashtirish arxiv va muzey praktikasini masofadan oʻtkazish imkonini yaratadi. Oʻquv elektron vositalari qatorida oʻquv-uslubiy majmualar muhim oʻrin tutadi. OʻUM lar nazariy material bilan birga amaliy vazifalar, testlar, ilovalar va boshqalarni saqlaydi. OʻUM lar strukturalangan mantiqan bogʻlangan didaktik elamentlardan tashkil topgan raqamli va analog shakldagi multimedia kurslari sifatida taqdim etilishi mumkin. Zamonaviy oʻquv multimedia kursi – video va audio materiallar bilan boyitilgan matnli interaktiv materialgina boʻlmay, undagi oʻquv materiallari turli shakl va turli axborot tashuvchilarda joylashtirilishi kerak. Multimedia kurs taʻlim oluvchiga illyustrativ, maʻlumotli, trenajerli va nazorat qiluvchi qismlari yordamida kompleks taʻsir oʻtkazish vositasi hisoblanadi. OʻUMning asosini uning interaktiv qismi egallaydi. Ushbu qism faqat kompyuterda realizatsiyalanadi. Unga quyidagilar kiradi:
-elektron darslik;

  • elektron maʻlumotnoma;

  • trenajerli majmua;

  • misol va masalalar toʻplami;

  • elektron laboratoriya praktikumi;

  • kompyuterli test tizimi.


Yüklə 23,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə