Mavzu: Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari Reja



Yüklə 248,68 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.11.2023
ölçüsü248,68 Kb.
#136923
Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari



Mavzu: Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari
 
Reja:
 
1.Ta`limni tashkil etish shakllari tushunchasi va ta’lim turlari 
2.Darsning turlari va tuzilishi 
3.Nostandart darslar 
4.Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari 
5.O’qituvchining darsga tayyorlanishi 
6.Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. 
7. O’quv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari 
8. O’quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakllari va metodlari. 
9. Bilim, ko’nikma, malakalrni baholash mezonlari 
1. Ta’lim turlari (illyustrativ, muammoli, dasturlashtirilgan ta’lim) va shakllarining tavsifi. Didaktik 
g‘oyalar jamiyat taraqqiyoti jarayonida yangi g‘oyalar bilan boyib, takomillashib boraveradi va ular o‘ziga 
xos tizimlar ko‘rinishida shakllanadi. Shu sababli ham ta’lim turlari o‘quv jarayonini tashkil etish va uni 
amalga oshirishga nisbatan turlicha yondashuvlar asosida shakllantiriladi. Pedagogik tizimlarning asosiy 
turlari quyidagilardir: ·
arxaik (ibtidoiy); ·
qadimgi (Shumer, Misr, Xitoyda Eramizdan avvalgi uchinchi 
ming yillik); ·
avestit (Baqtiriya, Sug‘diyona, Xorazmda – Eramizdan avvalgi VII-VI asrlar); ·
yunon (Ellins, 
rim – yunon, rim – eramizdan avvalgi V-I asrlar); ·
o‘rta asr (dogmatik, sxolastik V-XVI asrlar); ·
yangi 
(tushuntirish, tushuntirish – ko‘rgazmali, dasturlashtirilgan, masofali o‘qitish, muammoli – 
dasturlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan innovatsion, INTERNETning xalqaro tarmog‘idan foydalanib 
o‘qitish va shu kabilar); ·
xorijiy (tushuntirish, tushuntirish–ko‘rgazmali, dasturlashtirilgan, masofali 
o‘qitish, muammoli – dasturlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan innovatsion, INTERNETning xalqaro 
tarmog‘idan foydalanib o‘qish va shu kabilar). “Avesto” g‘oyalariga ko‘ra shakllangan pedagogik tizim 
eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda Markaziy Osiyo xududida zardushtiylik dini yuzaga kela boshlaganida 
tashkil topdi. “Avesto” zardushtiylikning muqaddas manbai bo‘lib, u o‘z davrining qomusiy asari 
hisoblangan. Uning g‘oyalariga binoan yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash quyidagi tamoyillarga asoslangan: 
·
yoshlarni diniy va ma’naviy jihatdan tarbiyalash; ·
jismoniy jihatdan tarbiyalash; ·
yoshlarni o‘qish 
va yozishga o‘rgatish orqali ularning savodxonligini shakllantirish. “Avesto” g‘oyalari bo‘yicha Yer, Quyosh, 
suv, olov muqaddas deb e’tirof etilganligi sababli yoshlarni tarbiyalashda Ona Yerga, atrof – muhit, tabiatga 
muhabbat hissini o‘yg‘otish muhim yo‘nalish hisoblangan. Shuningdek, unga barkamol shaxs obraziga 
qo‘yilgan talablar haqida aniq tasavvurlar ifoda etilgan. Muntazam o‘qitishning ilk turi qadimgi yunon 
faylasufi Suqrot (eramizdan avvalgi 469 – 399 er. avv. yillar) va ularning o‘quvchilari tomonidan keng 
qo‘llanilgan yordamchisavollargajavob topish metodi hisoblanadi. Bu metod fanda suqrotcha suhbat 
metodi nomini olgan. Bu metodning mazmun – mohiyati quyidagicha bo‘ladi, ya’ni bunda eng avval 
o‘qituvchi o‘z o‘quvchisida qiziqish yo‘nalishini va bilishga intilishini o‘yg‘otadigan savollardan 
foydalanilgan; keyin esa mulohaza yuritish asosida o‘quvchini voqea – hodisalarning mohiyatini idrok 
etishga undagan. Demak, suqrotcha suhbat metodida qiziqishdan bilishga, bilishdan idrok etishga qarab 
induktiv metod asosidagi faoliyat dinamikasi shakllantirilgan. Mazkur jarayonda o‘qituvchining mulohazasi 
ko‘pincha ritorik savollarni muhokama qilish bilan to‘ldirib turilgan. Suqrotcha suhbatlar bir yoki bir necha 
o‘quvchilar ishtirokida tashkil etiladi. Dogmatik o‘qitish – bu jamoa asosida idrok etish faoliyatining ilk turi 
bo‘lib, u o‘rta asrlarda keng tarqalgan. O‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada ularning ilk ko‘rinishlari iste’molda 
bo‘lib, unda lotin tili, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa arab tili yetakchi o‘rin tutgan. Bu borada 
musulmon pedagogik konsepsiyasi sezilarli darajadagi ma’naviyatlilik va intellektuallik xususiyatlariga 
hamda mazmun – mohiyatga ega bo‘lgan. Ularning g‘oyalari bo‘yicha o‘z faoliyatlarida bilimlardan faol va 
ijodiy foydalana oladigan odamgina komillikka erishish mumkin, degan hukumiy fikr shakllangan. “Haqiqiy 
g‘oyalar” deb nom olgan pedagogik tizimning asosiy tayanch nuqtasi haqiqiy bilimlarni o‘zlashtirishdan 
iborat bo‘lgan. Abu Ali ibn Sinoning “Donishnoma” va “Bilimlar kitobi” nomli asarlarida ham mazkur 
muammo yechimiga alohida e’tibor qaratilgan. Ularda ta’kidlanishicha haqiqiy bilimlarni o‘zlashtirishga 


ikkita to‘siq halaqit qiladi. Ular: so‘zlarning aniq emasligi; fikrlarning tushunarli emasligi. Qayd etilgan 
kamchiliklarni bartaraf etishda logika fani yutuqlari va ulardan iste’molda foydalanish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Musulmon mamlakatlarida yoshlarni o‘qitish va tarbiyalashda ular tomondan arab tilida 
yozilgan “Qur’oni Karim”ni va “Hadisi Sharif”ni yod olinishi bilim egallashning asosiy sharti hisoblangan. 
Bulardan tashqari o‘sha paytda bir qator maktablarda fors tili ham o‘rgatilgan. Yoshlar asosiy ta’limni 
maktablar – boshlang‘ich maktabdan olganlar va unda ilohiy va muqaddas kitobni (“Qur’oni Karim”ni va 
“Hadisi Sharif”ni) o‘qish, yodlash va talqin qilish mashg‘ulotlari, shuningdek, boshqa manbalar bo‘yicha 
ham o‘qish, yozish va hisoblash tafakkurini shakllantirish faoliyatlari amalga oshirilgan. Demak, dogmatik 
o‘qitishda yoshlarning asosiy faoliyatlarini tinglash, o‘qish, yod olish, eslab qolish va matnni so‘zma – so‘z 
takrorlashlar tashkil etgan. Yoshlarning oliy ma’lumot olishi o‘sha davrlardagi nufuzli madrasalarda amalga 
oshirilgan. Movarounnahrdagi eng yirik o‘quv maskanlari sirasiga Samarqand, Buxoro, Urganch va 
G‘ijduvondagi madrasalarni kiritish mumkin. Bu ma’rifiy markazlarining rivojlanishi XV – XVII asrlarga to‘g‘ri 
keldi. Madrasalarda, o‘qitish fors tilida olib borilgan. Ularda ta’lim oluvchilar majburiy tarzda arab tilini ham 
o‘rganganlar. Madrasalar o‘quv rejasiga grammatika, Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, ritorika, logika, 
metafizika, geologiya, adabiyot, ilmi hujum, huquqshunoslik, riyoziyot, handasa, jug‘rofiya va shu kabi 
fanlar kirgan. O‘qitish asosan og‘zaki shaklda olib borilgan. Ulardagi o‘quv adabiyotlari asta – sekin ancha 
ko‘p qirrali, turli – tuman bo‘lib boravergan. Dogmatik o‘qitish o‘rniga asta – sekin o‘quv jarayonida 
ko‘rgazmalilikni keng jalb etish natijasida tushuntirish, tushuntirish – namoyish etish kabi ta’lim shakllari 
qo‘llanila boshlandi. Hozirgi vaqtda, Respublikamizda faoliyat yuritayotgan zamonaviy ta’lim 
muassasalarida ta’limning eng muhim quyidagi uch turidan foydalanilmoqda: ·
tushuntiruvchi – 
namoyish etuvchi ta’lim. Bu an’anaviy yoki axborot beruvchi ta’lim deb ataladi; ·
muammoli o‘qitish; 
·
dasturlashtirilgan ta’lim
yoki kompyuterli o‘qitish. Bugungi kunda o‘rta asrda keng qo‘llanilgan ta’lim 
turlari dogmatik va sxolastik o‘qitish elementlari ham saqlanib kelinmoqda. Tushuntiruvchi – namoyish 
etuvchi ta’lim turi. Uning asosiy metodi ko‘rgazmalilik asosida tushuntirishdan iborat bo‘lib, uning asosini 
tinglash va eslab qolish tashkil etadi. Bu ta’lim turi vaqtni tejash, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning 
vaqtni tejash, qiyin bilimlarni tushunishini osonlashtirish, ta’lim jarayonini optimal boshqarishni 
ta’minlaydi. Biroq bu ta’lim turida ayrim kamchiliklar mavjud, ya’ni, “tayyor” bilimlarni berish va ta’lim 
oluvchilarni bilimlarini o‘zlashtirishida mustaqil hamda mahsuldor fikrlashdan ozod etish, o‘quv jarayonini 
individuallashtirish va differensiyallashtirish imkoniyatlarining kamligi. Muammoli o‘qitishda o‘quv 
muammolarini hal etish jarayonida bilimlarni mustaqil egallash, ta’lim oluvchilarning ijodiy fikrlashlari va 
idrok etish faoliyatlarini rivojlantirish yo‘li bilan ta’lim tashkil etiladi. Bundagi ta’lim texnologiyasi turli 
tumanligi bilan ajralib turmaydi, chunki ta’lim oluvchilarni faol ishtirok etish faoliyatiga jalb etish bir necha 
bosqichlardan iborat bo‘ladi. Ular ketma – ket tartibda va kompleks amalga oshirilishi kerak. Bunday 
o‘qitishda muammoli vaziyatni yaratish muhim bosqich hisoblanadi, chunki mazkur jarayonda fikrlash 
jarayonida qiyinchilik his qilinadi. Muammoli o‘qitishda muammoni ilgari surish dastlabkibosqich 
hisoblanadi. Muammoni hal etishning keyingibosqichida ta’lim oluvchilar berilayotgan savol bo‘yicha 
mavjud muammoni aniqlaydilar, tahlil qiladilar, javob topish uchun ularning yetarli emasligini aniqlaydilar 
va yetishmayotgan axborotni topishga intiladilar. Uchinchibosqich muammoni yechish uchun zarur bo‘lgan 
bilimlarni turli usullar bilan egallashga qaratilgan faoliyat bo‘lib, u ta’lim oluvchida mustaqil fikr shakllanishi 
orqali aniqlanadi. Shundan keyin muammoni hal etish, olingan natijalarni tekshirish, dastlabki gipoteza 
bilan solishtirish, egallangan bilimlar, malakalarni tizimlashtirish va umumlashtirish jarayonlari amalga 
oshiriladi. Muammoli topshiriqlar savollar, o‘quv masalalari, amaliy vaziyatlardan iborat bo‘lishi mumkin. 
Muammoli savolda javoblar izlash turli variantlarda bo‘lishi mumkin. Muammoli masala esa uni yechish 
yo‘llarini mustaqil izlashga intilishni yuzaga keltiruvchi o‘quv – o‘rganish topshirig‘idir. Muammoli masala 
asosini mavjud bilimlar o‘rtasidagi qarama – qarshiliklar tashkil etadi. O‘qish jarayonida muammoli vaziyat 
sub’ekt (ta’lim oluvchi) o‘zi uchun qiyin bo‘lgan masalani yechishga qiziqishi, ammo unga ma’lumotlar 
yetishmasligi va uning o‘zi ularni izlab topishi zarurligini ko‘zda tutiladi. Muammoli o‘qitishning afzalliklari: 
shaxsiy ijodiy faoliyatni tashkil etish asosida bilimlarni mustahkam egallash, o‘qishga qiziqishni uyg‘otish, 
ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish, o‘qitishning mustahkam va amaliy natijalariga erishish. 
Kamchiliklari ta’lim oluvchilarning idrok etish faoliyatlarini boshqarishning qiyinligi, muammoni qo‘yish va 


hal etish uchun ko‘p vaqt sarflanishi, muammoli vaziyatni yaratish va mustaqil hal qilish imkoniyatini har 
bir ta’lim oluvchiga taqdim etishning qiyinchiligi bilan belgilanadi. Dasturiy ta’lim (Dasturlashtirilgan ta’lim) 
harakat (operatsiya) lar ketma – ketligi tizimini ifodalovchi, ularni bajarish oldindan rejalashtirilgan natijaga 
olib keluvchi “dastur” terminidan kelib chiqadi. Dastur – bajariladigan ish yoki biror faoliyat rejasi bo‘lib, 
uning yordamida ta’lim oluvchilarga ta’lim – tarbiya berishda o‘quv rejasi va dasturlarini og‘ishmay amalga 
oshirilishida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga keng imkoniyatlar yaratadi. 
Dasturlashtirilgan ta’lim – o‘quv jarayonini muayyan tartib (dastur) asosida tashkil etishga mo‘ljallangan 
bo‘lib, uning yordamida o‘quv jarayonini olib borishning optimal variantlariga erishiladi. U kibernetika, 
informatika, matematik logika, hisoblash texnikasi asoslari va psixologiya fanlarining samarali tamoyillari 
va murakkab tizimlaridagi boshqarish vositalarining pedagogikada joriy etilishi natijasi ko‘rinishida XX 
asrning 50 yillarida paydo bo‘ldi. Dasturlashtirilgan ta’lim o‘quv materialini kichik – kichik qismlarga bo‘lish, 
ushbu qismlarning biridan ikkinchisiga o‘tish tartibi (qoidalari) ni belgilash, xususan, har bir qismni 
o‘zlashtirish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar, topshiriqlar berish, o‘z – o‘zini nazorat qilishni ta’minlash kabi 
yo‘llar bilan amalga oshiriladi. U ta’lim oluvchining bilim egallashi yo‘lida har bir qadamni nazorat qilishga 
imkon beradigan va shuning asosida, o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish, qiyinchiliklarni oldini olish, qiziqishini 
yo‘qotmaslik va salbiy oqibatlarning oldini olishga imkon beruvchi o‘quv jarayonining texnologiyasini 
yaratishga yo‘naltiriladi. Dasturiy ta’limning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: ·
o‘quv 
materialining alohida qismlarga ajratilishi; ·
o‘quv jarayonining bilimlarini o‘zlashtirish bo‘yicha 
bilimlarning muayyan miqdorlari (bo‘laklari) va fikrlash (mantiqiy) amallaridan iborat bo‘lgan ketma – ket 
bosqichlardan iborat bo‘lishi; ·
har bir bosqichning nazorat bilan yakunlanishi; ·
nazorat topshiriqlarini 
to‘g‘ri bajargan ta’lim oluvchining yangi materialni o‘zlashtirish uchun olish imkoniyati va navbatdagi 
bosqichni bajarishga kirisha olish; ·
to‘g‘ri javobni topishda ta’lim oluvchining yordamchi va qo‘shimcha 
tushuntirishlarni olishi; ·
har bir ta’lim oluvchining mustaqil ishlashi, intellektual salohiyati yetarli bo‘lgan 
mavzular bo‘yicha o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi; ·
natijalar monitoringi, ya’ni barcha nazorat 
topshiriqlari bajarilishi natijalarining qayd etilishi; ·
ta’lim jarayonida ta’lim beruvchining ta’lim 
tashkilotchisi va lozim topilganda mazkur jarayonda maslahatchi (boshqaruvchi) sifatida ishtirok etishi va 
individual yondashuvni amalga oshirishi; ·
ta’lim jarayonida o‘qitishning o‘ziga xos vositalarining keng 
qo‘llanilishi (kompyuterli o‘rgatuvchi dasturlar, intellektuallashtirilgan dasturlar, kasbiy kompyuterli 
o‘yinlar, trenajerlar, nazorat qilish qurilmalari, o‘qitish mashinalari va shu kabilar). Kompyuterli ta’lim. 
Ma’lumki, o‘qitish sohasida jahon didaktikasining muhim tajribasi natijasida shaxsiy EHM rivojlanishi 
negizida kompyuterlashtirilgan ta’lim vujudga keldi. Kompyuter – (ing. Computer - hisoblayman) – 
oldindan berilgan dastur bo‘yicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Ta’lim – tarbiya jarayonlarini 
kompyuterlashtirishda zamonaviy kompyuterlar universal didaktik vositalar (qurilma) bo‘lib hisoblanadi va 
ularning ta’lim – tarbiya jarayonlarining optimal variantlarini topishdagi roli beqiyos. Shuningdek, 
kompyuter ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirishda yangi dasturiy – texnik 
universal vositasi bo‘lib, ularning amaliy tafakkurini kengaytirish va chuqurlashtirib, ulardagi bilim, 
ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni yuqori darajaga ko‘taradi. Maxsus ta’lim dasturlari bilan 
ta’minlangan kompyuterlardan deyarli barcha didaktik masalalarni hal etishda foydalanish mumkin. Ular: 
axborot berish; o‘qitish jarayonini boshqarish; natijalarni nazorat qilish va tuzatib berish; mashqlarni 
bajarish; o‘quv jarayoni rivojlanishi haqida ma’lumotlarni to‘plash va shu kabilar. Rivojlangan 
mamlakatlarda kompyuterlardan keng foydalanishning rivojlanishi bu boradagi quyidagi asosiy 
yo‘nalishlarni aniqlashga imkon beradi: ·
alohida o‘quv fanlari (matematika, tabiiy fanlar, ona tili, chet 
tili, geografiya, chizmachilik va shu kabi fanlar) bo‘yicha o‘zlashtirish darajasini oshirishni ta’minlash; 
·
umumiy kognitiv (idrok etish) qobiliyatlari – qo‘yilgan masalani hal etish, mustaqil fikrlar, kommunikativ 
malakalarni egallash (axborotni to‘plash, analiz, sintez qilish)ni rivojlantirish, u yoki bu ko‘nikmani 
shakllantirishga imkon beruvchi jarayonlarga e’tiborni kuchaytirish. Kompyuterlashtirishning asosiy 
maqsadi, ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatish ishlarini avtomatlashtirishdan iborat bo‘lsa, 
uning asosiy vazifalari intellektual salohiyatni ko‘tarish, aqliy mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, ta’lim – 
tarbiyada optimal variantlarni kafolatlashlardan iboratdir. Kompyuterlar yordamida ta’lim – tarbiya 
jarayoniga innovatsion yondashuvlar qilishga imkoniyat yaratiladi va yangi axborot texnologiyalarini joriy 


etishga keng imkoniyatlar yaratiladi hamda yangi ko‘rgazmalilik ta’minlanadi. Shuningdek, ulardan ta’lim – 
tarbiyada universal didaktik vosita sifatida foydalaniladi. Bu o‘qituvchi vaqtini tejashga imkon beradi va 
natijada ta’lim jarayonidagi samaradorlik qo‘lga kiritiladi. Dasturiy va kompyuterli ta’limlar o‘qitish 
algoritmlarini bajarishga asoslanadi. Ma’lumki, algoritm belgilangan (rejalashtirishgan) natijaga olib 
keluvchi mantiqiy jihatdan mukammal va izchil tuzilgan ketma – ket amallar (operatsiyalar, harakatlar) 
tizimi sifatida bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘la o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan o‘quv faoliyati tartibi 
va ketma – ketligini ta’lim oluvchiga ko‘rsatadi. O‘quv dasturlari va kompyuterli ta’lim samaradorligi fikrlash 
faoliyatini boshqarish algoritmlarining sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Kompyuterli ta’lim dasturlari, odatda ikki xil, 
ya’ni axborot ma’lumotli va nazorat ta’limiy tartibda o‘qitish imkoniyatiga ega bo‘lgan turlarga bo‘linadi. 
Ta’lim oluvchilarni masofadan turib o‘qitish mobaynida kompyuterlar ta’lim oluvchilarning o‘z – o‘zining 
bilimini sinovida ya’ni joriy va oraliq baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maxsus ishlab chiqariladigan 
uskunaviy vositalardan foydalanish kompyuterli ta’lim dasturlarini yaratish jarayonini anchagacha 
yengillashtiradi. Ular yordamida kompyuter texnologiyalaridan boxabar bo‘lgan tarix, adabiyot, huquq va 
boshqa fan o‘qituvchilari ham bemalol ta’lim dasturini yaratish mumkin. Chop etilgan materiallar audio va 
vidio yozuvlar bilan birgalikda o‘quv materialiga kirishni kengaytirish va soddalashtirish, o‘quv materialini 
qulay va ko‘rgazmali tarkiblash uchun, shuningdek, oson harakatlanishi (navigatsiya) uchun foydalaniladi. 
Kompyuterli ta’limning sifati quyidagi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi: ·
o‘qitish dasturlarining 
mukammalligi; ·
hisoblash texnikasining mukammalligi va o‘qitish jarayonida foydalanishdagi qulayligi. 
“Kompyuterli o‘qitish tizimi – bu quyidagi vazifalarni bajarishga imkon beruvchi o‘quv – metodik va dasturiy 
– texnik vositalar majmuasi bo‘lib hisoblanadi: ·
bilimning aniq predmet sohasini o‘rganish; ·
o‘quv 
kurslarida ishlanmalarni qo‘llash; ·
o‘quv jarayonini boshqarish va shu kabilar. Bugungi kunda o‘quv 
jarayonini tashkil etishda qo‘llanilayotgan kompyuterli o‘qitish tizimini quyidagidek sinflarga ajratish 
mumkin: A) Ma’ruzani immitatsiyalovchi va o‘rganuvchi materialni bayon etishda aniq rejaga ega bo‘lgan 
ma’ruzachi tipidagi tizimlar; B) Seminar, labaratoriya mashg‘ulotlarini immitatsiyalovchi assistent tipidagi 
tizimlar; V) O‘rganilayotgan va yondash fanlar bo‘yicha foydalanishga mo‘ljallangan ma’lumotlar bazasini 
tashkil qiluvchi maslahatchi tipidagi tizimlar; G) Bilimlarning boshlang‘ich darajasini va o‘quvchining 
psixologik holatlarini tekshirishga imkon beruvchi repititor tipidagi tizimlar”[Bekmirzaev R. Fundamental 
fanlarni o‘qitishda yangi axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi // “Tabiiy fanlarni o‘qitish muammolari” 
mavzusidagi respublika ilmiy – uslubiy anjumani materiallari. – Jizzax, 2006. – B. 175]. 
Ta’limni tashkil etish haqida tushuncha, uning xilma – xil turlari. Dunyoda shunday ta’lim tizimi 
yuzaga kelganki, uning xilma – xil turlari mavjud bo‘lib, ularni ko‘pchilik “qo‘llabturuvchi, ta’minlovchi, 
yordamchi o‘qitish” deb ataydilar. U qanchalik xilma – xil bo‘lmasin, uning asosiy maqsadi odamni kundalik 
muammolarni hal etishga tayyorlashga asoslangan bo‘lib, shaxsning faoliyati va hayot tarzini qo‘llab turish 
uchun mo‘ljallangan. Ayni vaqtda “Innovatsion” (yangilik kiritish) ta’limni tashkil etishga alohida e’tibor 
berilmoqda. Innovatsion ta’lim – bu bo‘lajak mutaxassislarni joylarda ishlashga tayyorlovchi jarayon bo‘lib, 
u avval olgan bilimlar asosida ta’limni takomillashtirish va samarali yangicha yondashuv qilishdan iborat. 
Unda ta’lim – tarbiyada yangicha sifat ko‘rsatkichiga erishib, yuqori samaradorlikni qo‘lga kiritish amalga 
oshiriladi va ijodkorlikka yo‘naltiriladi hamda ta’lim texnologiyalarini yangicha sifat bosqichiga ko‘tarish, 
shuningdek, ta’lim – tarbiyada zamonaviy yondashuvlarni tashkil qilib borishni ta’minlaydi. Innovatsion 
ta’limda zamon bilan hamnafas ta’lim texnologiyalarini yaratish bilan shug‘ullanishga doim imkoniyat 
yaratilib boriladi. Innovatsion ta’lim o‘ziga xos ijobiy xususiyatlarga ega. Ular quyidagilardan iborat: 
·
kadrlar tayyorlash tizimiga ilm – fanning uzviy ravishda kirib borishini ta’minlaydi. Bunda ilg‘or 
pedagogik texnologiyalarni yaratish va o‘zlashtirish yuzasidan maqsadli innovatsion loyihalarni 
shakllantirish va amalga oshirish yo‘li bilan ilm – fanning ta’lim amaliyoti bilan integratsiyani ta’minlash 
chora – tadbirlari ishlab chiqiladi; ·
ilg‘or pedagogik texnologiyalar va yangi axborot texnologiyalarini 
joriy etish uchun o‘rta umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi va oliy o‘quv yurtlarida 
eksperimental maydonchalar tashkil etish orqali ilmiy – tadqiqot natijalarini o‘quv – tarbiya jarayoniga o‘z 
vaqtida joriy etish mexanizmlarini ro‘yobga chiqarishga erishiladi; ·
ta’lim jarayonining istiqbolini 
oldindan ko‘ra bilish, ya’ni ta’lim beruvchining avvalgi va hozirgi tajribasi asosida o‘qitish emas, balki ta’lim 
oluvchini uzoq kelajakni mo‘ljallashga (istiqbolli reja tuzishga) o‘rgatishdan iborat bo‘lib, unda ta’lim 


oluvchi ijtimoiy hayot va kasbiy faoliyatda tashxislash, bashoratlash, modellashtirish va loyihalashtirishni 
amalga oshira olishi zarur; ·
ta’lim oluvchining hamkorlikda ta’lim olish va optimal qarorlarni qabul qilish 
(lokal va xususiydan tortib dunyoni, madaniyat, sivilizatsiya rivojlanishini hisobga olishdan global 
muammolarni hal etish)da faol ishtirok etishni ta’minlash. Keyingi yillarda masofaviy ta’lim (lotincha 
distantia - masofa) uzluksiz ta’lim tizimida keng qo‘llanilmoqda. Masofaviy ta’lim – bu masofadan turib 
o‘qitishning usullariga asoslangan holda aholining keng qatlamlariga taqdim etiluvchi zamonaviy ta’lim 
texnologiyasidir. U o‘quv adabiyotlarining almashinish vositalari (Er sun’iy yo‘ldosh, televidenie, radio, 
kompyuter aloqa va boshqalar)ga tayanib, ixtisoslashtirilgan axborot muhiti yordamida masofadan 
mamlakat aholisining keng qatlamiga va xorijiy davlatlarga taqdim etiladigan ta’lim xizmatlar majmuidan 
iborat. Masofaviy ta’lim tizimida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashning samaradorligini oshirishda ta’lim 
beruvchi va ta’lim oluvchi shaxsining muntazam aloqasini ta’minlash asosiyvazifa bo‘lib hisoblansa 
quyidagi ta’limiy imkoniyatlarni qo‘lga kiritish mumkin: ·
masofaviy ta’lim o‘qishga ijobiy yondashuvni 
ta’minlaydi; ·
pedagogik jarayon maqsadi sifatida ta’lim oluvchiga yo‘nalish berish imkoniyati bor; 
·
metodologik, nazariy, uslubiy bilimlarni egallashga imkon yaratadi; ·
bilish faoliyatini mustaqil tashkil 
etish imkonini beradi; ·
ta’limning turli axborotlarini topish va o‘zlashtirish imkonini beradi; 
·
zamonaviy pedagogik texnologiya asosida tashkil etiladigan bilish faoliyatini amalga oshirish borasida 
samarali qo‘llaniladi; ·
axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishda, axborot olish va undan foydalanish 
samaralarini hosil qilish borasidagi ishlanmalarni tayyorlashga keng imkoniyatlar yaratadi. Masofaviy ta’lim 
pedagogik faoliyatning ijodiy xarakterini oshiradi, ya’ni zaruriy axborotlarni izlay bilish, tanlangan 
axborotlar bilan ishlay bilish va informatika vositalari yordamida odamlar bilan muloqotni samarali amalga 
oshira bilish yo‘nalishlarini zamonaviy ta’lim talablariga mos holda ta’limni yanada optimallashtirib 
boraveradi. Ta'limda sinf – dars tiziminig vujudga kelishi. Ta'limni boshqarishning asosiy tashkiliy shakli 
quyidagi ma'lum belgilarga ega bo’lgan mashg’ulotlarni guruhiy yo’sinda o’tkaziladi: - mashg’ulotlarning 
har yili va har bir o’qish kuni bir paytda boshlanishi; -
mashg’ulotlar va ular orasidagi tanafuslarning 
ma'lum vaqt davom etishi; -
guruhlardagi bolalarning yoshi va soni jihatdan baravarligi; -
material 
o’rganish sur'atining bir xilligi; -
o’quv mashg’ulotlarining ma'lum tashkiliy shaklda o’tkazilishi. Guruhli 
mashg’ulotlarning sinf-dars tizimi deb atalgan bunday shakli keng tarqaldi, mustahkamlandi va hozir ham 
ancha takomillashgan holda mavjuddir. Dars yaxlit ta'lim jarayonini o’quv-tarbiya ishining boshqa tashkiliy 
shakllari - uy vazifalarini bajarish, predmet to’garaklarining mashg’ulotlari, sayrlar va hokazolar bilan uzviy 
birlikda aks ettiradi. Darsni ikki jihatdan: umuman ta'lim jarayoni va ta'limni tashkil etish shakli sifatida 
ta'riflab
uni foydali deb hisoblash taklifi bor ( M.I.Maxmutov ). Ta'limning umumiy jarayoni sifatida qaralsa, 
dars o’qitish harakatining ta'lim mazmuni, prinsiplari va metodlari bilan belgilanadigan, ma'lum makon - 
zamon chegaralarida o’qituvchi rejalashtiradigan hamda boshqaradigan birgalikdagi ob'yekt
o’qituvchi va 
o’quvchilar amalga oshiradigan asosiy shaklidir. Dars maktabda o’quv ishlarini tashkil qilishning asosiy 
shakli Hozirgi paytda o’quv ishlarini tashkil etishning quyidagi shakllari
qo’llanadi: dars, ekskursiya, o’quv 
ustaxonalaridagi mashg’ulotlar, mehnat va 
ishlab chiqarish ta'limi shakllari, uy ishlari, sinfdan tashqari 
o’quv ishlarining shakllari (predmet to’garaklari, studiyalar, olimpiadalar, tanlovlar). Darsning tashkiliy 
shakllari Pedagogik adabiyotlarda va maktab amaliyotida darsdagi ishlarni tashkil etishning asosan uchta: 
yakka tartibdagi, umumiy va guruhiy shakllari qabul qilingan. O’quvchilar bilan olib boriladigan yakka 
tartibdagi ishlar rejasini quyidagi yo’sinda tuzish mumkin: -
dastlab mustaqil ishlarni o’tkazish hamda 
o’quvchi yashaydigan va o’qiydigan sharoitlarni tahlil qilish orqali uning imkoniyatlarini o’rganish; 
-
o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlashning didaktik vositalarini yaratish; -
har bir o’quvchi uchun eng 
maqbul topshiriqlarni hamda bilim olishi va kamol topishi nazorat qilish sistemasini belgilash, o’quvchini 
o’z vaqtida murakkabroq masalalarni hal qilishga o’tkazish, amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish va 
umumlashtirish, tuzatish va xulosalar chiqarish. O’quv ishlarini tashkil etishning umumiy shakli Umumiy 
shakl darsda, o’qituvchi va o’quvchilar
faoliyatining shunday turidirki, unda o’quvchilar hammalari uchun 
umumiy bitta ishni baravar
bajaradilar. Olingan natijalar sinf bo’yicha muhokama qilinadi, taqqoslanadi va 
umumlashtiriladi. Ommaviy ta'lim sharoitida o’quv ishlarini tashkil etishning umumiy shakli g’oyat 
muhimdir. U bolalarda jamoatchilik hissini tarbiyalash, ularni mulohaza yuritishga, o’quvchilarning 
mulohazalaridagi xatolarni topishga o’rgatish imkonini beradi. To’g’ri
rahbarlik qilinsa, bolalarning o’quv 


imkoniyatlari aniqlansa, sinfda turli muammolarni muhokama etish juda samarali tadbir hisoblanadi. Bu 
tadbir o’qituvchidan hamma o’quvchilarning fikrlashiga
mos ishni topish mahoratini, ularning istaklarini 
tinglay olishni talab qiladi. Darsning umumiy shaklida ko’zlangan maqsadlar bo’yicha va ayniqsa, 
o’quvchilarda dalillar bilan muhokama yuritish ko’nikmalarini rivojlantirishda ajoyib natijalarga erishish 
mumkin. Agar bolaning o’quv imkoniyatlari to’g’ri baholansa, darsni tashkil qilishning umumiy shakli 
o’quvchilarga yakka tartibda yondashishdan keng foydalanish imkonini ham beradi. O’qituvchi ulardan o’z 
imkoniyatlariga bog’liq holda turli darajadagi umumlashmalarni so’raydi. Shu tariqa o’quvchilarning 
tinglashlari ham, o’z bilimlari va fikrlarini o’rtoqlari bilan taqqoslashi, tezda to’ldirishi, undagi 
xatolarni
topish ko’nikmalarini shakllantirishi
juda muhimdir. Ta'limni tashkil etishning guruhiy shakli 
So’ngi yillarda darsni tashkil etishning umumiy va yakka tartibdagi shakllari bilan bir qatorda ta'limni tashkil 
etishning guruhiy shakli ham keng tarqalmoqda. Darsning guruhiy shaklining asosiy belgilari: -
mazkur 
darsda muayyan o’quv vazifalarini hal qilish uchun sinf bir necha guruhlarga bo’linadi; -
har bir guruh 
ma'lum topshiriq oladi va uni birgalashib o’z boshlig’i yoki o’qituvchining bevosita rahbarligida bajaradi; 
-
topshiriq guruhning har bir a'zosi 
qo’shgan hissani hisobga olish va baholash imkonini beradigan 
yo’sinda bajariladi; -
guruhning tarkibi doimiy bo’lmaydi uni tanlashda guruhdagi har bir a'zoning o’quv 
imkoniyatlari jamoa uchun ko’p foydali amalga oshadigan bo’lishi nazarda tutilgan. Ta'limni tashkil 
etishning guruhiy shakli So’nggi yillarda darsni tashkil etishning umumiy va yakka tartibdagi shakllari bilan 
bir qatorda ta'limni tashkil etishning guruhiy shakli ham keng tarqalmoqda. Darsning guruhiy shaklining 
asosiy belgilari: -
mazkur darsda muayyan o’quv vazifalarini hal qilish uchun sinf bir necha guruhlarga 
bo’linadi; -
har bir guruh ma'lum topshiriq oladi va uni birgalashib o’z boshlig’i yoki o’qituvchining 
bevosita rahbarligida bajaradi; -
topshiriq guruhning har bir a'zosi qo’shgan hissani hisobga olish va 
baholash imkonini beradigan yo’sinda bajariladi; -
guruhning tarkibi doimiy bo’lmaydi, uni tanlashda 
guruhdagi har bir a'zoning o’quv imkoniyatlari jamoa uchun ko’p foydali amalga oshadigan bo’lishi nazarda 
tutiladi. Darsning strukturasi, elementlari va tiplari Ta'limning strukturasi va tizimi haqida tushuncha. 
Avvalo, strukturaning nimaligini ko’rib o’tamiz. Ma'lumki, strukturasiz tizim bo’lmaganidek, tizimsiz 
struktura ham bo’lmaydi. Shunga ko’ra strukturani tizimdagi o’zaro bog’liq elementlarning tartiblari deb 
ta'riflash mumkin. Biz tizim tushunchasiga nimalarni kiritamiz? Tizim 

o’zining xossalari va bog’lanishlari 
bo’yicha u yoki bu tartibdagi o’zaro bog’liq ko’p elementlardir. O’quv jarayoni quyidagi zvenolarga ega 
bo’ladi: 
1.
O’quvchining o’quvchilar diqqati va tafakkurini jalb qilishi, shu orqali ularni o’quv materialini 
faol idrok etishga olib borish maqsadida bilish vazifasini o’rtaga qo’yishi. 
2.
O’qituvchi tomonidan bilimlarning berilishi jarayoni va o’quvchilarning yangi materialni 
o’zlashtirish. 
3.
Ilmiy tushunchalarning umumlashtirilishi va
shaklantirilishi jarayoni, o’quvchilarning bilim, 
ko’nikma va malakalarini mustahkamlash va takomillashtirish. 
4.
O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tegishli vaziyatlarda qo’llash. 
5.
O’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini o’zlashtirayotgani
tekshirish. 
Darsning tiplari Dars strukturasi o’quvchilar bilish faoliyatining xarakteri bo’yicha tasniflanadigan 
darslarning tipiga bog’liq bo’ladi. Ularni o’tkazish usullari, ta'lim metodlari esa o’quvchilar mustaqil ishining 
darajasi bo’yicha tasniflanadi. Darsning quyidagi tiplari mavjud: o’quvchilar yangi bilimlarni 
o’zlashtiradigan, faktli materiallar
to’planadigan, kuzatishlar o’tkaziladigan, jarayonlar va hodisalar 
o’rganiladigan, ularni anglanadigan, tushunchalari shakllantiriladigan, ko’nikma va malakalar tarkib 
toptiriladigan darslar, bilimlar umumlashtiriladigan va tizimlashtiriladigan darslar, bilimlar, ko’nikmalar va 
malakalarni takrorlash, mustahkamlash, boshqacha aytganda, kompleks qo’llash darslari, bilim, ko’nikma 
va malakalar og’zaki hamda yozma ravishda sinaladigan nazorat - tekshirish darslari; bir necha didaktik 
masalalar baravar hal qilinadigan kombinatsiyalashgan darslar. Hozirgi zamon darsining eng muhim 
xususiyatlari
yangi o’quv materialini
va uni amalda qo’llashni o’zlashtirish bilan birga ilgari o’rganilgan 
narsalarni o’zlashtirish, sintez qilish, takrorlash va mustahkamlash, nazorat qilish kabi elementlarining 
o’zaro bog’lanishidir. T.A.Ilina darsning o’z strukturasiga barcha asosiy elementlarini olgan tipini, ya'ni 
umumiy yoki aralash darsni tavsiya etadi. Darsning birinchi bosqichi – tashkiliy qism. Odatda bu qismga 


salomlashish, o’quvchilarning, sinf xonasidagi jihozlarning darsga tayyorgarligini tekshirish, darsda yo’q 
o’quvchilarni
aniqlash, ishning rejasini e'lon qilish kiradi. Tashkiliy qismning maqsadi – darsda ish 
vaziyatini vujudga keltirishdir. Ikkinchi bosqich – yozma uy vazifasini qo’yilgan maqsaddan qat'i nazar turli 
metodlar bilan tekshirish. Darsning uchinchi bosqichi – o’quvchilarning bilimlarini og’zaki tekshirish ( yoki 
ulardan
so’rash ). Darsning to’rtinchi bosqichi – o’qituvchining bayon etishi asosida yoki o’quvchilarning 
mustaqil tahlil qilishi orqali yangi materialni tushuntirish. Beshinchi bosqich – uyga topshiriq berish. 
Darsning bu qismiga mazkur topshiriqning mohiyatini, lozim bo’lsa uni bajarish metodikasini ham 
tushuntirish, uni o’qituvchining o’zi doskaga yozishi, o’quvchilarning daftarga yoki kundalikka ko’chirishi 
kiradi. Darsning oltinchi bosqichi – yangi materialni mustahkamlash, ya'ni dastlabki yoki yo’lakay – mazkur 
material bayon qilinayotganda amalga oshiriladigan mustahkamlashdir. Darsning yettinchi bosqichi – uni 
tugallashdan iborat bo’lib, bu ish tashkiliy ravishda
amalga oshirilishi kerak. Chunki, dars faqat 
o’qituvchining ko’rsatmasi bo’yicha mustahkamlanadi. Muallif darsning ana shu yettita elementini nazarda 
tutib, uning strukturasini quyidagicha ifodalaydi: 
1.
Tashkiliy qism. 
2.
Yozma topshiriqni (bor bo’lsa) tekshirish. 
3.
So’rash - mustahkamlash. 
4.
Uyga vazifa berish.
5.
Darsni tugallash. 
Bunday darsni bilimlarni mustahkamlash darsi deb atash mumkin. Yangi murakkab materialni tahlil 
qilishda uy vazifasi tekshirilmaydi. 
1.
Tashkiliy qism. 
2.
Yangi materialni tushuntirish . 
3.
Yo’lakay mustahkamlash. 
4.
Uyga vazifa berish: darsni tugallash.
Muammoli darslar: 
1.
O’quvchilarni uyushtirish. 
2.
Muammoni ifodalash, taxminni bayon qilish (natija qanday bo’lishi mumkinligini aytish) va 
yechimning variantlarini bildirish: muammoni amaliy hal qilishni izlash. 
3.
Natijalarni muhokama qilish. 
4.
O’qituvchining sharhi va umumlashtirishi. 
5.
Uyga vazifa berish. 
6.
Darsni tugallash. 
Darsning turlari Darslarning turlari quyidagicha: 
1.
a) dars - leksiya, b) dars - suhbat, v) kino darsi, g) nazariy yoki amaliy mustaqil (tadqiqot tipidagi) 
ishlar darsi, d) aralash dars (bitta darsda darsning har xil turlari birikmasi).
2.
a) mustaqil (og’zaki yoki yozma mashqlardan iborat reproduktiv tipdagi) ishlar darsi, b) dars - 
laboratoriya ishi, v) amaliy ishlar darsi, g) dars - ekskursiya. 
3.
a) og’zaki (umumiy, yakka tartibda, guruhiy) so’rash, b) yozma (yakka tartibda) so’rash, v) sinov, 
g) sinov amaliy (laboratoriya) ishi, d) kontrol ish, y) aralash dars. Oldingi uchta turning birikmasi.
Darslarning tipi Tushuntirish darsi. Ma'lumki, maktabdagi ta'limning asoslaridan biri onglilik 
prinspidir. Shunga ko’ra, ko’nikma va malakalarning shakllantirishning dastlabki bosqichi nazariy 
masalalarni o’rganishdan iborat bo’lishi
kerak. Bunda o’qituvchining materialni tushuntirishi eng muhim 
zveno hisoblanadi. Tushuntirish darsining strukturasi, ya'ni undagi qismlarning o’zaro joylashuvi 
quyidagicha bo’lishi mumkin: 
1.
Ilgari o’rganilgan materiallarga doir bilimlarni
eslash (o’quvchilardan so’rash); 
2.
Materialni tushuntirish; 
3.
Materialning o’zlashtirilganini tekshirish; 
4.
Nazariyani
qo’llash namunasini ko’rsatish; 
5.
Uyga vazifa berish; 


6.
Darsni yakunlash.
Ana shu tipdagi darsning strukturasi elementlariga
dars mavzusini e'lon 
qilish, uning maqsadini ifodalash va vazifalarning qo’yilishini ham kiritish mumkin. Bilimlar, ko’nikmalar va 
malakalarni mustahkamlash darslari. Bu tipdagi darsning strukturasi quyidagi darsning asosiy elementlarini 
o’z ichiga oladi: 
1.
Nazariya bo’yicha bilimlarni eslash; 
2.
Mavzu bo’yicha ko’nikma va malakalarni
rivojlantirish (mashqlar); 
3.
Darsni yakunlash; 
4.
Uyga vazifa berish.
Takrorlash darsi. Mustahkamlash va takrorlash darslari o’rtasida 
anchagina umumiylik mavjud. Bu umumiylik, eng avvalo, mazkur darslarning vazifalari va strukturalariga 
taalluqlidir. Shu bilan birga mustahkamlash va takrorlash darslari orasida tafovut ham bor. Shuningdek, 
takrorlash darsida material to’liq emas, balki tanlab ko’rib chiqilgan, oldingi darslarda yetarlicha 
o’zlashtirilmagan masalalar takrorlanadi. Materialni umumlashtirish va ko’nikma hamda malakalarni 
takomillashtirish darslari. Umumlashtirish darsining elementlari quyidagilardan iboratdir: 
1.
Umumlashtiruvchi materialga doir bilimlarni eslash; 
2.
Materialni umumlashtirish; 
3.
Nazariyani
o’zlashtirilganini tekshirish; 
4.
Umumlashgan qoidani qo’llash namunasini ko’rsatish; 
5.
Mavzu bo’yicha ko’nikma va malakalarni
takomillashtirish (mashqlar); 
6.
Darsning natijalarini yakunlash; 
7.
Uyga vazifa berish.
Bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish darsi (kontrol dars). Kontrol ish o’tkaziladigan darsning 
strukturasi murakkab emas: o’qituvchi topshiriqlarni aytib turadi (yoki doskaga yozadi), o’quvchilar ularni 
bajaradilar va dars oxirida ishlar yig’ib olinadi. Kontrol ishning savollari va topshiriqlari shunday 
ifodalanishi
kerakki, o’quvchilarning javoblaridan ular materialni shunchaki eslab qolgani emas, balki 
ishning mohiyatini tushungani ham ko’rinib turishi lozim. Pedagogik diagnostikaning tarixi pedagogik 
faoliyat tarixi bilan deyarli tengdosh. Boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayon ming yillardan buyon 
mavjud bo‘lsa, bu faoliyatning meyorlari va natijalarini belgilash ham shunchalik qadimiydir. 
Demoqchimizki, o‘quvchi-talaba bilimiga baho qo‘yish, uni sinov, imtihon qilish, munozara, mushoira 
o‘tkazish, pirovard bilimlarini bilib olish boshlangan yerda diagnostika ham turli shakl va ko‘rinishlarda 
mavjud bo‘lgan. Hamma zamonlarda ham o‘quv-biluv jarayonining pirovard maqsadi o‘quvchi-talabani 
o‘qish, o‘rganish, o‘zlashtirish, bilish va olgan bilimlarini kundalik hayotida foydalana bilishlari bilan 
baholangan va natijalangan. Ma’lumki, mamlakatimizda uch ming yillar avval ham bilim olish va mutolaa 
qilish oilada, jamoa muhitida ustoz-shogirdlik asosida olib borilgan. Buyuk allomalarimiz Mirzo Ulug‘bek, 
Ibn-Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg‘oniy davrlarida ilohiy-dunyoviy bilimlarni o‘rganish maxsus 
madrasalar va Akademiyalarda amalga oshirilgan. Bilimlar, asosan, yakka tartibda va kichik jamoalarda, 
ustoz-shogird maktablarida mutolaa, mushoira, muzokara tariqasida amalga oshirilgan. O‘sha davrda ham 
talabalarni baholovchi mezonlar bo‘lgan. Jumladan, talaba berilgan vazifalarni bajarib, o‘z fikrini ongli 
ravishda bayon qila olsa, ustozi talabalar oldida unga “tashakkur” yoki “tasanno” deyish orqali baholagan. 
Agar talaba berilgan vazifalarni yuqori darajada bajarib, to‘la o‘zlashtirib, talabalar orasida yorqin, ravon 
bayon qilib ayta olsa, ustozi uni “barakallo” deb rag‘batlantirgan. Agar talaba berilgan vazifa va 
topshiriqlarni a’lo darajada bajarib, amaliyotda uni bemalol qo‘llay olsa, unga yuqori baho berib, “ofarin” 
deb rag‘batlantirgan. Bularning zamirida nozik ruhiy qo‘llash, o‘ziga ishonch hissini uyg‘otish, unda ichki 
motivatsiyani vujudga keltirish orqali yangi bilimlarni egallash sari yetaklangan. Agar talaba vazifalarni 
yaxshi o‘zlashtirmay kelsa, unga qayta mutolaa qilish zarurligi haqida tanbeh berilgan. Yuqorida keltirilgan 
baholash tizimida rag‘batlantirishning har bir turi o‘quvchi qay darajada o‘zlashtirganligiga mezon vazifani 
bajargan. Bunday rag‘batlantirish talabani mutolaa qilishga bo‘lgan zavqini oshirib, yangi bilimlarni 
egallash sari chorlagan. Pedagogik diagnostikani ilmiy asosda tahlil etish va yo‘lga qo‘yish XX asr boshlarida 
amalga oshirilgan. O‘sha davrlardayoq, pedagogik diagnostika bilimlarni o‘zlashtirish asosidir deyishgan. 
O‘tgan
asrlarda u o‘quvchi bilimini baholash orqali amalga oshirilganini kuzatamiz. Unga 1864-yilda AQSH 
olimlari D.Fisher va R.Reyeslar asos solganlar. 1908-yildan boshlab, olim T.Stoun arfmetikadan test orqali 


o‘quvchi bilimining sog‘lom tizimini tadbiq etgan. Nemis olimi Linner “test shaxsning turli holatlarini, 
shaxsiy xususiyat, imkoniyat va qobiliyatlarini aniqlovchi ilmiy metoddir” deb ta’riflaydi. Alabama davlat 
maktablarida
sinf
12- ta o‘quvchidan
iborat
guruhlarda kasblar bo‘yicha
tarmoqlar va muvaffaqiyatga 
erishish uchun zarur bo‘lgan asosiy ish ko‘nikmalarini ilmiy-asoslangan
chora-tadbirlar
ACT WorK
Keys 
baholariga birinchi marta
muhokama qilindi. Ular ish qidiruvchilar, xodimlarning, ish beruvchilar, talabalar, 
o‘qituvchilar, rahbarlar ishlab chiquvchilar tomonidan ko‘'proq, e’tiborga olingan. ACT WorK
Keys 
baholash kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji
uchun zarur bilim va kognitiv ko‘'nikmalarini o‘lchash. Talabalar 
axborotlashtgan ta’lim orqali o‘qish, va axborot
test loyhalarni
uch baholash to‘g‘risidagi kasb ballar 
asosida talabalar
bronza, kumush, oltin, yoki
Platinum
sertifikat
olish uchun
tegishli harakat qilishlari 
mumkin. Pedagogik tajribadan bizga sir emaski, ijobiy baho o‘quvchi- talabaning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqi 
va kayfiyatini oshiradi, ruhlantiradi. Uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Bu jarayon uni bilim 
olishga qiziqishini ortiradi. Bu holat Etnopedagogikamiz va halq pedagogikasida ham qayd etilgan. Yuqorida 
bayon etilgan besh ballik baho tizimida o‘quvchi yomon baho olganda, unga dashnom berilganda unig 
kayfiyati tushadi, bilim olishga ishtiyoqi, qiziqishi so‘nadi va o‘ziga bo‘lgan ishonchi yo‘qolib boradi. Uzoq 
yillik kuzatuvlar va tajribalar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchi-talabaning o‘z faoliyatini o‘zi baholashi, o‘ziga-o‘zi 
baho berishi eng adolatli, to‘g‘ri va istiqbollidir. Bunday o‘lchov mezoni o‘quvchi-talaba bilim sifati va 
samaradorligini 
pedagogik 
diagnostika 
asosida 
baholashdir. 
Quyida 
shular 
haqida 
fikr 
yuritamiz. 
Baholash nima? O‘quv-biluv jarayonining pirovard maqsadi baholanish va baholashdir. 
O‘quvchilar nimani bilishini va nimalarni bilmasligini aniqlashtirish, ularni o‘zlashtirishdagi kamchiligini va 
nuqsonlarini aniqlash va keyingi yutuq tomonlariga suyanib, zaif tomonlarini to‘ldirish va rivojlantirish 
hozirgi davrda didaktikaning asosiy talablaridandir. Baholash jarayonining asosi – o‘quv-biluv jarayonida 
o‘quvchi faoliyatini kuzatib, tahlil qilib borish. Agar ta’lim jarayonida o‘quvchining faoliyati, qobiliyati 
rivojlansa, ta’lim jarayonidagi ishtiroki, individual xususiyatlari takomillashadi. Ruhshunoslarning fikriga 
ko‘ra, besh ballik baho qo‘yish tizimining asosiy kamchiligi bolaning psixologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
O‘qituvchilar bolalarning bahoga bo‘lgan salbiy munosabatlarini ko‘plab ko‘zdan kechirganlar. 
O‘quvchilarga baholar e’lon qilinayotganda sinfda paydo bo‘ladigan sukunat, ichki noroziliklar bizga juda 
tanish. Buning natijasi goho oshkora xursandchilik, goho ko‘zyoshidir. Ma’lumki, kunda baho qo‘yishdan 
oldin nazorat ishlari olinadi. Ular: 
1) og‘zaki so‘rov (umumiy guruhda va yakka tartibda);
2) yozma ravishdagi ishlar (diktant, bayon, insho, misol va masala, mashqlar yechish); 
3) zachyot; 4) laboratoriya ishlari; 
5) amaliy ishlar; 
6) mustaqil yozma ishlar; 
7) imtihonlar. 
Yuqoridagi nazorat darslari tashkil etilgandan so‘ng ularning faoliyatida uchraydigan tipik xatolarni 
aniqlash va ularni bartaraf etish uchun maxsus mshg‘ulotlar tashkil etiladi. Hozirgi kunda ta’lim 
muassasalarida o‘quvchi-talabalarda o‘z-o‘zini baholash, reyting, testlar qo‘llanib, xavotirlik, ruhiy tinchlik, 
atrofdagilar bilan o‘zaro samimiy va do‘stona munosabat, ijodkorlik, hamkorlik tushunchalari kirib 
kelmoqda. Ta’limda baholash shunday olib borilmog‘i kerakki, u o‘quvchi-talabaning o‘qishga bo‘lgan 
qiziqishini, xohish-istaklarini, ichki his-tuyg‘ularini uyg‘otish va oshirishga xizmat qilsin. Didaktika mezonlari 
bilan aytganda, ularda doimiy motivatsiyalar oshib borishi kerak. Pirovard natijada o‘quvchitalabaning 
o‘ziga nisbatan ishonch kuchi doimiy rivojlanishini kafolatlamog‘i lozim. Pedagogikadan ma’lumki, o‘z-
o‘zini anglash, o‘z-o‘ziga ishonch, ta’lim-tarbiyada pirovard natijaga erishishning kafolatidir. Zero dars 
an’anaviy yoki interfaol, ilg‘or pedtexnologik loyiha asosida kechadimi unda qo‘yilgan bosh maqsad – 
bolada mavjud bo‘lgan ijodkorlik va moyillikka turtki berishdan iborat, ya’ni o‘quvchi-talabada bilim olishga 
ishtiyoq, xohish-istakni, chaqqonlikni tarbiyalash bosh masaladir. Buning uchun ta’lim sohasi xodimlari, 
amaliyotchi o‘qituvchilari baholashda pedagogik diagnostika nima? Test nima? Reyting nima? Ta’limda 
monitoring nima? Ular qanday qilib o‘quv jarayoniga olib kirilishi kerak? degan savollarga javob berishga 
tayyor bo‘lishi lozim. Biz kelgusi mavzularda yuqoridagi savollarga alohidaalohida to‘xtalamiz.


ТАШХИС МАҚСАДИ-diagnosis Ўқув жараёнининг самарадорлигини аниқлаш -To determine the 
effectiveness of the educational process Баҳолаш-assessment Таҳлилқилиш-The analysis of [1] Педаго-
гиканинг тадқиқот методи Ўқув-чилар-ни ўрганиш метод-лари Педагогик диагностиканинг 
босқичлари ва принциплари Ўқувчилар-нингбилим, кўникма ва малакалари-нинг қай даражада 
эканлигини аниқлаш Тўғри ташкил этиш Таълим самарадор-лиги ошади Назорат ва ҳисобга олиш [2] 
[3] O‘quvchilar bilimini tashhis etishning mohiyati1. Ta’lim tashhisi mohyaiti haqida gapirishdan oldin 
tashhisni umumiy yondashuv hamda tashhislashni amaliy pedagogik faoliyat jarayoni sifatida qabul 
qilamiz. Tashhis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini 
belgilash demak. Tashhissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal 
natijalarga erishish mumkin emas. Ta’lim tashhisida oqibatlar, erishilgan natijalar va ta’lim olganlik 
farqlanadi. Shuningdek, ta’lim olganlikni tashhislash vaqtida belgilangan maqsadni amalga oshirishda 
erishilgan daraja sifatida ham qaraladi. Didaktik tashhisning maqsadi o‘quv jarayonini uning samaradorligi 
bilan bog‘liq holda aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat. Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, tashhis 
ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini an’anaviy tekshirishga nisbatan kengroq va chuqurroq 
ma’no kasb etadi. Ta’limni baholash yoki tekshirish faqat natijalarni qayd etadi, biroq ularning kelib 
chiqishini izohlamaydi. Tashhis natijalarini ularga erishish yo‘llari va vositalari, usullari bilan aloqadorlikda 
baholaydi, ta’lim samarasini ta’minlovchi jarayon va bosqichlarni aniqlaydi: Ташщислаш Назорат 
Маълумотларни тащлил =илиш Динамика Текшириш Бащолаш Статистик маълумотларни тыплаш 
Во=еликнинг кейинги ривожини тахмин =илиш Тенденцияларни ани=лаш 17 - чизма. 
Ташщислашнинг асосий таркибий =исмлари O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat 
qilish, baholash tashhislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Ular pedagogik texnologiyaning ancha 
qadimiy usullaridir. Nazorat va baholash maktab amaliyoti rivojining doimiy hamrohi bo‘lib kelgan. Shunga 
qaramay, bugun ham baholashning mazmuni, texnologiyalari haqida qizg‘in munozaralar davom etmoqda. 
Ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo‘yiladigan talablar. O‘quvchilarning ta’lim natijalarini 
tekshirish va baholashga qo‘yiladigan pedagog talablar (buni pedagog olim N.A.Sorokin ta’rifida berishni 
ma’qul deb topdik) ta’lim nazariyasi va amaliyotida quyidagicha belgilangan: har bir o‘quvchining o‘quv 
faoliyatini nazorat qilishni talab etadigan, sinf yoki guruhning o‘quv ishi natijalari o‘quvchining shaxsiy 
natijalarining o‘rnini almashtirishga yo‘l bermaydigan nazoratning individual tavsifi; nazoratni ta’lim 
jarayonining barcha bosqichlarida: boshlang‘ich idrok etishdan to bilimlarni amalda qo‘llashgacha bo‘lgan 
bosqichlarida o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarining boshqa tomonlari bilan birgalikda olib borishning 
tizimliligi; nazoratning o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini hal etadigan, uni olib borishga 
o‘quvchilarni qiziqtiradigan turli shakllari; o‘quv dasturining barcha qismlarini qamrab olgan, 
o‘quvchilarning nazariy bilimlari, intellektual hamda amaliy ko‘nikma va malakalarini tekshirishdan iborat 
nazoratning keng ko‘lamliligi; o‘quvchilarni har jihatdan bilib olmasdan turib, o‘qituvchining xato xulosalar 
chiqarish, subyektiv munosabatda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi, shuningdek, o‘zlashtirish natijalarini 
baholashda baho mezonlariga qat’iy rioya qilishni talab etadigan nazoratning xolisligi (obyektivligi); har bir 
fan, uning bo‘limlarining maxsus xususiyatlari, shuningdek, o‘quvchilarning shaxsiy qobiliyatlarini hisobga 
olgan holda turli nazorat metodlarini tanlashning tabaqalashganligi; muayyan sinf (guruh) o‘quvchilarining 
o‘quv ishlarini nazorat qilishda barcha o‘qituvchilar tomonidan qo‘yiladigan talablarning bir xil bo‘lishi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilish orqali nazoratning ishonchliligi ortadi va yoquv jarayonida o‘z 
vazifalarini hal qilishga imkon yaratiladi. 
O‘quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakl va 
metodlari. Pedagogika fani bilimlarni o‘z vaqtida nazorat qilish va baholashning uchta vazifasi borligini 
alohida uqtiradi: O‘zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab davlat ta’lim standartlari 
qanday bajarilayotganligi nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi. 
Bilimlarni nazorat qilish va baholash 
natijasida o‘quvchilarda bilimlar yanada kengayadi. Bu bilan ta’lim muassasalari oldida turgan ta’limiy 
maqsad bajariladi. Ta’lim sohasida yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta’sir ko‘rsatadi, ularda 
ko‘tarinki ruh, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch va qiziqish paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham ta’lim natijalarini 
nazorat qilish va baholash ta’lim tizimining ajralmas qismidir. Ana shu vazifalardan kelib chiqib o‘quvchilar 
o‘quv faoliyatini hisobga olishning bir qator shakl va metodlari asoslangan. Har bir fan bo‘yicha 
o‘quvchining o‘quv faoliyatini nazorat qilish va baholash chorak yoki yarim yillik davomida muntazam 


ravishda olib boriladi va quyidagi nazorat turlari orqali baholanadi: joriy nazorat; oraliq nazorat; yakuniy 
nazorat. Joriy nazorat – bu ta’lim jarayonida o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan muayyan 
mavzularni o‘zlashtirilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. Bu 
nazorat o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilib, o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash fanning har bir mavzusi 
bo‘yicha kundalik ballar qo‘yib borishni nazarda tutadi. Oraliq nazorat o‘quvchilar tomonidan o‘quv 
materialining muayyan bob yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini 
aniqlash, baholash shakli. Yakuniy nazorat – ta’lim oluvchilarning chorak yoki yarim yillik uchun belgilangan 
o‘quv materiallari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli 
bo‘lib, o‘rganilgan mavzular bo‘yicha yozma, og‘zaki, test shaklida o‘tkaziladi. O‘quvchilarning faoliyatini 
hisobga olish metodlari og‘zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan bo‘lishi 
mumkin. Og‘zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha keng tarqalgan 
an’anaviy usullaridan biridir. Og‘zaki tekshirishning mohiyati shunda ko‘rinadiki, o‘qituvchi o‘quvchilarga 
o‘rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, ularning o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og‘zaki 
tekshirish o‘quvchilarning bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul 
ayrim hollarda suhbat usuli deb ham atashadi. Og‘zaki ommaviy tekshirish o‘quvchilardan og‘zaki so‘rash 
bo‘lib, ular guruhga qaratilgan savollarga javob beradilar. Bunday tekshirishda javoblar qisqa bo‘ladi. 
Mazkur so‘rash ko‘pchilik o‘quvchilarni nazorat qilishni ta’minlaydi va butun guruhni faollashtiradi, ammo 
o‘quvchilarning nutqini o‘stirmaydi. Bunday nuqsonlar individual so‘rashda ko‘zga tashlanmaydi. Ammo 
so‘rashning bu shaklida guruhdagi boshqa o‘quvchilarning to‘laqonli ishlashlariga erishish juda qiyin. 
Kombinatsiyalangan (tezlashtirilgan) tekshirishda o‘qituvchi bir necha o‘quvchini bir vaqtda doskaga 
chaqiradi, biri og‘zaki javob beradi, 3-4 nafar o‘quvchi esa kartochkalar bo‘yicha yozma ishni bajarishadi va 
hokazolar. Bu tekshirishning murakkab usuli bo‘lib, o‘qituvchidan yetarlicha tajriba va diqqatlarini 
guruhdagi hamma o‘quvchilarga taqsimlay bilishni talab qiladi. Yozma tekshirish – o‘quvchilarning bilim, 
ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo‘lib, ularning ijodiy 
qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki, o‘qituvchi alohida mavzu 
yoki o‘quv dasturining ma’lum bo‘limini o‘tib bo‘lganidan so‘ng o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va 
baholashni tashkil etadi. Yozma tekshirish topshiriq, ya’ni, insho yozish hamda turli nazorat va mustaqil 
ishlarni bajarishni uyda ham amalga oshirishga imkon beradi. Ushbu jarayonda o‘qituvchining bajarilgan 
ish bilan tanishib chiqishi, uning sifatini tekshirishi uchun ko‘p mehnat va vaqt sarflanadi. Amaliy 
topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan amaliy harakatlar (sport, mehnat 
harakatlari)ning to‘g‘riligini kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat bo‘lishi mumkin. 
O‘quvchining butun dars davomidagi barcha faoliyatlarini nazorat qilish tekshirishning maxsus turi bo‘lib, 
u o‘quvchining darsdagi ishtiroki uchun ball qo‘yish bilan yakunlanadi. Bu o‘quvchini doimo harakat qilishga 
va faollikka undaydi. Ma’lumki, bugun ta’lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda. Reyting 
deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta hodisani oldindan belgilangan shkala 
bo‘yicha baholash tushuniladi. Shkalalash – aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish. 
Uning turli uslublari sifat tavsiflarini miqdoriy o‘zgarishlarga aylantirishga yordam beradi. Reyting nazorati 
asosida o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini hisobga olishning yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test 
usulidan ham samarali foydalanilmoqda. Test so‘rovidan
nafaqat o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va 
malakalari darajasini aniqlash, balki 1993 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasida abituriyentlarni oliy 
o‘quv yurtlariga tanlov asosida qabul qilish jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda. Test – aniq 
maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi 
sinov vositasi. Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzalliklari ko‘zga tashlanadi. Ular quyidagilardir: 
nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi; 2)
nazariy va amaliy bilim darajasini obyektiv sharoitda aniqlash 
imkonining mavjudligi; 3) bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli o‘quvchilar bilan nazoratni tashkil etish mumkinligi; 
4) bilim natijalarining o‘qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi; 5) barcha o‘quvchilarga bir xil 
murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir xil sharoitning yaratilishi. Ta’lim tizimi uzluksiz ravishda 
islohotlarni amalga oshirishni talab etadigan sohadir. Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish jarayonida 
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash ham yangicha mazmun kasb 
etdi. Davlat ta’lim standartlarining ishlab chiqilganligi, yangi o‘quv dasturining amaliyotga joriy etilganligi, 


erkin va mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashga nisbatan yuqori talabning qo‘yilayotganligi, ta’lim 
amaliyotiga pedagogik texnologiyalar olib kirilayotganligi, o‘quvchilarni kasbga muvaffaqiyatli yo‘llash 
maqsadida psixologik va pedagogik diagnostika barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng ko‘lamda 
amalga oshirilayotganligi kabi holatlar ko‘zga tashlanayotgan bir vaqtda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va 
malakalarini eng samarali shakl, metod va vositalar yordamida nazorat qilish hamda baholash muhim 
ahamiyatga ega. O‘quvchilar bilimini baholashning besh balli tizimining eskirganligi, zamon talablariga 
javob bera olmagani uni reyting tizimi asosida baholash uslubi bilan almashtirishni taqozo etdi. Shu o‘rinda 
«+anday sabablarga ko‘ra besh balli baholash mezoni o‘zini oqlamadi?» degan savolga javob berish 
o‘rinlidir: Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ta’limni 
dekmokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida rivojlantirishni nazarda tutadi. Besh balli baholash tizimi 
qattiqqo‘llik, o‘qituvchining mustabidligi hamda uning ta’lim jarayonida yakka hukmronligini ta’minlashga 
xizmat qilib kelgan. Demak, ushbu jarayonda talab va amaldagi holat bir-biriga muvofiq kelmaydi. 
Ikkinchidan, baholash mezoni o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida ixtiloflarni keltirib chiqarishga emas, 
aksincha, o‘zaro faol hamkorlik, bir-birini tushuna olishlari uchun xizmat qilishi lozim. Uchinchidan, 
baholash mezoni faqatgina o‘quvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilish 
darajasini
nazorat qilish
uchungina emas, balki ta’limni tashhis etishning faol ko‘makchisiga aylanishi 
zarur. Baholashning besh balli tizimi birdan beshgacha farqlanuvchi dastlabki baholar qo‘yish tartibini 
bildirib, mohiyatan baholar o‘rtasida yig‘indisining o‘rtacha arifmetik qiymati asosida choraklik (yillik) 
bahoni belgilashdan iborat. Masalan, o‘quvchi biror o‘quv fanidan uchta nazorat ishini 3, 4 va 5 ga bajargan, 
joriy nazorat bo‘yicha ham shunday natijalarni qayd etgan bo‘lsa, unga chorak uchun «4» baho qo‘yiladi. 
Bu esa o‘quvchi joriy, oraliq va yakuniy nazorat paytida yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, ijobiy baholanishiga, 
chorak oxirida muayyan mavzudan olgan «5» bahoga berilgan javoblarining mutlaqo inobatga olmasligiga 
sharoit yaratadi. «Reyting» (inglizcha baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash) muayyan hodisani 
oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash. Reyting tizimi o‘quvchilarning bilim sifatini nazorat qilish 
turi, metodi va shakli sifatida e’tirof etilib, uning yordamida o‘quvchilarning o‘quv fanlari bo‘yicha ta’lim 
standartida belgilangan barcha talablar bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlari sifati baholanadi. Reyting tizimida 
o‘zlashtirish natijasi nazoratning ko‘rsatilgan barcha shakllardan o‘tish jarayonida to‘plangan ballarni 
qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi. Har bir nazorat turi uchun 10 balldan taqsimlanganda (o‘quv fani uchun 100 
ball hisobida) unga 7, 5, 8, 7 ball qo‘yilsa, o‘quvchining chorak yoki yarim yillik uchun to‘plagan bali 27 
ballni tashkil etadi, bu esa 55 foizdan kam, shuning uchun u yetarlicha reyting ballini to‘plamaguncha va 
barcha nazorat shaklidan o‘tmagancha attestatsiya qilinmaydi. Demak, reyting tizimi olingan baho bilan 
egallangan bilim o‘rtasida tafovut kelib chiqishining oldini oladi. Reyting tizimi yana bir qator afzalliklarga 
ega, chunonchi: ta’lim jarayonida baholash tizimi imkoniyatlarini kengaytirish; o‘quvchi bilimini eng 
adolatli mezonlar yordamida aniqlash; ta’limni standartlashtirish jarayoni uchun zarur imkoniyatlarni ochib 
berish; ta’lim standartlarida ko‘zda tutilgan o‘quv dasturiga kirgan majburiy ixtiyoriy mavzularning 
to‘laligicha o‘zlashtirilishi; o‘quvchilarda o‘z ustida mustaqil ishlash intilish, erkin fikr yuritish, bilimlarni 
egallashga nisbatan izchil yondashuv yuzaga keladi; o‘quvchilarda yomon baho olishga bo‘lgan qo‘rquv 
yo‘qolib, uning o‘rniga bilimlarni ixtiyoriy o‘zlashtirish, mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish 
yo‘lida mustaqil ishlash imkoniyati yaratiladi. Boshqacha aytganda, qo‘rquv o‘rniga intilish, rejalashtirish, 
harakat qilishga ehtiyoj tug‘iladi, o‘rganishga nisbatan qiziqish ortadi. Biroq, bugungi kunda ham maktab 
amaliyotida besh balli baholash tizimidan foydalanilayotganligi bois pedagoglar mazkur tizimning 
rag‘batlantiruvchi rolini oshirish yo‘llarini izlamoqdalar. Bu borada bir necha usullardan foydalanishmoqda. 
Xususan: baholarni qo‘shish va ayrish alomatlari bilan ifodalash. Sinf jurnallarini yuritishning amaldagi 
qoidalari ifodaviy belgili baholarni qo‘llashga imkon bermaydi. Shu bois pedagog murosa qilib, sinf 
jurnaliga aniq baholarni qo‘yadi, plyus-minuslarni esa shaxsiy yon daftarchasida qayd etib boradi; raqamni 
balli baho (qo‘shimcha baho) bilan to‘ldirishi. Bu usul instruktiv ta’qiqlarga ega emas, biroq pedagoglar 
tomonidan kam qo‘llaniladi, zero, bu usul dars davomida shusiz ham tanqisligi seziladigan vaqtni ko‘proq 
sarflashni talab etadi; o‘qituvchining kundalik daftarga baho qo‘yish bilan birga ota-onalar uchun qaydlarni 
yozishi. Bu usul o‘quvchining oila oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga asoslanadi. +uyidagi holat inobatga 
olinmasa, bunda biror g‘ayri oddiylik yo‘q. Kundalikda qayd etilgan yozuvlar mazmuni bilan tanishish 


ularning asosan salbiy mazmunda ekanligini ko‘rsatadi. Ma’lumki, salbiy fikrlar o‘quvchilarda ta’lim olishga 
bo‘lgan rag‘batni barbod qiladi. Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, 5-6-sinf o‘quvchilarida ta’lim olishga 
bo‘lgan rag‘batning pasayishini ta’minlovchi omil – aynan kundalikdagi salbiy mazmundagi qaydlardir. 
kommunikativ motiv – tengdoshlarining munosabati, fikri. O‘quvchilar tengdoshlarining
munosabati, 
fikrlariga nisbatan e’tiborsiz bo‘la olmaydilar. Pedagog ana omildan foydalana olishi zarur, biroq uni 
suiste’mol qilish yaramaydi, zero, bunday yondashuv ham o‘quvchilarda ta’lim olishga bo‘lgan rag‘batni 
susaytiradi. XIX-XX asr boshlarida gimnaziyalarda shunday qoida ustun bo‘lgan: o‘quvchini jamoa oldida 
maqtash mumkin, lekin koyish mumkin emas. Bugun ham ta’lim amaliyotida ana shu qoidaga amal qilish 
foydadan holi emas. kommunikativ ta’sirni kuchaytirish, bu o‘rinda o‘quvchilarni o‘z sinfdoshlarining 
muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklarini his qilish, unga yordam ko‘rsatishga o‘rgatishdan iborat; 
o‘zlashtirish ekranlaridan foydalanish. Sinfda ekran osib qo‘yilib, unda o‘quvchilarning barcha baho 
ko‘rsatkichlari qayd etib boriladi. Buning kamchiligi a’lochilarda kibrlanish, past o‘zlashtiruvchilarda esa 
befarqlik yuzaga keladi. Bunday holatning oldini olish uchun o‘quvchilarni axborotni to‘g‘ri qabul qilishga 
o‘rgatib borish zarur. o‘z-o‘zi bilan musobaqa tashkil etish, har hafta oxirida o‘quvchi o‘z faolitini tahlil 
etadi. Yakunlangan haftada o‘zlashtirish pasaysa, garchi u a’lochi bo‘lib qolaversa ham o‘quvchi 
musobaqada boy beradi. Aksincha, kuchsiz o‘quvchi yakunlangan haftada samarali ishlasa, g‘olib chiqqan 
hisoblanadi. O‘z-o‘zi bilan musobaqada barcha o‘quvchilar teng sharoitda bo‘ladilar, ya’ni, past 
o‘zlashtiruvchi o‘quvchi bitta past bahoni kam olsa, yutgan, a’lochi o‘quvchi esa bitta a’lo bahoni kam olgan 
bo‘lsa yutqazadi. Anglanganidek, bu usul o‘zlashtirish uchun emas, balki o‘zlashtirishni yaxshilash uchun 
xizmat qiladi. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari. O‘quvchilarning bilim, 
ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahstalab mavzu bo‘lib kelgan. Shu bois u turli 
adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, 
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalari, 
shuningdek, sinf (guruh)dagi o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi. 
Shuningdek, baholash mezonlarini ishlab chiqishda o‘quvchilarning og‘zaki javob berishlari, ko‘nikma va 
malakalariga alohida-alohida yondashiladi. Masalan, ximiya darsidan baholash
mezonlariga 
o‘quvchilarning og‘zaki javoblari, amaliy topshiriqlarni bajara olishlari va amalda mavjud bilimlarini 
namoyish eta olishlari inobatga olinadi. Buni «4» baho misolida aniqlashtiramiz: og‘zaki javob berish 
jarayonida «4» baho qo‘yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo‘lsa: o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan to‘g‘ri 
javoblar berilsa; material mantiqiy ketma-ketlikda aniq bayon etilsa; o‘qituvchi talabi bilan tuzatilgan ikki-
uchta unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan xatolar yo‘l qo‘yilsa yoki to‘liq bo‘lmagan javob aytilsa. Yozma 
topshiriqni bajarishda «4» baho qo‘yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo‘lsa: masalani yechishda va 
izohlashda muhim xato bo‘lmasa; topshiriqni bajarish va izohlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lmagan bir-
ikki xatoga yo‘l qo‘yilsa yoki bitta izohning mohiyati ochib berilmagan bo‘lsa. Amalda bilimlarni namoyish 
etishda «4» baho qo‘yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo‘lsa: ishni to‘liq, muhim xatolarsiz bajarsa, biroq 
natija chiqara olmasa; ishni bajarishda, tajribani tugallashda ikki-uch muhim bo‘lmagan xatolarga yo‘l 
qo‘yilsa. Bildirilgan fikrlarga tayangan holda shunday xulosa chiqarish mumkin: o‘quvchilarning bilimlari 
uchun besh balli tizimda baholar quyidagi holatlarda qo‘yiladi: «5» baho: a) o‘quvchi materialni to‘liq 
o‘zlashtirib olgan bo‘lsa; b) o‘rganilgan mavzu bo‘yicha asosiy ma’lumotlarning mohiyatini ochib bera olsa; 
v) egallangan bilimlarni amalda qo‘llay olsa; g) o‘rganilgan mavzuni bayon qilishda, o‘zma ishlarda 
xatolarga qo‘l qo‘ymasdan, ma’lumotlarni tushuntirib bera olsa qo‘yiladi. «4» baho: a) o‘quvchi o‘rganilgan 
mavzuning mohiyatini bilsa; b) o‘qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan 
bilimlarni amaliyotda qo‘llay olsa; g) og‘zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymasdan, o‘qituvchining 
qo‘shimcha savollari bilan xatolarini to‘g‘rilay olsa hamda yozma ishda uncha jiddiy bo‘lmagan xatoga yo‘l 
qo‘ysa; 
«3» baho: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuni o‘zlashtirgan, lekin mustaqil tushuntirish berishda 
o‘qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezsa; b) savollarning mantiqiy tuzuilishini o‘zgartirib 
berganda, javob berishga qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor bo‘lsa. «2» baho: o‘quvchi o‘rganilgan 
mavzu haqida tushunchaga ega, biroq mavzuni o‘zlashtirmagan, yozma ishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa 
O‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi faoliyatlari. O‘qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi. 
Ta’lim muassasasi (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari)da tashkil etiluvchi 


ta’lim jarayonida o‘quvchining faoliyati o‘qituvchi rahbarligi ostida kechadi. O‘qituvchi faoliyatining vazifasi 
o‘quvchilarning ijtimoiy borliqni ongli va faol idrok etishga yo‘naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan 
iboratdir. Ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat: rejalashtirish; tashkil etish; 
boshqarish (rag‘batlantirish); nazorat; natijalarni baholash va tahlil qilish. O‘qituvchi faoliyatini 
rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki darslar rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-
konspektlar yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy ishlash kerak bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning 
tayyorliklari darajasi, ularning o‘quv imkoniyatlari, moddiy baza holati, shaxsiy (kasbiy) imkoniyatlarini 
o‘rganib chiqishi, o‘quv materiali mazmunini tanlab olishi, dars
olib borish shakli va metodini o‘ylab 
chiqishi kerak bo‘ladi. O‘quvchilar faoliyatini tashkil etish o‘quvchilar oldiga o‘quv masalalarini qo‘yishni va 
uni bajarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat bo‘ladi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faoliyati. Bilim 
olish faoliyatning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida muayyan tuzilish, rivojlanish va faoliyat qonuniyatlariga ega. 
Bilim olish borliqni idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda 
faoliyat ko‘nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish 
jarayoni hisoblanadi. Bilim olishning muhim komponenti motiv,ya’ni, ta’limiy xarakterdagi harakat yoki 
faoliyatni tashkil etishga nisbatan rag‘batni his etish, ehtiyojning yuzaga kelishidir. O‘qishning keyingi 
komponenti o‘quv harakatlari (operatsiyalari) sanalaib, ular anglangan maqsadga binoan amalga oshiradi. 
O‘quv harakatlari o‘quv jarayonini tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon bo‘ladi. Harakatlar 
tashqi (kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) ko‘rinida bo‘lishi mumkin. Tashqi o‘quv harakatlariga 
predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish, tajribalar o‘tkazish); perseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, 
kuzatish, sezish) hamda
nutqdan foydalanish kiradi. Ichki (mnemonik, yunonchadan «mnemonikon» - 
eslab qolish madaniyati) harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va tashkil etish, 
shuningdek, tasavvur va fikrlash harakatlari (intellektual) kiradi. Har qanday bilimni o‘zlashtirishda 
o‘quvchilardan idrok etish madaniyatiga ega bo‘lish va o‘quv materialini anglab yetish talab etadi. 
Pedagogik jarayonda o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning ma’nosini yetarli darajada tushunmay, faqat 
tovushlar birligi sifatida qabul qilinishi va yodlab olinishi xavfilidir. O‘quvchilarni ilmiy bilimlarni ularning 
mohiyatini to‘la tushungan holda o‘zlashtirish shartlari bilan tanishtirib, ularga o‘zini o‘zi nazorat qilishning 
mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadga muvofiqdir. O‘zini o‘zi nazorat qilishda o‘quvchilar ular 
qo‘llayotgan aqliy mehnat vositalarining samaradorligi, shuningdek, o‘z mehnati natijalarini baholashi 
kerak. Natijalarni baholash, nazorat qilish va tahlil etish o‘quv
harakatlarining ajralmas qismlari 
hisoblanadi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi tomonidan o‘zini nazorat qilish, o‘zini baholash va o‘zini analiz 
qilish amalga oshirish o‘qituvchining shunga o‘xshash o‘rgatuvchi harakatlarini kuzatish asosida 
shakllanadi. Bu harakatlarni shakllantirish o‘quvchilarni o‘z tengdoshlari faoliyatini kuzatishga jalb etish, 
o‘zaro nazoratni tashkil etish, o‘rnatilgan mezonlar asosida o‘z faoliyati natijalarini o‘zaro baholash va tahlil 
qilishga yordam beradi. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining tuzilishi. O‘quvchilar o‘quv idrok etish 
faoliyatlarini boshqarishga o‘rganib olish uchun bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni tuzilishini
yaxshi tasavvur 
etish, o‘quvchilar tomonidan bilimlarning egallash bosqichlarini bilishi zarur: idrok etish, o‘quv materialini 
anglab yetish, mustahkamlash, amaliy faoliyatida bilimlarini qo‘llash. Birinchi bosqich idrok etish 
hisoblanadi. Psixologiyadan ma’lumki, idrok etish aniq maqsadga yo‘naltirilgan anglash jarayoni bo‘lib, u 
tanlash xususiyatiga ega. Shuning uchun birinchi navbatda o‘quvchilarga mavzuni, ya’ni, ularning nimani 
o‘rganishlari (masalani qo‘yish)ni tushuntirib berish kerak. Shu asosida o‘quv materiali bilan dastlabki 
tanishish amalga oshiriladi. U haqiqiy mavjud yoki hayoliy predmet, hodisa, vaziyatlarni kuzatish, mumkin 
bo‘lgan tajribalarni o‘tkazishdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqich o‘quvchi qaysi hodisa va voqealarni, 
predmetlarni o‘rganish haqida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lganida va o‘quv masalasini tushunib yetganda 
yakunlanadi. Ikkinchi bosqich – o‘quv materialini anglab yetish. U ma’lumotlarning nazariy jihatlarini 
ajratib olish va analiz qilishdan iborat. Bunda asosiy mazmunni topish, tushunchani ajratib olish, ularning 
belgilarini asoslab berish, tushuntirish materialini xususiyatini aniqlab olish, misollar va tushuntiruvchi 
dalillar to‘plamini o‘rganib chiqish kerak. Bu vaziyatda bilimlar o‘rtasidagi tizimlilik muhim ahamiyatga ega. 
Unda o‘quvchi eng asosiy, ikkinchi darajali hamda qo‘shimcha, tushuntiruvchi elementlarni ajratib 
ko‘rsatsin. O‘quvchi o‘quv masalasini yechish usulini tushunsa, bilimlar o‘rtasidagi tizimni anglab yetsa 
ushbu bosqich yakunlangan sanaladi. Uchinchi bosqich – eslab qolish va mustahkamlash. Bu bosqich 


o‘zlashtirilgan bilimlarini uzoq vaqt davomida
saqlab qolishdan iborat. Unda idrok etish faoliyati ko‘proq 
mashqlar, mustaqil reproduktiv va ijodiy masalalar xususiyatiga ega bo‘ladi. Nazariy material, tushuncha, 
qoida, isbotlar turli xil mashqlarda takrorlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar topshiriqlarni tushunib 
bajarishlarini kuzatib borishi kerak. Ular matnlarni mexanik ko‘chirib olishlari, topshiriqlarni bajarishlari, 
qoida va tushunchalarni chuqur anglab yetmay bajarishlari mumkin. Bosqich yakunida o‘quvchilar nazariy 
materiallarni biladilar va ulardan mashqlarni bajarish, masalani yechish, teoremani isbotlashda 
foydalanishni biladilar. Ularda o‘quv malakalari va ko‘nikmalari shakllantirilgan bo‘ladi. To‘rtinchi bosqich 
bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliy faoliyatda qo‘llashdan iborat bo‘ladi. Bilimlarini qo‘llash 
o‘rganilayotgan materialning mazmuni xususiyatiga qarab faoliyat turli shakllari va ko‘rinishlarida amalga 
oshirilishi mumkin. Bu o‘quv mashqlari, laboratoriya ishlari, tadqiqot topshiriqlari, maktab yer 
maydonidagi ishlar bo‘lishi mumkin. Bilimlarni egallab olish bosqichlari sxematik ko‘rinishi quyidagichadir: 
Ta’limning gnoseologik asoslari. O‘quv jarayonini mantiqiy qurilishi ta’lim mazmunining xususiyatlari va 
gnoseologik jihatlariga bog‘liq. Gnoseologiya(yunoncha – «gnosis» («gnoseos»)- bilim, ong, o‘rganish, 
logiya –fan, ta’limot) – bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, uslublari, ilmiy 
tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo‘lgan borliqni anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta’limot. 
Ijtimoiy taraqqiyot tarixida
insonning atrof-muhitni
bilishi umumiy
tuzilishiga va bosqichlariga turlicha 
yondoshishlar ma’lum. Ana shu yondoshishlar o‘quv jarayonini qurish va ta’lim mazmunini tushunish 
mantiqini belgilab beradi. Muhammad al-Xorazmiy (IX asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta hissasini 
qo‘shgan. U birinchi bo‘lib koinot obyektlarining harakatlari hamda
yerdagi nuqtalarining joylashishini 
jadval ko‘rinishida aks ettirib, tajriba-kuzatish va tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, 
yagonalikning birligi tamoyili, shuningdek, alohida va umumiy, induksiya va deduksiyalarning mohiyatini 
aniqlashtirdi; matematik masalalarni yechishning algoritmik metodini ishlab chiqdi. Bu metoddan bugungi 
kunda ham foydalanib kelinmoqda. Al-Kindiy (IX asr) ilmiy bilishning uch bosqichli konsepsiyasini ilgari 
suradi. Alloma insonning bilishini: sezgiga oid va ratsional bilish tarzida ikkiga ajratadi. Sezib bilishning 
predmeti va obyekti barcha jism va moddiy narsalar hisoblanadi. Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun 
muhim materialni beradi. Faqatgina aql tashqi dunyo haqida haqiqiy bilim va tushunchani ishlab chiqishga 
qodir, - deb hisoblaydi Kindiy. Abu Nasr Forobiy (X asr) Kindiy g‘oyalarining mohiyatini aniqlashtiradi. Biror 
narsani bilishga intilgan inson avvalo uning ma’lum holatini o‘rganadi, o‘zlashtirganlarini o‘zlashtirilishi 
zarur bo‘lgan bilimlarga yo‘naltiradi. Alloma fanlar klassifikatsiyasi, shuningdek, bilish faoliyatini tashkil 
etishga oid tavsiyalarni ishlab chiqadi. Yaxshi nazariyotchi bo‘lish uchun deydi, - Abu Nasr Forobiy, - qaysi 
fan bilan shug‘ullanishidan qat’iy nazar quyidagi uchta shartga amal qilish kerak: fan asosida yotuvchi 
barcha tamoyillarni yaxshi bilishi; ushbu tamoyil va ma’lumotlar asosida zarur xulosani chiqarishi, 
ya’ni,
mulohaza yuritish qoidalarini bilishi kerak; xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar 
fikrlarini tahlil qilishni, shuningdek,
haqiqatni yolg‘ondan ajratish va xatoni tuzatishni bilishi zarur. Abu 
Rayhon Beruniy Beruniy (XI asr) bilishni uzluksiz, to‘xtovsiz davom etadigan jarayon sifatida tushunadi. 
Allomaning fikricha, insoniyat borliqning haqiqiy mohiyati, hozircha noma’lum bo‘lgan jihatlarini kelajakda 
bilib oladi. Abu Ali ibn Sinoning (XI asr) bilish nazariyasida sabab haqidagi ta’limot alohida o‘rin oladi. U 
sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin, tashqi holatlarini tahlil etish
asosida 
tushuniladigan sabablarga ajratadi va hodisaning mohiyati uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash yo‘li 
bilan anglanishi mumkin deb hisoblaydi. Alloma ushbu gnoseologik qoidani o‘zining
tabiblik amaliyoti, 
kasalliklarni ularning simptomlari bo‘yicha va dorilar ta’sirini kuzatish asosida aniqlagan. Chex pedagogi 
Y.A.Komenskiy XVII asrda ta’lim jarayonining mohiyatini ilmiy asoslashga urindi. Alloma tomonidan ilgari 
surilgan ta’limning tabiiyligi g‘oyasi ta’lim jarayoni, uning tuzilishi, tamoyil va metodlari tabiat qonunlariga 
muvofiq belgilanishini ta’kidlaydi. Y.A.Komenskiyninng tabiatga bog‘liqligi haqidagi g‘oyasi – g‘arb 
olimlarining ta’lim jarayonining gnoseologik asoslarini ochib berish, moddiy dunyo qonunlarining
o‘quv 
jarayoniga ta’sirini ko‘rsatib berishga urinishlaridan biridir. XVIII asrda fransuz olimi Jan Jak Russo ham 
insonning tabiat va jamiyatdagi o‘rni haqidagi falsafiy dunyoqarashlar asosida ta’lim mohiyatini ochib 
berishga urinib ko‘rgan. Olimning fikricha, ta’lim jarayonining mohiyati bolaning atrof-muhitni bilishi 
tabiatidan kelib chiqadi. Bola tabiat qo‘ynida, qishloq joylarda rivojlanishi kerak. Bolaning atrof-muhit 
mohiyatini tez anglashini xususiyatini hisobga olib ekzistensiolizm (yunoncha «existetia» - mavjudlik) 


vakillari ta’lim mohiyatini quyidagicha ifoda etadilar: maktabning asosiy maqsadi intellektini rivojlantirish 
emas, balki bolani emotsional tarbiyalashdir. Ekzistensializm ratsional bilishni rad etadi, ta’lim fandan ko‘ra 
san’atga yaqinroq deb hisoblaydi, shuningdek, borliqni bevosita bilish metodini ilgari suradi. Ta’lim 
mazmuni masalalariga boshqa bir yondoshish “Pragmatizm
pedagogikasi” yoki progressivizm A+Shda 
alohida rivojlandi. Uning yetakchisi Djon Dyui mazkur ta’limotni ifodalashda pragmatizmning
falsafiy 
g‘oyalarini asos qilib oldi. Pragmatizm (yunoncha pragma – ish, harakat, falsafiy amal) zamonaviy Amerika 
falsafasida idealistik oqim. Bu oqim haqiqatning obyektivligini rad etadi, haqiqat bu obyektiv borliqqa mos 
kelmaydi, balki amaliy foydali natijalar beradi. D.Dyui fikricha, bilish va bilim inson o‘z hayotida duch 
keladigan turli muammo yoki qiyinchiliklarni
yengish vositasi hisoblanadi. Bilim yashash uchun kurash 
vositasi va shaxsning rivojlanish darajasini ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi. Biz faqatgina muammoni hal 
etayotganimizda fikrlaymiz, buning
boshlanish yo‘li har doim qiyinchilikni his etish hisoblanadi. 
[1]Michael Uljens. School Didactics and Learning:
A School Didactic Model Framing an Analysis of 
Pedagogical Implications of Learning Theory 98 бет
[2]Michael Uljens.School Didactics and Learning:
A School Didactic Model Framing an Analysis of 
Pedagogical Implications of Learning Theory 43 бет 
[3]Educational Psychology: A Tool for Effective Teaching. Chapter One.102

Yüklə 248,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə